25-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti (49-I-son) · Sana: 05.05.1995 · Amalda
Oliy Majlis deputati sessiyada aynan bir masala boʻyicha ikki martadan ortiq soʻzlashi mumkin emas. Soʻzga chiqish huquqini boshqa shaxsga berishga yoʻl qoʻyilmaydi. Soʻzga chiqqan deputatning zarur hollarda maʼlumot, tushuntirish berish, savolga javob qaytarish huquqi saqlanib qolinadi.
Oliy Majlisning majlisini olib borish tartibi boʻyicha, maʼlumot berish uchun, savolga javob qaytarish hamda tushuntirish berish uchun raislik qiluvchi tomonidan navbatdan tashqari soʻz berilishi mumkin.
Maʼruzachilarga savollar yozma ravishda yuboriladi yoki oʻtirgan joyidan xos mikrofon orqali beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisning Raisi va Raisning oʻrinbosarlari istagan vaqtda soʻz olish huquqiga egadirlar.
