Yoshlarni umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim tizimi bilan qamrab olinishini, shuningdek keyinchalik ularning ishga joylashishini hisobga olish va hisobotini yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (145-son)
30.06.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Yoshlar yili” Davlat dasturini bajarish yuzasidan, shuningdek bolalarning umumiy oʻrta taʼlim bilan, umumtaʼlim maktablari 9-sinf bitiruvchilarining — oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi bilan qamrab olinishini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ishga joylashishini va oliy oʻquv yurtlarida oʻqishni davom ettirishini, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari hamda muddatli harbiy xizmatni tugallagan shaxslarning ishga joylashishini hisobga olish va hisobotini yuritishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi yoshlarning umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim tizimi bilan qamrab olinishini hamda keyinchalik ularning ishga joylashishini hisobga olish maqsadida 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha davlat va idoraviy statistika hisobotlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Bolalarning umumiy oʻrta taʼlim bilan, umumtaʼlim maktablari 9-sinf bitiruvchilarining — oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi bilan qamrab olinishi, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ishga joylashishi, oliy taʼlim muassasalarida oʻqishni davom ettirishi hamda oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari va muddatli harbiy xizmatni tugallagan shaxslarning ishga joylashishining doimiy monitoringini olib borish uchun tahliliy axborotlarni tayyorlash sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarini bitirgan yoshlarning keyinchalik band boʻlish turlari boʻyicha taqsimlash toʻgʻrisidagi hisobot tizimini belgilangan tartibda 1-ilovaga muvofiqlashtirsin va uni 2008-yilning II yarim yilligidan boshlab amalga kiritsin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar hokimliklari:
bolalarning umumiy oʻrta taʼlim olishini, umumtaʼlim maktablari 9-sinf bitiruvchilarining akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida oʻqishni davom ettirishini muntazam asosda tanqidiy oʻrganib chiqsinlar va ularning 100 foiz qamrab olinishini taʼminlaydigan aniq chora-tadbirlar koʻrsinlar;
oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari, shuningdek muddatli harbiy xizmatni tugallagan shaxslarning ishga samarali joylashishi ustidan nazorat oʻrnatsinlar;
har chorakda (chorak oxirgi oyining 20-sanasidan kechikmasdan) yoshlarning umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim tizimi bilan qamrab olinishi toʻgʻrisida, shuningdek ularni ishga joylashtirishning ahvoli va darajasi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga axborot taqdim etsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-iyun,
145-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 30-iyundagi 145-son qaroriga 1-ILOVA
Yoshlarning umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim tizimi bilan qamrab olinishi, shuningdek keyinchalik ularning ishga joylashishi monitoringini taʼminlash uchun davlat va idoraviy statistika hisobotlari
ROʻYXATI
T/rHisobotlar nomiHisobotlar shifriIshlab chiqish kesimiTasdiqlovchi organIdoraviy statistika hisoboti1.Umumtaʼlim maktablari 9-sinf bitiruvchilarining akademik litseylarda, texnikum va politexnikumlar oʻqish bilan qamrab olinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar1-BOʻ (maktab)Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar boʻyichaMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda2.Bolalarning umumiy oʻrta taʼlim bilan qamrab olinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar1-OʻQ (maktab)Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar boʻyichaMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi3.Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar2-BOʻ (al, khk)Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar boʻyichaOʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda4.Akademik litseylar, texnikum va politexnikumlar oʻquvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar2-OʻQ (al, khk)Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar boʻyichaOʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi5.Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar3-BOʻ (otm)Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyichaOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda6.Oliy taʼlim muassasalari talabalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar 3-OʻQ (otm)Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyichaOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi7.Ishga joylashishga muhtoj hamda ishga joylashgan yoshlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar1-mehnat (yoshlar)Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar boʻyichaKambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikdaDavlat statistika hisoboti8.__/__ Oʻquv yili boshiga umumtaʼlim muassasasining hisoboti1-umumtaʼlimQoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar boʻyichaMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Milliy statistika qoʻmitasi10.__/__ Oʻquv yili boshiga oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari hisoboti1-oʻrta taʼlimQoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar boʻyichaMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Milliy statistika qoʻmitasi12.___/___ Oʻquv yili boshiga oliy taʼlim tashkilotining hisoboti1-oliy taʼlimQoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyichaMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Milliy statistika qoʻmitasi
Izoh. Rasmiy va idoraviy statistika hisobotlari shakllarini taqdim etish muddatlari va davriyligi Respublika statistika kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Statistika dasturiga muvofiq belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 30-iyundagi 145-son qaroriga 2-ILOVA
Bolalarning umumiy oʻrta taʼlim bilan, umumtaʼlim maktablari 9-sinf bitiruvchilarining — oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi bilan qamrab olinishi, shuningdek akademik litseylar va texnikum va politexnikumlar bitiruvchilarining ishga joylashishi hamda oliy oʻquv yurtlarida oʻqishni davom ettirishi, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari va muddatli harbiy xizmatni tugallagan shaxslarning ishga joylashishining doimiy monitoringini olib borish uchun tahliliy axborotlarni tayyorlash
SXEMASI
