Yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qoʻyiladigan malakaviy talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1626-3-son)
11.06.2008
OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 11-iyunda 1626-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom”ga asosan buyuraman:
1. “Yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qoʻyiladigan malakaviy talablar toʻgʻrisidagi nizom”ga (2006-yil 5-oktabr, roʻyxat raqami 1626 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 403-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Boshliq A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 8-may,
63-son
