Sugʻurtalovchilar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida (1813-son)
22.05.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 22-mayda 1813-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi, “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-son “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Sugʻurtalovchilar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 5-may,
47-son
Moliya vazirining 2008-yil 5-maydagi 47-son buyrugʻi bilan TASDIQLANGAN
Sugʻurtalovchilar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi Schyotlar
REJASI
I. Schyotlar rejasining umumiy xarakteristikasi
1. Sugʻurtalovchilar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasi (keyingi matnlarda — Schyotlar rejasi) Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi, “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va sugʻurtalovchilarda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish boʻyicha yagona yondashuvning uslubiy asoslarini belgilaydi.
2. Schyotlar rejasi, moliyaviy hisobot elementlari: aktivlar, majburiyatlar, sugʻurta zaxiralari, kapital, daromadlar va xarajatlarga muvofiq guruhlashtirilgan schyotlar yigʻindisini aks ettiradi
3. Schyotlar rejasi sugʻurtalovchilar tomonidan ularning mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, ijro etilishi majburiydir.
4. Sugʻurtalovchilar Schyotlar rejasi asosida Xoʻjalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar rejasini ishlab chiqadilar va u sugʻurtalovchining hisob siyosatida aks ettirilishi shart.
5. Sugʻurtalovchilarning buxgalteriya hisobi schyotlarida xoʻjalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobini yuritish tamoyillariga muvofiq aks ettirish tartibi ushbu Schyotlar rejasiga ilova qilingan schyotlar rejasini qoʻllash toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma bilan belgilanadi.
II. Schyotlar roʻyxati
Schyotlar raqamlari Schyotlar nomi Schyot turi I QISM. UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR I BOʻLIM. ASOSIY VOSITALAR, NOMODDIY VA BOSHQA UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR 0100 ASOSIY VOSITALARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 0110 Yer 0111 Yerni obodonlashtirish 0112 Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish* 0120 Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar 0130 Mashina va asbob-uskunalar 0140 Mebel va ofis jihozlari 0150 Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi 0160 Transport vositalari 0170 Ishchi hayvonlar 0180 Koʻp yillik oʻsimliklar 0190 Boshqa asosiy vositalar 0199 Konservatsiya qilingan asosiy vositalar 0200 ASOSIY VOSITALARNING ESKIRISHINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR KA 0211 Yerni obodonlashtirishning eskirishi 0212 Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi 0220 Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi 0230 Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi 0240 Mebel va ofis jihozlarining eskirishi 0250 Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi 0260 Transport vositalarining eskirishi 0270 Ishchi hayvonlarning eskirishi 0280 Koʻp yillik oʻsimliklarning eskirishi 0290 Boshqa asosiy vositalarning eskirishi 0299 Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi 0300 MOLIYAVIY IJARA SHARTNOMASI BOʻYICHA OLINGAN ASOSIY VOSITALARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 0310 Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar 0400 NOMODDIY AKTIVLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 0410 Patentlar, litsenziyalar va nou-xau 0420 Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari 0430 Dasturiy taʼminot 0440 Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlari 0450 Tashkiliy xarajatlar 0460 Franchayz 0470 Mualliflik huquqlari 0480 Gudvill 0490 Boshqa nomoddiy aktivlar 0500 NOMODDIY AKTIVLAR AMORTIZATSIYASINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR KA 0510 Patentlar, litsenziyalar va nou-xauning amortizatsiyasi 0520 Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalarining amortizatsiyasi 0530 Dasturiy taʼminotning amortizatsiyasi 0540 Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlarining amortizatsiyasi 0550 Tashkiliy xarajatlarning amortizatsiyasi 0560 Franchayzning amortizatsiyasi 0570 Mualliflik huquqlarining amortizatsiyasi 0590 Boshqa nomoddiy aktivlarni?g amortizatsiyasi 0600 UZOQ MUDDATLI INVESTITSIYALARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 0610 Qimmatli qogʻozlar 0620 Shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar 0630 Qaram xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar 0640 Chet el kapitali mavjud boʻlgan korxonalarga investitsiyalar 0690 Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar 0700 OʻRNATILADIGAN ASBOB-USKUNALARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 0710 Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar — mahalliy 0720 Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar — xorijiy 0800 KAPITAL QOʻYILMALARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 0810 Tugallanmagan qurilish 0820 Asosiy vositalarni xarid qilish 0830 Nomoddiy aktivlarni xarid qilish 0840 Asosiy podani tashkil qilish 0850 Yerni obodonlashtirishga kapital qoʻyilmalari 0860 Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarga kapital qoʻyilmalar 0890 Boshqa kapital qoʻyilmalar 0900 UZOQ MUDDATLI DEBITORLIK QARZLARI VA KECHIKTIRILGAN XARAJATLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 0910 Olingan veksellar 0920 Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar 0930 Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari 0940 Boshqa uzoq muddatli debitor qarzlar 0950 Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi 0960 Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar 0990 Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar II QISM. JORIY AKTIVLAR II BOʻLIM. TOVAR-MODDIY ZAXIRALARI 1000 MATERIALLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 1010 Xom ashyo va materiallar 1020 Butlovchi buyumlar 1030 Yoqilgʻilar 1040 Ehtiyot qismlar 1050 Qurilish materiallari 1060 Idish va idishbob materiallar 1070 Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar 1080 Inventar va xoʻjalik jihozlari 1090 Boshqa materiallar 1100 1200 1300 1400 1500 MATERIALLARNI TAYYORLASH VA XARID QILISHNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR 1510 Materiallarni tayyorlash va xarid qilish 1600 MATERIALLAR QIYMATIDAGI FARQLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 1610 Materiallar qiymatidagi farqlar 1700 1800 1900 2000 SUGʻURTA ISHINI YURITISH XARAJATLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 2010 Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari 2100 2200 SUGʻURTA TOVONLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 2210 Hisobot davrida toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha sodir boʻlgan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari 2220 Muddatidan oldin tugatilgan shartnomalar boʻyicha sugʻurta tovonlari 2230 Qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta tovonlari 2300 YORDAMCHI ISHLAB CHIQARISHNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 2310 Yordamchi ishlab chiqarish 2400 QAYTA SUGʻURTA QILISHGA OID RAGʻBATLANTIRISHLAR BOʻYICHA XARAJATLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 2410 Qayta sugʻurta qilishga oid komission va brokerlik ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar 2500 UMUMISHLABCHIQARISH XARAJATLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 2510 Umumishlabchiqarish xarajatlari 2600 2700 XIZMAT KOʻRSATUVCHI XOʻJALIKLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 2710 Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar 2800 2900 III QISM. KELGUSI DAVR XARAJATLARI VA KECHIKTIRILGAN XARAJATLAR — JORIY QISMI 3000 3100 KELGUSI DAVR XARAJATLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 3110 Oldindan toʻlangan ijara haqi 3120 Oldindan toʻlangan xizmatlar haqi 3190 Boshqa kelgusi davr xarajatlari 3200 KECHIKTIRILGAN XARAJATLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 3210 Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi 3220 Diskont (chegirma)lar boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar 3290 Boshqa kechiktirilgan xarajatlar 3300 3400 3500 3600 3700 3800 3900 IV BOʻLIM. OLINADIGAN SCHYOTLAR — JORIY QISMI 4000 OLINADIGAN SCHYOTLAR A 4010 Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar 4020 Olingan veksellar 4030 Sugʻurta qildiruvchilardan olinadigan schyotlar 4040 Sugʻurta agentlari va brokerlaridan olinadigan schyotlar 4050 Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar 4051 Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha olinadigan schyotlar 4060 Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar 4070 Hayot sugʻurtasi boʻyicha berilgan ssudalar boʻyicha olinadigan schyotlar 4080 Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo zarari 4090 Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo mukofotlari 4100 ALOHIDA BOʻLINMALAR, SHUʼBA VA QARAM XOʻJALIK JAMIYATLARIDAN OLINADIGAN SCHYOTLAR A 4110 Alohida boʻlinmalardan olinadigan schyotlar 4120 Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar 4200 XODIMLARGA BERILGAN BOʻNAKLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 4210 Mehnat haqi boʻyicha berilgan boʻnaklar 4220 Xizmat safarlariga berilgan boʻnaklar 4230 Umumxoʻjalik xarajatlari uchun berilgan boʻnaklar 4290 Xodimlarga berilgan boshqa boʻnaklar 4300 MOL YETKAZIB BERUVCHILAR VA PUDRATCHILARGA BERILGAN BOʻNAKLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 4310 TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar 4320 Uzoq muddatli aktivlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar 4330 Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun berilgan boʻnaklar 4340 Boshqa berilgan boʻnaklar 4400 BUDJETGA BOʻNAK TOʻLOVLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 4410 Budjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha) 4500 MAQSADLI DAVLAT JAMGʻARMALARIGA VA SUGʻURTALAR BOʻYICHA BOʻNAK TOʻLOVLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 4510 Sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlari 4520 Maqsadli davlat jamgʻarmalariga boʻnak toʻlovlari 4600 USTAV KAPITALIGA TAʼSISCHILARNING ULUSHLARI BOʻYICHA QARZINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 4610 Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi 4700 XODIMLARNING BOSHQA OPERATSIYALAR BOʻYICHA QARZINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 4710 Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha xodimlarning qarzi 4720 Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi 4730 Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi 4790 Xodimlarning boshqa qarzlari 4800 TURLI DEBITORLAR QARZLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 4810 Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar 4820 Operativ ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar 4830 Olinadigan foizlar 4840 Olinadigan dividendlar 4850 Olinadigan royalti 4860 Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar 4890 Boshqa debitorlar qarzlari 4900 ISHONCHSIZ QARZLAR BOʻYICHA REZERVNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR KA 4910 Ishonchsiz qarzlar boʻyicha rezerv V BOʻLIM. PUL MABLAGʻLARI, QISQA MUDDATLI INVESTITSIYALAR VA BOSHQA JORIY AKTIVLAR 5000 KASSADAGI PUL MABLAGʻLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 5010 Milliy valyutadagi pul mablagʻlari 5020 Chet el valyutasidagi pul mablagʻlari 5100 HISOB-KITOB SCHYOTIDAGI PUL MABLAGʻLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 5110 Hisob-kitob schyoti 5200 CHET EL VALYUTASIDAGI PUL MABLAGʻLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 5210 Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari 5220 Chet eldagi valyuta schyotlari 5300 5400 5500 BANKDAGI MAXSUS SCHYOTLARDAGI PUL MABLAGʻLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 5510 Akkreditivlar 5520 Chek daftarchalari 5530 Boshqa maxsus schyotlar 5600? PUL EKVIVALENTLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 5610 Pul ekvivalentlari (turlari boʻyicha) 5700 YOʻLDAGI PUL MABLAGʻ (OʻTKAZMA)LARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 5710 Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)lari 5800 QISQA MUDDATLI INVESTITSIYALARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 5810 Qimmatli qogʻozlar 5830 Berilgan qisqa muddatli qarzlar 5890 Boshqa joriy investitsiyalar 5900 KAMOMADLAR VA QIYMATLIKLARNING BUZILISHIDAN YOʻQOTISHLAR VA BOSHQA JORIY AKTIVLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR A 5910 Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar 5920 Boshqa joriy aktivlar III QISM. MAJBURIYATLAR VI BOʻLIM. JORIY MAJBURIYATLAR 6000 TOʻLANADIGAN SCHYOTLAR P 6010 Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar 6011 Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar 6020 Berilgan veksellar 6030 Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar 6040 Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan schyotlar 6050 Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar 6060 Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar 6070 Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar 6080 Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar 6090 Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslarga toʻlanadigan schyotlar 6100 ALOHIDA BOʻLINMALAR, SHUʼBA VA QARAM XOʻJALIK JAMIYATLARIGA TOʻLANADIGAN SCHYOTLAR P 6110 Alohida boʻlinmalarga toʻlanadigan schyotlar 6120 Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar 6200 KECHIKTIRILGAN MAJBURIYATLAR VA SUGʻURTA MUKOFOTLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR P 6210 Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar 6220 Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar 6230 Boshqa kechiktirilgan daromadlar 6240 Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha kechiktirilgan majburiyatlar 6250 Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi boʻyicha majburiyatlar 6270 Qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari 6280 Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari 6290 Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar 6300 OLINGAN BOʻNAKLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR P 6310 Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar 6320 Aksiyaga obunachilardan olingan boʻnaklar 6330 Sugʻurta qildiruvchilardan olingan boʻnak sugʻurta mukofotlari 6390 Boshqa olingan boʻnaklar 6400 BUDJETGA TOʻLOVLAR BOʻYICHA QARZNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR P 6410 Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha) 6500 SUGʻURTA VA MAQSADLI DAVLAT JAMGʻARMALARIGA TOʻLOVLAR BOʻYICHA QARZNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR P 6510 Sugʻurta boʻyicha toʻlovlar 6520 Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar 6600 TAʼSISCHILARGA BOʻLGAN QARZNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR P 6610 Toʻlanadigan dividendlar 6620 Chiqib ketayotgan taʼsischilarga ulushlari boʻyicha qarzlar 6700 MEHNAT HAQI BOʻYICHA XODIMLAR BILAN HISOBLASHISHLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR P 6710 Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishlar 6720 Deponentlangan mehnat haqi 6800 QISQA MUDDATLI KREDITLAR VA QARZLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR P 6810 Qisqa muddatli bank kreditlari 6820 Qisqa muddatli qarzlar 6830 Toʻlanadigan obligatsiyalar 6840 Toʻlanadigan veksellar 6900 TURLI KREDITORLARGA BOʻLGAN QARZLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR P 6910 Toʻlanadigan operativ ijara 6920 Hisoblangan foizlar 6930 Royalti boʻyicha qarz 6940 Kafolatlar boʻyicha qarz 6950 Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi 6960 Daʼvolar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar 6970 Hisobdor shaxslarga boʻlgan qarz 6990 Boshqa majburiyatlar VII BOʻLIM. UZOQ MUDDATLI MAJBURIYATLAR 7000 UZOQ MUDDATLI TOʻLANADIGAN SCHYOTLAR P 7010 Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar 7011 Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar 7020 Berilgan veksellar 7030 Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar 7040 Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar 7050 Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchilikl�r boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar 7060 Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar 7070 Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar 7080 Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar 7090 Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslarga toʻlanadigan uzoq muddatli schyotlar 7100 ALOHIDA BOʻLINMALAR, SHUʼBA VA QARAM XOʻJALIK JAMIYATLARIGA BOʻLGAN UZOQ MUDDATLI QARZ P 7110 Alohida boʻlinmalarga boʻlgan uzoq muddatli qarz 7120 Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan uzoq muddatli qarz 7200 KECHIKTIRILGAN UZOQ MUDDATLI MAJBURIYATLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR P 7210 Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar 7220 Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar 7230 Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar 7240 Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar 7250 Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlar 7290 Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar 7300 XARIDORLAR VA BUYURTMACHILARDAN OLINGAN BOʻNAKLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR P 7310 Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar 7400 7500 7600 7700 7800 UZOQ MUDDATLI KREDITLAR VA QARZLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR