87-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti (49-I-son) · Sana: 05.05.1995 · Amalda
Oliy Majlis, uning Kengashi murojaatnomalar, deklaratsiyalar, bayonotlar qabul qilishi mumkin.
Oliy Majlis tomonidan deklaratsiyalar, murojaatnomalar va bayonotlar qabul qilish tashabbusi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlgan subyektlardan chiqishi mumkin.
Zarur hollarda deklaratsiyalar, murojaatnomalar va bayonotlarning loyihalari Oliy Majlis yoki uning Kengashining qaroriga koʻra Oliy Majlisning qoʻmitalari va komissiyalariga dastlabki tarzda qarab chiqish uchun topshirilishi mumkin.
