Energetika ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (1178-1-son)
28.05.2008
ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASI “OʻZDAVENERGONAZORAT” BOShLIGʻINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 28-mayda 1178-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi) toʻgʻrisidagi nizomga asosan buyuraman:
1. “Oʻzdavenergonazorat” agentligining 2002-yil 10-sentabrdagi 433-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Energetika ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalari”ga (2002-yil 4-oktabr, roʻyxat raqami 1178 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 19-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
“Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiya boshligʻi B. GʻULOMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-aprel,
84-son
