75-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti (49-I-son) · Sana: 05.05.1995 · Amalda
Qonun loyihasining birinchi oʻqilishida Oliy Majlis, qoida tariqasida, qonun loyihasi tashabbuskorining maʼruzasini va bosh qoʻmita yoki komissiyaning qoʻshimcha maʼruzasini tinglaydi, qonun loyihasining asosiy qoidalarini muhokama qiladi hamda tuzatishlar shaklida taklif va mulohazalar bildiradi, qonun loyihasini keng muhokama etish uchun eʼlon qilish zarurligi haqidagi masalani qarab chiqadi.
Muhokama yakunlari boʻyicha Oliy Majlis qonunni qabul qiladi yoki qonun loyihasining asosiy qoidalarini birinchi oʻqishda maʼqullaydi yoxud uni rad etadi. Qonun loyihasi maʼqullangan taqdirda Oliy Majlis uni ikkinchi oʻqishda taqdim etish muddatini belgilaydi.
Birinchi oʻqishda koʻrib chiqilgan qonun loyihasiga doir toʻxtam, agar Oliy Majlis deputatlari umumiy sonining koʻpchiligi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan hisoblanadi. Bunday toʻxtam Oliy Majlisning qarori bilan rasmiylashtiriladi.