T/rIshlarni tashkil etish uchun masʼul vazirlik, idoraAxborot manbaiAxborotning mazmuniAxborot taqdim etish tartibiTaqdim etish muddati va davriyligi kim tomonidan taqdim etiladiqayerga taqdim etiladi 1.Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiIdoraviy statistika hisobotiUmumtaʼlim maktabi oʻquvchilari soni:1-iyuldagi holati boʻyicha1-sentabrdagi holati boʻyichaUmumiy oʻrta taʼlim muassasasiTuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlarihisobot davridan keyin 7-kundan kechikmasdan Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlariQoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi;tumanlar va shaharlar hokimliklari hisobot davridan keyin 10-kun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasiQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari; Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari;Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligihisobot davridan keyin 12-kun Idoraviy statistika hisobotiUmumtaʼlim maktablari 9-sinf bitiruvchilarining keyingi oʻqish turlari boʻyicha taqsimoti:1-sentabrdagi holati boʻyicha1-dekabrdagi holati boʻyichaUmumtaʼlim maktablariTuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlarihisobot davridan keyin 7-kundan kechikmasdan Akademik litseylar,texnikum va politexnikumlarOʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining hududiy boshqarmalari Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlariQoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bosh boshqarmasi bosh boshqarmasi hisobot davridan keyin 10-kun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi (Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda)Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligihisobot davridan keyin 15-kun Statistika hisoboti____yilda umumtaʼlim maktabini bitirgan yoshlarning taqsimlanishi (yakuniy maʼlumotlar)Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bosh boshqarmasi (Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda)Tasdiqlangan davlat statistika hisoboti shaklining manzil qismida koʻrsatilgan maʼlumotlarning oʻtish sxemasiga muvofiqStatistika ishlari dasturiga muvofiq2.Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziIdoraviy statistika hisobotiAkademik litseylar, texnikum va politexnikumlar oʻquvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan 9-sinf bitiruvchilaridan1-sentabrdagi holati boʻyicha1-dekabrdagi holati boʻyicha Akademik litseylar,texnikum va politexnikumlarOʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalarihisobot davrdan keyin 7-kunidan kechikmasdan Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalariQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari;Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari;Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazihisobot davridan keyin 10-kun Idoraviy statistika hisobotiKeyingi bandlik turlari boʻyicha taqsimlangan akademik litseylar,texnikum va politexnikumlar bitiruvchilari soni1-iyuldan 30-noyabrgacha har oyda Akademik litseylar,texnikum va politexnikumlarOʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalarihisobot oyidan keyingi oyning 7-kunidan kechikmasdan Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalari (Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari bilan kelishgan holda)Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari;Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari;Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazihisobot davridan keyin 10-kun Hisobga olish hujjatlari30-noyabrdagi holatiga koʻra ishga joylashmagan akademik litseylar,texnikum va politexnikumlar bitiruvchilari roʻyxati (elektron tarzda)Akademik litseylar,texnikum va politexnikumlar (Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalari orqali)Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari;tumanlar va shaharlar hokimliklari1-dekabrgacha Statistik hisobotAkademik litseylar, texnikumlar va politexnikumlar bitiruvchilari soniAkademik litseylar, texnikumlar va politexnikumlarTasdiqlangan statistik hisobot shaklining manzilli qismiga muvofiqRasmiy statistika sohasidagi ____ yilga moʻljallangan Davlat dasturiga muvofiq 3.Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiIdoraviy statistika hisobotiOliy taʼlim muassasalarining taʼlim bosqichlari boʻyicha taqsimlangan bitiruvchilari soni va 30-noyabrdagi holatiga koʻra ularning keyingi bandligi Oliy taʼlim muassasalariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar;Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari;Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari7-dekabrdan kechikmasdan Hisobga olish hujjatlari 30-noyabrdagi holatiga koʻra ishga joylashmagan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari roʻyxati (elektron tarzda)Oliy taʼlim muassasalariTuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari;tumanlar va shaharlar hokimliklari; Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar1-dekabrgacha Statistik hisobotiOliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari soniOliy taʼlim muassasalariTasdiqlangan statistik hisobot shaklining manzilli qismiga muvofiqRasmiy statistika sohasidagi ____ yilga moʻljallangan Davlat dasturiga muvofiq 4.Mudofaa vazirligiHisobga olish hujjatlariMuddatli harbiy xizmatni tugallagan va mudofaa ishlari organlarida hisobga qoʻyilgan shaxslar roʻyxatiShaharlar, tumanlar, mudofaa ishlari organlari Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari;tumanlar va shaharlar hokimliklariHukumat qarorlariga muvofiq bir yilda ikki marta 5.Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiIshga joylashmagan yoshlarni anketalash maʼlumotlari natijalariIshga joylashmagan akademik litseylar, texnikum va politexnikumlar, oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatni tugallagan shaxslarning ishga joylashish maqsadlari toʻgʻrisida axborotlar Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari taʼlim muassasalari bilan birgalikda Tumanlar va shaharlar hokimliklari;Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari7-dekabrdan kechikmasdan Idoraviy statistika hisoboti Ishga joylashgan va ishga joylashishga muhtoj yoshlar, shu jumladan muddatli harbiy xizmatni tugallagan shaxslar soniQoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalariQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari;Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari;Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiHisobot oyidan keyingi oyning 12-kunigacha 6.Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiOʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiIdoraviy statistika hisobotiYoshlarning umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim bilan qamrab olinishi toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiOʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiIqtisodiyot va moliya vazirligi; Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi;Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi;Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi; Yoshlar ishlari agentligi sentabryanvar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiStatistik hisobotiYoshlarni umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim bilan qamrab olish toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlariMilliy statistika qoʻmitasiOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiRasmiy statistika sohasidagi ____ yilga moʻljallangan Davlat dasturiga muvofiq 7.Iqtisodiyot va moliya vazirligiYigʻma statistika maʼlumotlari, sharhlari bilanQoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yoshlarning umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim bilan qamrab olinishini taʼminlashning tahlili;Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi sentabr Akademik litseylar, texnikum va politexnikumlar, oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatni tugallagan shaxslarning hisobot yilida ishga joylashishi tahliliyanvar
