“36-modda. Havo kemalari ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish
Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-159-son) · Sana: 08.07.2008 · Amalda
Havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlarning sertifikatlangan turlarini koʻplab ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlarni ishlab chiqarishga hamda havo kemalarini ishlab chiqarishni sertifikatlashtirishga doir belgilangan talablar asosida ish olib boradi.
Havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlarni ishlab chiqarishga doir talablarni ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish xalqaro standartlar va tavsiyalarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi”;
7) 37-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqaro havo kemasi, shuningdek tijorat maqsadlarida ishlatiladigan davlat havo kemasi fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqliligi borasidagi normalarga muvofiq boʻlsa, foydalanishga qoʻyiladi va bu haqda havo kemasining ekspluatantiga havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati beriladi.
Fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqlilik normalari va havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikatini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan belgilanadi.
Havo kemasining xorijiy davlat tomonidan berilgan uchishga yaroqlilik sertifikati Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb eʼtirof etilishi mumkin.
Fuqaro havo kemasini havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati talablariga muvofiq boʻlgan holatda saqlash havo kemasi ekspluatanti zimmasiga yuklanadi. Bunday muvofiqlikka rioya etilishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati amalga oshiradi.
Davlat havo kemalaridan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi”;
8) 38-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
