Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti (49-I-son) · Sana: 05.05.1995 · Amalda
Oliy Majlis deputatlari sessiyaning kun tartibini muhokama etadilar va qabul qiladilar. Kun tartibiga doir takliflar Oliy Majlis Kengashi tomonidan dastlabki tarzda qarab chiqiladi.
Kun tartibiga doir taklif hamda mulohazalarni deputatlar yozma ravishda sessiya Kotibiyatiga yoki majlisda raislik qiluvchiga topshiradilar yoxud Oliy Majlis majlisidagi nutqlarida bayon qiladilar.
Tushgan takliflarni sessiya kun tartibiga kiritish masalasi har bir taklif boʻyicha ochiq ovoz berish orqali jami deputatlarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan hal qilinadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-135150
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining reglamenti (49-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-136082/13 (lex.uz/docs/-135150)