P 7810 Uzoq muddatli bank kreditlari 7820 Uzoq muddatli qarzlar 7830 Toʻlanadigan obligatsiyalar 7840 Toʻlanadigan veksellar 7900 TURLI KREDITORLARGA UZOQ MUDDATLI QARZLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR P 7910 Toʻlanadigan moliyaviy ijara 7920 Turli kreditorlarga uzoq muddatli qarzlar VIII BOʻLIM. SUGʻURTA ZAXIRALARI 8000 SUGʻURTA ZAXIRALARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR P 8010 Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi 8020 Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi 8030 Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi 8040 Ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasi 8050 Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi 8060 Falokatlar zaxirasi 8070 Zararlilikning tebranishi zaxirasi 8090 Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxira 8100 SUGʻURTA ZAXIRALARIDAGI QAYTA SUGʻURTALOVCHILAR ULUSHLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR KP 8110 Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi 8120 Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi 8130 Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasidagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi 8140 Hayot sugʻurtasi boʻyicha zaxiradagi qayta sugʻurtalovchilarning ulushi IV QISM. XUSUSIY KAPITAL IX BOʻLIM. KAPITAL, TAQSIMLANMAGAN FOYDA VA REZERVLAR 8200 8300 USTAV KAPITALINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR P 8310 Oddiy aksiyalar 8320 Imtiyozli aksiyalar 8330 Pay va ulushlar 8400 QOʻSHILGAN KAPITALNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR P 8410 Emissiya daromadi 8420 Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi 8500 ZAXIRA KAPITALINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR P 8510 Mulkni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar 8520 Zaxira kapitali 8530 Tekinga olingan mulk 8600 SOTIB OLINGAN XUSUSIY AKSIYALARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR KP 8610 Sotib olingan xususiy aksiyalar — oddiy 8620 Sotib olingan xususiy aksiyalar — imtiyozli 8700 TAQSIMLANMAGAN FOYDA (QOPLANMAGAN ZARAR)NI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR P 8710 Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) 8720 Jamgʻarilgan foyda (qoplanmagan zarar) 8800 MAQSADLI TUSHUMLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR P 8810 Grantlar 8820 Subsidiyalar 8830 Aʼzolik badallari 8840 Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari 8890 Boshqa maqsadli tushumlar 8900 KELGUSI XARAJATLAR VA TOʻLOVLAR REZERVLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR P 8910 Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervlari V QISM. MOLIYAVIY NATIJALARNING SHAKLLANISHI VA ISHLATILISHI X BOʻLIM. DAROMADLAR VA XARAJATLAR 9000 ASOSIY (OPERATSION) FAOLIYATNING DAROMADLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR T 9030 Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar 9040 Qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlangan sugʻurta mukofotlari KP 9050 Xaridorlar va buyutmachilarga berilgan chegirmalar KP 9060 Sugʻurta vositachisi xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar 9070 Qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha zararlar ulushining qoplanishi boʻyicha daromadlar 9080 Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha daromadlar 9090 Syurveyer va adjaster xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar 9100 SOTILGAN TOVARLAR VA XIZMATLAR TANNARXINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR T 9130 Koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi 9140 Davriy hisobda TMZ sotib olish/xarid qilish 9150 Davriy hisobda TMZ boʻyicha tuzatishlar 9200 ASOSIY VOSITALAR, BOSHQA AKTIVLARNING CHIQIB KETISHINI VA SUGʻURTA ZAXIRALARI OʻZGARISHINING NATIJASINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR T 9210 Asosiy vositalarning chiqib ketishi 9220 Boshqa aktivlarning chiqib ketishi 9230 Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi 9240 Sodir boʻlgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi 9250 Xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi 9260 Falokatlar zaxirasi oʻzgarishining natijasi 9270 Zararlilikning tebranishi zaxirasi oʻzgarishining natijasi 9280 Hayot sugʻurtasi zaxirasi oʻzgarishining natijasi 9290 Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi oʻzgarishining natijasi 9300 ASOSIY FAOLIYATNING BOSHQA DAROMADLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR T 9310 Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda 9320 Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda 9330 Undirilgan jarima, penya va ustamalar 9340 Oʻtgan yillar foydalari 9350 Operativ ijaradan daromadlar 9360 Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar 9370 Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar daromadlari 9380 Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam 9390 Boshqa operatsion daromadlar 9400 DAVR XARAJATLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR T 9410 Sotish xarajatlari 9420 Maʼmuriy xarajatlar 9430 Boshqa operatsion xarajatlar 9431 Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan, oʻtgan davrda xabar qilingan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari 9432 Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan, lekin hisobot davrida xabar qilingan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari 9440 Kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan, hisobot davri xarajatlari 9500 MOLIYAVIY FAOLIYAT DAROMADLARINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR T 9510 Royalti koʻrinishidagi daromadlar 9520 Dividendlar koʻrinishidagi daromadlar 9530 Foizlar koʻrinishidagi daromadlar 9540 Valyutalar kurslari farqidan daromadlar 9550 Moliyaviy ijaradan daromadlar 9560 Qimmatli qogʻozlarni qayta baholashdan daromadlar 9590 Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari 9600 MOLIYAVIY FAOLIYAT BOʻYICHA XARAJATLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR T 9610 Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar 9620 Valyutalar kurslari farqidan zararlar 9630 Qimmatli qogʻozlarni chiqarish va tarqatish boʻyicha xarajatlar 9690 Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar 9700 FAVQULODDAGI FOYDA (ZARAR)LARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR T 9710 Favquloddagi foydalar 9720 Favquloddagi zararlar 9800 SOLIQLAR VA BOSHQA MAJBURIY TOʻLOVLARNI TOʻLASH UCHUN FOYDANING ISHLATILISHINI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR T 9810 Foyda soligʻi boʻyicha xarajatlar 9820 Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha xarajatlar 9900 YAKUNIY MOLIYAVIY NATIJANI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR T 9910 Yakuniy moliyaviy natija VI BOʻLIM. BALANSDAN TASHQARI SCHYOTLAR 001 Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar BT 002 Masʼul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar BT 003 Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar BT 004 Komissiyaga qabul qilingan tovarlar BT 005 Oʻrnatish uchun qabul qilingan uskunalar BT 006 Qatʼiy hisobot varaqlari BT 007 Toʻlashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga oʻtkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi BT 008 Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — olingan BT 009 Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — berilgan BT 010 Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar BT 011 Ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulk BT 012 Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar BT 013 Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha) BT 014 Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari BT
* Keyingi oʻrinlarda “Moliyaviy ijara” atamasi lizing tushunchasini ham oʻz ichiga oladi.
Sugʻurtalovchilar moliyaviy- xoʻjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasiga ILOVA
Sugʻurtalovchilar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasini qoʻllash boʻyicha
YOʻRIQNOMA
I qism. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Yoʻriqnoma maqsadida foydalaniladigan atama va tushunchalar:
aktiv schyot (A) — bu aktivlarni aks ettirishga moʻljallangan schyot boʻlib, unda iqtisodiy resurslarning qoldigʻi va koʻpayishi schyotning debetida, kamayish esa kreditida aks ettiriladi;
balansdan tashqari schyotlar (Z) — bu sugʻurtalovchiga qarashli boʻlmagan, lekin vaqtinchalik tasarrufida boʻlgan, aktivlarning mavjudligi va harakati, shartli huquqlar va majburiyatlar haqidagi axborotni umumlashtirishga moʻljallangan schyotlar. Bu schyotlar boshqa schyotlar bilan bogʻlanmaydi va sugʻurtalovchining moliyaviy hisobotida aks ettirilmaydi;
buxgalteriya schyoti — sugʻurtalovchilar iqtisodiy resurslarining holati va harakati haqidagi buxgalteriya axborotini qayd etish va saqlash uslubi va ularga boʻlgan talablar;
deponentlangan sugʻurta mukofoti (depo mukofot) — qayta sugʻurta qildiruvchining hisobida vaqtincha boʻlgan va qayta sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq qayta sugʻurtalovchiga toʻlanishi lozim boʻlgan sugʻurta mukofoti;
doimiy schyotlar — bu hisobot davri oxiriga qoldiqqa ega boʻlib, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar va kapital schyotlaridir. Doimiy schyotlar aktiv, passiv, kontr-aktiv va kontr-passiv schyotlarga boʻlinadi;
kontr-aktiv schyot (KA) — bu moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettirish uchun, qoldigʻi u bilan bogʻlik boʻlgan aktiv schyotning saldosidan chegiriladigan schyotdir;
kontr-passiv schyot (KP) — bu moliyaviy hisobotda majburiyat yoki kapitalning sof qiymatini aks ettirish uchun, qoldigʻi u bilan bogʻliq boʻlgan passiv schyotning saldosidan chegaraladigan schyotdir;
passiv schyot (P) — bu majburiyat va kapitalni aks ettirishga moʻljallangan schyot boʻlib, unda majburiyatlar va kapitalning qoldigʻi va koʻpayishi schyotning krediti boʻyicha, kamayish esa debeti boʻyicha aks ettiriladi;
retrotsessiya — qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan sugʻurta majburiyatlarini yoki ularning bir qismini qayta sugʻurta qilish shartnomasi asosida qayta sugʻurta qilishga berish;
sugʻurta polisi — sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurta mukofoti toʻlangandan soʻng (agar sugʻurta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa) beriladigan, sugʻurta shartnomasining tuzilganligini va sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi hujjat (shahodatnoma, sertifikat, kvitansiya);
tranzit schyotlar (T) — bu hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopiladigan va hisobot davri oxirida qoldiqqa ega boʻlmaydigan, Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladigan, daromadlar va xarajatlarga vaqtinchalik schyotlaridir;
qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar — sugʻurtalovchi tomonidan boshqa sugʻurtalovchilardan qayta sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq qabul qilingan tavakkalchiliklar;
qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar — sugʻurtalovchi tomonidan qabul qilingan va qayta sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq boshqa sugʻurtalovchida sugʻurtalangan tavakkalchiliklar;
qayta sugʻurta qildiruvchi — oʻziga qabul qilib olgan sugʻurta majburiyatlarini qayta sugʻurta qilishga beruvchi sugʻurtalovchi yoki qayta sugʻurtalovchi;
qayta sugʻurtalovchi — qayta sugʻurta qilish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya yoki bir vaqtda qayta sugʻurta qilish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi sugʻurta faoliyati boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan sugʻurtalovchi, joylashgan joyidagi davlat qonunchiligiga muvofiq qayta sugʻurta qilish faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan chet el sugʻurta tashkiloti.
