42-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti (49-I-son) · Sana: 05.05.1995 · Amalda
Oliy Majlisning Raisi yashirin ovoz berish yoʻli bilan Oliy Majlis tomonidan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin.
Basharti Oliy Majlis deputatlari umumiy sonining yarmidan koʻpi Oliy Majlis Raisini chaqirib olish toʻgʻrisidagi bu taklifni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, bu masala Oliy Majlis sessiyasi kun tartibiga kiritiladi.
Chaqirib olish masalasi qarab chiqilayotgan vaqtda Oliy Majlisning Raisiga soʻz berilishi kerak.
Oliy Majlis Raisini chaqirib olishni yoqlab Oliy Majlis deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan koʻprogʻi ovoz bergan boʻlsa, u chaqirib olingan hisoblanadi.
