62-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti (49-I-son) · Sana: 05.05.1995 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 10-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Oliy Majlisga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi va aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining raisi va aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi. Mazkur nomzodlar lavozimga tayinlanishi yoki saylanishidan avval Oliy Majlisning yoki Oliy Majlis Kengashining topshirigʻiga binoan tegishli qoʻmitalarda, komissiyalarda muhokama qilinadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarni lavozimga tayinlash va saylash toʻgʻrisida Oliy Majlis qaror qabul qiladi.
