9-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti (49-I-son) · Sana: 05.05.1995 · Amalda
Oliy Majlis sessiyasida raislik qiluvchi uning majlislarini ochadi va yopadi, maʼruzalar qilish va nutqlar uchun soʻz beradi, qonunlar, qarorlar va boshqa qonun hujjatlarining loyihalarini, deputatlarning koʻrilayotgan masalalarga doir takliflarini ovozga qoʻyadi hamda ovoz berish natijalarini maʼlum qiladi, Oliy Majlis sessiyasining Kotibiyatiga deputatlardan tushgan soʻrovlar, savollar, maʼlumotlar, xabarlar, arizalar va takliflarni oʻqib eshittiradi, majlislar zalida tartibni taʼminlaydi.
Zarur hollarda raislik qiluvchi kelishmovchiliklarni bartaraf etish hamda Oliy Majlisning ishi davomida yuzaga keladigan boshqa masalalarni hal qilish maqsadida fraksiyalarning, bloklarning va boshqa deputatlar guruhlarining rahbarlari bilan maslahatlashib olishni tashkil etadi.
Oliy Majlis Raisining oʻrinbosarlari Raisga uning vakolatlarini bajarishida koʻmaklashadilar, uning topshirigʻiga binoan Oliy Majlisning majlislarida raislik qiladilar, Rais yoʻqligida yoki u oʻz vazifalarini amalga oshirishi mumkin boʻlmaganda esa uning vazifalarini bajaradilar.
