17-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti (49-I-son) · Sana: 05.05.1995 · Amalda
Oliy Majlis majlislarida Oliy Majlisning Kengashi tomonidan taklif etilgan davlat organlari, jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari, ilmiy muassasalar, matbuot, televideniye, radio vakillari hamda boshqa shaxslar hozir boʻlishlari mumkin.
Taklif qilingan shaxslar Oliy Majlisning ishiga aralashish huquqiga ega emaslar, maʼqullayotganliklari yoki maʼqullamayotganliklarini bildirishdan oʻzlarini tiyib turishlari, tartibga rioya qilishlari hamda raislik qiluvchining farmoyishlariga boʻysunishlari shart. Ular tartibni qoʻpol ravishda buzgan taqdirda raislik qiluvchining farmoyishiga muvofiq majlislar zalidan chiqarib yuborilishi mumkin.
