Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv xonalarida foydalanuvchilarning ishlash qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1053-2-son)
28.05.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI “OʻZARXIV” AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 28-mayda 1053-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida” hamda “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv xonalarida foydalanuvchilarning ishlash qoidalariga (2001-yil 20-iyul, roʻyxat raqami 1053 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi 2001-y., 14-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
“Oʻzarxiv” agentligi Bosh direktori A. ABDULLAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-aprel,
11-son
