“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi PF-3080 sonli Farmonida koʻzda tutilgan tovarlarning TIF TN boʻyicha kodlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida (1170-1-son)
30.05.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 30-mayda 1170-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 7-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi PF-3080-sonli “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2002-yil 14-avgustdagi EG-01/12-3313, 97 va 02/20-18-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi PF-3080-sonli Farmonida koʻzda tutilgan tovarlarning TIF TN boʻyicha kodlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (2002-yil 3-sentabr, roʻyxat raqami 1170 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil 17-18-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan kelishilgan.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 19-may,
EG-01/10-1832-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 19-may,
37-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 19-may,
01-02/8-22-son
Kelishilgan:
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2008-yil 19-may
