Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 29-apreldagi pq-847-son qarori) (120-son)
10.06.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 29-apreldagi PQ-847-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-iyun,
120-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-iyundagi 120-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Arxitektura va qurilish sohasidagi ishlarni tashkil etish va nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 27-apreldagi 165-son qarorining 4-bandi, shuningdek qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 6-fevraldagi 14-son qaroriga 6-ilovaning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
