2-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti (49-I-son) · Sana: 05.05.1995 · Amalda
Oliy Majlisning faoliyati masalalarni jamoa boʻlib, erkin muhokama qilish va hal etishga, oshkoralikka, Oliy Majlis tuzadigan organlar, u saylaydigan va tayinlaydigan mansabdor shaxslar Oliy Majlis oldida masʼul boʻlishi va unga hisob berib turishiga, jamoatchilik fikrini doimo hisobga olishga asoslanadi.
Oliy Majlis faoliyatining doimiy va samarali boʻlishi uning sessiyalari, Oliy Majlis Kengashi, Oliy Majlis qoʻmitalari va komissiyalari hamda deputatlarning ishi bilan taʼminlanadi.
