“531-modda. Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlariga beriladigan kafolatlar va imtiyozlar — Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-159-son)
“531-modda. Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlariga beriladigan kafolatlar va imtiyozlar
Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-159-son) · Sana: 08.07.2008 · Amalda
Fuqaro aviatsiyasi korxonalari aviatsiya xodimlarining alohida toifalarini ular xizmat vazifalarini bajarayotganda belgilangan namunadagi formali kiyim-bosh va oziq-ovqat bilan taʼminlaydi.
Fuqaro aviatsiyasi korxonalari aviatsiya xodimlariga foydalanilayotgan havo kemalarida imtiyozli tarzda yurish huquqini berishi mumkin.
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlariga ushbu moddaga koʻra beriladigan va mehnatga haq toʻlash toʻgʻrisidagi tarmoq bitimlarida belgilangan kafolatlar va imtiyozlar fuqaro aviatsiyasi korxonalarining mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi hamda jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi”;
13) 57-moddaning:
ikkinchi qismidagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi” degan soʻzlar “Gidrometeorologiya xizmati markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi tasdiqlaydigan meteorologik taʼminlash qoʻllanmasiga” degan soʻzlar “Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 62-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Havo kemalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi parvozlari Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasining va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalariga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalariga muvofiq holda bajariladi”;
15) 63-modda ikkinchi qismining “b” bandidagi “parvozga yaroqliligi toʻgʻrisida guvohnoma (sertifikat)” degan soʻzlar “uchishga yaroqlilik sertifikati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 66-moddaning uchinchi qismidagi “fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalariga” degan soʻzlar “aviatsiya parvozining asosiy qoidalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 71-moddaning uchinchi qismidagi “fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalarida” degan soʻzlar “aviatsiya parvozining asosiy qoidalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 73-moddadagi “fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalarida” degan soʻzlar “aviatsiya parvozining asosiy qoidalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 74-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining havo kemalarida muntazam xalqaro parvozlar Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati belgilagan tartibda tayinlangan tashuvchilar tomonidan amalga oshiriladi”;
20) 77-modda:
toʻrtinchi qismidagi “aeroportlar, aerodromlar va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Havo kemalarining xalqaro parvozlarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aeroportlarini (aerodromlarini) ochish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
21) 93-moddadagi “Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar” degan soʻzlar “belgilangan tartibda javobgar boʻladilar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22) 96-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichki hamda xalqaro havo yoʻnalishlarida yoʻlovchilarni va yuklarni tashish, aeroportlarda havo kemalariga xizmat koʻrsatish boʻyicha havo transportida tashish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat uchun hamda aviatsiya ishlarini bajarish uchun litsenziyalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi”;
23) 97-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichki hamda xalqaro havo yoʻnalishlarida yoʻlovchilarni va yuklarni tashishga, aeroportlarda havo kemalariga xizmat koʻrsatish boʻyicha havo transportida tashish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatga hamda aviatsiya ishlarini bajarishga doir litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
24) 101-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chipta va qoʻl yuki pattasi, pochta va yuk xati, shuningdek qogʻozda yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladigan boshqa tashish hujjatlari yoʻlovchini va qoʻl yukini, pochtani va yukni havo transportida tashish shartnomasini tasdiqlovchi tashish hujjatlaridir.
Tashish hujjatlarining shakli tegishli fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotlarining qoidalari va tavsiyalarini hisobga olgan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi.
Pochta orqali tashish hujjatlarining shakli pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi”;
25) 103-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tashuvchi xavfsizlikni taʼminlash yoxud parvoz boshlanayotgan, qoʻnish, tranzit yoki uchib oʻtish moʻljallangan mamlakatning mazkur tashishga taalluqli qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish zaruriyatidan kelib chiqib, yoʻlovchi va qoʻl yuki, pochta va yuk tashish shartnomasini bekor qilishi mumkin”;
26) 105-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tashish ishlarini tashkil qilish va tariflarni qoʻllash, yigʻimlar toʻlash, qatnovni kiraga sotish qoidalari tashuvchi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi”;
27) 107-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Portlovchi moddalar, qurollar, oʻq-dorilar, zaharli, tez alangalanuvchi, radioaktiv va boshqa xavfli moddalarni hamda predmetlarni tashish shartlari qonun hujjatlariga muvofiq maxsus qoidalar bilan belgilanadi”;
28) 114-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan qoʻl yuki tashishga qabul qilib olingan paytdan eʼtiboran to u qabul qiluvchiga berilguniga yoki boshqa vakolatli shaxsga topshirilguniga qadar uning yoʻqolganligi, kamomadi yoki unga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi javobgar boʻladi”;
29) 121-moddaning:
nomidagi va birinchi qismidagi “Tijorat hujjatlari”, “tijorat hujjati”, “Tijorat hujjati” degan soʻzlar tegishincha “Havo transportida tashish shartnomasining buzilishi toʻgʻrisidagi dalolatnomalar”, “havo transportida tashish shartnomasining buzilishi toʻgʻrisidagi dalolatnoma”, “Havo transportida tashish shartnomasining buzilishi toʻgʻrisidagi dalolatnoma” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Havo transportida tashish shartnomasining buzilishi toʻgʻrisidagi dalolatnoma quyidagi hollarda tuziladi:
a) yukning nomi, ogʻirligi yoki yuk va pochtaning oʻrinlari soni tashish hujjatida koʻrsatilgan maʼlumotlarga nomuvofiq boʻlganida;
b) yukda kamomad boʻlganida yoki unga zarar yetkazilganida;
v) qoʻl yukida kamomad boʻlganida yoki unga zarar yetkazilganida;
g) pochtada kamomad boʻlganida yoki unga zarar yetkazilganida;
d) hujjatsiz yuk, qoʻl yuki va pochta, shuningdek yuksiz, qoʻl yukisiz yoki pochtasiz hujjatlar topilganida”;
30) 123-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yoʻlovchi, yuk joʻnatuvchi, yukni qabul qiluvchi yoki ular vakolat bergan shaxslar yoʻlovchini va qoʻl yukini, pochta va yukni havo transportida tashish shartnomasi tuzilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek havo transportida tashish shartnomasi buzilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani taqdim etib, tashuvchiga nisbatan talab qoʻyish va daʼvo qoʻzgʻatish huquqiga egadir.
Havo transportida tashish shartnomasi buzilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomaning yoʻqligi, agar bunday dalolatnoma tashuvchining xodimlari yoki agenti tomonidan tuzilmaganligi isbotlansa, tashuvchiga nisbatan talab qoʻyish va daʼvo qoʻzgʻatish huquqidan mahrum eta olmaydi.
Yoʻlovchi, yuk joʻnatuvchi, yukni qabul qiluvchi vafot etgan yoki ular sogʻligʻining holati tashuvchiga nisbatan talab qoʻyish va daʼvo qoʻzgʻatish imkonini bermagan taqdirda, yetkazilgan zararning oʻrnini qonun hujjatlariga muvofiq qoplatish huquqiga ega boʻlgan shaxslar talab qoʻyishi yoki daʼvo qoʻzgʻatishi mumkin”;
31) 130-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “531-modda. Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlariga beriladigan kafolatlar va imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-159-son). neolex.uz/uz/laws/law-1369546/531 (lex.uz/docs/-1369544)