71-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti (49-I-son) · Sana: 05.05.1995 · Amalda
Roʻyxatga olingan qonun loyihasi yoki qonun chiqarish toʻgʻrisidagi takliflar dastlabki tarzda qarab chiqish va bundan buyon uning ustida ish olib borish tartibi xususida taklif tayyorlash uchun, qoida tariqasida, Oliy Majlis Raisi yoki Oliy Majlis Kengashi tomonidan Oliy Majlisning tegishli qoʻmitalari, komissiyalariga hamda ayni bir vaqtda Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasiga yuboriladi. Bunda xulosa tayyorlash uchun bosh qoʻmita (komissiya) belgilab qoʻyiladi.
Oliy Majlis yoki uning Kengashi qonunning loyihasini tayyorlash yoki dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun maxsus komissiya tuzishi mumkin.
Qonun loyihalari Oliy Majlis deputatlariga barvaqt tarqatiladi. Deputatlarning mulohazalari va takliflari qonun loyihasi ustida olib boriladigan keyingi ishda hisobga olinadi.
