Yadro qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnomaga qoʻshilish haqida (760-XII-son)
09.12.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi rivojlanishining yadrosiz yoʻlini tutishga va yadro qurolini tarqatmaslik qoidalariga sodiqligini tasdiqlab qaror qiladi:
Yadro quroliga ega boʻlmagan davlat sifatida 1968-yil 1-iyulda tuzilgan Yadro qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisidagi Shartnomaga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
760-XII-son
