68-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti (49-I-son) · Sana: 05.05.1995 · Amalda
Qonunlarning loyihalari va qonun chiqarish haqidagi takliflar ularni ishlab chiqish zarurligi asoslangan holda, boʻlajak qonunlarning maqsadlari, vazifalari va asosiy qoidalari hamda ular amaldagi qonunlar tizimida tutadigan oʻrnining, shuningdek ularni qoʻllashdan kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarning batafsil taʼrifi bilan birga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi. Shu bilan birga qonun loyihasini tayyorlashda ishtirok etgan jamoalar va shaxslar koʻrsatiladi. Amalga oshirish uchun qoʻshimcha moddiy va boshqa xarajatlar talab qilinadigan loyiha taqdim etilayotganda unga moliyaviy-iqtisodiy dalillar ilova qilinadi.
Qonun loyihalarini va qonun chiqarish toʻgʻrisidagi takliflarni rasmiylashtirish chogʻida qonunlarning loyihalarini tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan boshqa talablar ham hisobga olinishi kerak.
