37-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti (49-I-son) · Sana: 05.05.1995 · Amalda
Oliy Majlis deputati faqat bitta fraksiyada yoki blokda boʻlishga haqli.
Fraksiyalar, bloklar oʻz faoliyatlarini Oliy Majlis tomonidan roʻyxatga olinganlaridan keyin amalga oshiradilar hamda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari doirasida ish olib boradi.
Fraksiyalar, bloklar Oliy Majlis Kengashi, qoʻmitalari va komissiyalari bilan uzviy aloqada ishlaydilar.
Fraksiyaning, blokning faoliyati qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlib yuborish) yoki tugatish yoʻli bilan toʻxtatilishi mumkin. Ushbu masala yuzasidan Oliy Majlis tegishli qaror qabul qiladi.
