Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti (49-I-son) · Sana: 05.05.1995 · Amalda
Deputatlarning kamida beshdan bir qismi talabiga muvofiq sessiyada elektron tarmoqdan foydalangan holda yoxud deputatlarning nomlari yozilgan byulletenlarni topshirish yoʻli bilan nomma-nom ovoz berish oʻtkaziladi. Byulletenda “yoqlayman”, “qarshiman” yoki “betarafman” degan soʻzlar boʻladi. Deputat byulletendagi shu soʻzlardan birini qoldirib, qolganlarini oʻchirib tashlashi shart. Ovozlarni hisoblab chiqish paytida, yuqorida koʻrsatilgan soʻzlarning bittadan ortigʻi qoldirilgan yoki har uchala soʻz oʻchirib tashlangan yoki koʻzda tutilmagan qaror varianti yozib qoʻyilgan byulletenlar haqiqiy emas deb topiladi.
Ishlash tartibiga doir masalalar yuzasidan nomma-nom ovoz berish oʻtkazilmaydi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-135150
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 33-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti (49-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-136082/33 (lex.uz/docs/-135150)