Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti (49-I-son) · Sana: 05.05.1995 · Amalda
Oliy Majlis qonunlar, qarorlar va boshqa hujjatlarni jami deputatlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qiladi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Konstitutsiyani oʻzgartiruvchi va toʻldiruvchi qonunlar, shuningdek boshqa konstitutsiyaviy qonunlar Oliy Majlis jami deputatlarining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchiligi tomonidan qabul qilinadi.
Oliy Majlis Konstitutsiyaga oʻzgartishlar hamda tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonunni tegishli taklif kiritilganidan keyin olti oy davomida, keng muhokamani hisobga olgan holda qabul qilishi mumkin. Agar Oliy Majlis Konstitutsiyaga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisidagi taklifni rad etsa, taklif kamida bir yil oʻtgandan keyin qayta kiritilishi mumkin.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-135150
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 83-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti (49-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-136082/83 (lex.uz/docs/-135150)