II qism. Asosiy qoidalar
I boʻlim. Uzoq muddatli aktivlar
I kichik boʻlim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar
2. Ushbu kichik boʻlimning schyotlari quyidagilar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan:
a) mulkchilik huquqi sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan va moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning mavjudligi, harakati va eskirishi;
b) mulkchilik huquqi sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan nomoddiy aktivlarning mavjudligi, harakati va eskirishi;
v) qimmatli qogʻozlarga, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga, chet el kapitali mavjud boʻlgan va boshqalarga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar;
g) mahalliy va xorijdan keltirilgan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisida;
d) barcha turdagi kapital qoʻyilmalar;
e) olingan veksellar boʻyicha hisob-kitoblarning uzoq muddatli qismi, moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar, xodimlarning uzoq muddatli qarzlari, boshqa uzoq muddatli debitor qarzlar, vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi, boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar.
3. Ushbu boʻlimda quyidagi schyotlar boʻyicha hisob yuritish tartibi yoritiladi:
0100 — Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar;
0200 — Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar;
0300 — Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar;
0400 — Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar;
0500 — Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar;
0600 — Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar;
0700 — Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar;
0800 — Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar;
0900 — Uzoq muddatli debitor qarzlari va kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar.
1-§. Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100)
4. Mulkchilik huquqi sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati, foydalanilayotgan, konservatsiya qilingan yoki operativ ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0110 “Yer”;
0111 “Yerni obodonlashtirish”;
0112 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish”;
0120 “Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar”;
0130 “Mashina va asbob-uskunalar”;
0140 “Mebel va ofis jihozlari”;
0150 “Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi”;
0160 “Transport vositalari”;
0170 “Ishchi hayvonlar”;
0180 “Koʻp yillik oʻsimliklar”;
0190 “Boshqa asosiy vositalar”;
0199 “Konservatsiya qilingan asosiy vositalar”.
Analitik hisobning tashkil qilinishi respublika hududi va xorijdagi asosiy vositalarning mavjudligi va ularning harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni olish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
5. Buxgalteriyada mulkni asosiy vositalar tarkibiga kiritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2003-yil 10-oktabrda 114-son bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar” (2004-yil 20-yanvar, roʻyxat raqami 1299 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 3-son, 35-modda) va xarid qilish vaqtida olingan pasport va foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma, hamda boshqa texnik hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
6. Asosiy vositalar asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarda quyidagi obyektlar uchun aniqlanadigan boshlangʻich qiymatda hisobga olinadi:
a) sugʻurtalovchining ustav kapitaliga taʼsischilar tomonidan ularning ulushi hisobidan kiritilgan obyektlar — tomonlarning kelishuviga asosan;
b) sugʻurtalovchining oʻzida tayyorlangan shuningdek, toʻlov evaziga boshqa korxona va shaxslardan sotib olingan obyektlar — ushbu obyektlarni (inshoot, qurish, tiklash) barpo etishga ketgan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib yoki ushbu obyektlarni xarid qilishda, toʻlangan va qoplanmaydigan soliqlar (boshqa majburiy toʻlovlar) shuningdek, yetkazib berish, yigʻish, oʻrnatish, ishga tushirish va ushbu aktivni ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bogʻliq boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda;
v) boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan, shuningdek, hukumat idoralari tomonidan subsidiya koʻrinishida olinganlari — qabul qilish sanadagi bozor bahosi yoki qabul qilish topshirish hujjatlarida koʻrsatilgan qiymat boʻyicha.
Asosiy vositalarning boshlangʻich qiymati faqat qayta qurilganda, taʼmirlanganda va qisman tugatilganda hamda qayta baholangan hollarda oʻzgartirilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 490-sonli “Asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yilgi parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, har yili 1-yanvar holatiga asosiy vositalar qiymatini joriy bahoga keltirish uchun qayta baholashni amalga oshiradilar. Asosiy vositalar bahosini oshirish (tushirish) summasi asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti (krediti) boʻyicha 8510 “Mulkni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
7. Taʼsischilar tomonidan sugʻurtalovchining ustav kapitaliga ulush hisobidan kiritilgan asosiy vositalarni kirim qilish asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti va 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotining kreditida aks ettiriladi.
