55-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti (49-I-son) · Sana: 05.05.1995 · Amalda
Qoʻmitalar va komissiyalar ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylanadi. Ovoz berish qoʻmita, komissiya raisining nomzodi boʻyicha alohida, soʻngra esa Oliy Majlisning qaroriga muvofiq qoʻmitaning, komissiyaning butun tarkibi boʻyicha yoki har bir nomzod boʻyicha alohida-alohida oʻtkaziladi.
Oliy Majlis deputati, qoida tariqasida, faqat bitta qoʻmita yoki komissiyaning aʼzosi etib saylanishi mumkin.
Qoʻmitalar va komissiyalarning barcha aʼzolari teng huquqlardan foydalanadilar.
Qoʻmita, komissiya tarkibiga saylanmagan Oliy Majlis deputati ular ishida maslahat ovozi bilan ishtirok etishga haqlidir.
