22-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti (49-I-son) · Sana: 05.05.1995 · Amalda
Oliy Majlisning majlislarida maʼruzalar uchun, qoida tariqasida, bir soatgacha, qoʻshimcha maʼruzalar uchun 20 minutgacha vaqt beriladi. Muzokaralarda soʻzga chiquvchilarga 10 minutgacha, qonunlarning loyihalarini moddama-modda muhokama qilish chogʻida soʻzga chiqish uchun 3 minutgacha, nomzodlar toʻgʻrisida, majlislarni olib borish tartibi haqida, ovoz berish sabablari boʻyicha soʻzga chiqish uchun, bayonotlar uchun, soʻrovlar, takliflar kiritish, savollar berish, xabarlar va maʼlumotlar uchun 2 minutgacha vaqt ajratiladi. Koʻpchilik deputatlarning roziligi bilan majlisda raislik qiluvchi soʻzga chiqish vaqtini uzaytirishi mumkin. Nutqlar minbardan yoki oʻtirgan joyidagi mikrofondan foydalangan holda soʻzlanadi.
Raislik qiluvchining taklifiga muvofiq Oliy Majlis kun tartibidagi har bir masalani muhokama qilishga ajratiladigan vaqtni oldindan belgilab qoʻyishi mumkin.