8. Sugʻurtalovchining oʻzi tomonidan qurilgan shuningdek, pudrat shartnomasiga asosan qurilgan asosiy vosita obyektlarini tegishli asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti, 0810 “Tugallanmagan qurilish” schyotining krediti boʻyicha kirim qilinadi.
9. Mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa shaxslardan sotib olingan asosiy vosita obyektlari asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti, 0820 “Asosiy vositalarni xarid qilish” schyotining krediti boʻyicha kirim qilinadi.
10. Boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan asosiy vositalarning kirim qilinishi asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debetida 8530 “Tekinga olingan mulklar” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Biroq, soliqqa tortish maqsadida, tekinga olingan asosiy vositalarning qiymati foyda soligʻini hisoblashda soliqqa tortiladigan bazaga qoʻshiladi.
11. Asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, moliyaviy ijaraga berish, kamomad yoki buzilishi natijasida hisobdan chiqarishda ularning boshlangʻich qiymati tegishli (0100) asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlardan 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining debeti orqali hisobdan chiqariladi.
12. 0110 “Yer” schyotida qonunchilikka muvofiq sugʻurtalovchiga mulk sifatida berilgan yer maydonlari hisobga olib boriladi. 0110 “Yer” schyotining debetida shuningdek, yer maydonlarini xarid qilishda toʻlanadigan qoʻshimcha xarajatlar, koʻchmas mulk agentlarining komission mukofoti, advokatlarning xizmat haqi, sotib olish bilan bogʻliq soliqlar, zovurlar qiymati, yerlarni tozalash va tekislash xarajatlari hisobga olinadi.
Yerlarni foydalanishga tayyorlash jumladan, suv olib kelish, oqova suvlarni chiqarish inshootlari, geodeziya ishlari boʻyicha umumiy xarajatlar 0110 “Yer” schyotida kapitalizatsiya qilinadi. Chunki ushbu xarajatlar yerdan kelgusida foydalanish va uning qiymatini oshirish uchun zarur.
Yer maydoni bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish yoki qurish uchun sotib olinganda, mavjud konstruksiyalar va boshqa toʻsiqlarni bartaraf etish qiymati 0110 “Yer” schyotining debetida kapitalizatsiya qilinadi. Bunda konstruksiyani tugatishdan olingan materiallarni sotishdan tushgan tushum ushbu xarajatlarni kamaytiradi.
Agar yer maydoni oldindan tasarrufda boʻlsa va mavjud konstruksiyalar yangi qurilish obyektiga joy berish uchun buzib tashlansa, buzish boʻyicha xarajatlar 0110 “Yer” schyotiga kapitalizatsiya qilinmaydi, balki eski konstruksiyalarni hisobdan chiqarish bilan bogʻliq xarajat sifatida aks ettiriladi.
13. 0111 “Yerni obodonlashtirish” schyotida yer maydonlari tuzilishini oʻzgartirish, kelish yoʻllari, avtomobillar va boshqa transport vositalarining toʻxtash maydonlari, devorlar va boshqa inshootlarning holatini yaxshilash xarajatlari hisobga olinadi.
14. 0112 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish” schyotida uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha ijaraga olingan mulkni obodonlashtirish bilan bogʻliq kapital xarajatlar hisobga olinadi.
Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish boʻyicha kapital xarajatlarga, shuningdek, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish xarajatlari ham qoʻshiladi.
15. 0120 “Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar” schyotida quyidagilar hisobga olinadi:
a) bino — ishlab chiqarish, maʼmuriy, ijtimoiy-maishiy, uy-joy (inventar obyekti boʻlib, mustaqil xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan, alohida turgan bino yoki qoʻshimcha qurilishlar hisoblanadi). Bino va qoʻshimcha qurilishlar tarkibiga bir meʼyorda foydalanish uchun sharoit yaratib beradigan barcha kommunikatsiya tizimi (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz taʼminoti tizimlari, ichki telefon va kompyuter tarmoqlari, lift xoʻjaligi, yongʻindan saqlash va qoʻriqlash signalizatsiya tizimi) kiradi;
b) inshootlar — avtomobil yoʻllari, koʻpriklar, osma yoʻllar, suv ombori, neft va gaz quduqlari, shaxta quduqlari va boshqalar;
v) oʻtkazuvchi moslamalar — elektr quvvatini uzatish tizimlari, truba yoʻllari, issiqlik va gaz tarmoqlari, transmissiyalar va boshqalar.
