Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasini (Nyu-York, 2000-yil 15-noyabr) toʻldiruvchi Odam savdosining, ayniqsa ayollar va bolalar savdosining oldini olish hamda unga chek qoʻyish va uning uchun jazolash haqidagi Protokolni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida (O‘RQ-160-son)
08.07.2008
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 23-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2008-yil 27-iyunda maʼqullangan
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasini (Nyu-York, 2000-yil 15-noyabr) toʻldiruvchi Odam savdosining, ayniqsa ayollar va bolalar savdosining oldini olish hamda unga chek qoʻyish va uning uchun jazolash haqidagi Protokol quyidagi bayonot bilan ratifikatsiya qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi oʻzini ushbu Protokolning 15-moddasi 2-bandi qoidalari bilan bogʻliq deb hisoblamaydi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 8-iyul,
OʻRQ-160-son