16. 0130 “Mashina va asbob-uskunalar” schyotida quyidagilar hisobga olinadi:
a) kuchlantiruvchi mashina va uskunalar — atom reaktorlari, qozonlar, bugʻ dvigatellari, turbinalar, kuchlantiruvchi transformatorlar, ichki yonuv dvigatellari va boshqalar;
b) ishchi mashinalar va uskunalar — mehnat buyumlariga mexanik, issiqlik, kimyoviy va boshqa texnologik taʼsir koʻrsatuvchi stanoklar, apparatlar, agregatlar;
v) oʻlchov va boshqaruv moslamalari va laboratoriya uskunalari hamda jihozlari — tarozilar, manometrlar, termostatlar, dispetcher nazorati uskunalari, signalizatsiya, ilmiy-tekshirish laboratoriyasi, seysmologik stansiya uskunalari va boshqalar;
g) boshqa mashinalar va uskunalar — telefon stansiyasi uskunalari va boshqa oldingi guruhlarda hisobga olinmaydigan mashina va uskunalar.
17. 0140 “Mebel va ofis jihozlari” schyotida ishlab chiqarish va boshqaruv uchun moʻljallangan mebel va jihozlar (stollar, shkaflar, mebel yigʻimlari, kreslo, temir seyflar va boshqalar) shuningdek, ofis jihozlari (telefaks apparati, qogʻoz qirqadigan va yoʻq qiladigan mashinalar va boshqalar) hisobga olinadi.
18. 0150 “Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi” schyotida kompyuterlar, printerlar, skanerlar, modem va boshqa kompyuter jihozlari, hamda hisoblash texnikalari hisobga olinadi.
19. 0160 “Transport vositalari” schyotida temir yoʻl, suv, havo, avtomobil, ishlab chiqarish va kommunal transport vositalarining harakatlanuvchi tarkibi shuningdek, magistral quvur tarmoqlari (truboprovodlar) hisobga olinadi.
20. 0170 “Ishchi va mahsuldor hayvonlar” schyotida ishchi kuchi sifatida foydalaniladigan ishchi hayvonlar — otlar, hoʻkizlar, tuyalar, xachir va eshaklar va boshqa ishchi hayvonlar (shuningdek, yuk transport vositasi sifatida foydalaniladigan hayvonlar) hisobga olinadi.
21. 0180 “Koʻp yillik oʻsimliklar” schyotida koʻkalamzorlashtirish, dekoratsiya, meva-rezavor daraxtlar va oʻsimliklar, yashil devorlar va boshqalar hisobga olinadi.
22. 0190 “Boshqa asosiy vositalar” schyotida yuqorida keltirilgan schyotlarda sanab oʻtilmagan asosiy vositalar hisobga olinadi.
23. 0199 “Konservatsiya qilingan asosiy vositalar” schyotida qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda konservatsiya qilingan asosiy vositalar hisobga olinadi.
24. Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100)ning bogʻlanishi
(24-bandning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
2-§. Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200)
25. Sugʻurtalovchining mulki hisoblangan yoki moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0211 “Yerni obodonlashtirishning eskirishi”;
0212 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi”;
0220 “Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi”;
0230 “Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi”;
0240 “Mebel va ofis jihozlarining eskirishi”;
0250 “Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi”;
0260 “Transport vositalarining eskirishi”;
0270 “Ishchi hayvonlarning eskirishi”;
0280 “Koʻp yillik oʻsimliklarning eskirishi”;
0290 “Boshqa asosiy vositalarning eskirishi”;
0299 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi”.
Analitik hisobning tashkil qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va xorijdagi asosiy vositalarning mavjudligi va eskirishining harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
26. Asosiy vositalarning eskirishini hisoblash Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2003-yil 10-oktabrda 114-son bilan tasdiqlangan (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar” Buxgalteriya hisobining milliy standartida (2004-yil 20-yanvar, roʻyxat raqami 1299 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 3-son, 35-modda) belgilangan meʼyor va usullar asosida amalga oshiriladi.
27. Quyidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi:
a) kutubxona fondlariga;
b) qonunchilikda belgilangan tartibda konservatsiyaga oʻtkazilgan fondlarga;
v) muzey qiymatliklariga;
g) sanʼat va arxitektura yodgorliklariga;
d) toʻliq eskirish hisoblangan asosiy vositalarga.
28. 0211—0290 schyotlarda mulkchilik huquqi sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan asosiy vositalarning eskirishi hisobga olinadi.
29. 0299 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyotida moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi xususiy asosiy vositalarga eskirish hisoblash tartibi kabi bir xil tartibda hisobga olinadi.
30. Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) kreditida, xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda olib boriladi.
31. Ijaraga beruvchi — sugʻurtalovchilar joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar boʻyicha hisoblangan eskirish summasini tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) krediti va 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotining debetida aks ettiradilar.
32. Sugʻurtalovchi mulki boʻlgan asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, moliyaviy ijaraga berish, kamomad yoki buzilish natijasida hisobdan chiqarishda ularga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) debetidan 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining krediti boʻyicha amalga oshirilgan yozuv orqali hisobdan chiqariladi.
33. Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200)ning bogʻlanishi
(33-bandning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
3-§. Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0300)
34. Sugʻurtalovchida moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar” schyotida amalga oshiriladi. Ushbu schyot ijarachi sugʻurtalovchilarda qoʻllaniladi.
35. Sugʻurtalovchi tomonidan qisqa muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar hisobi balansdan tashqari 001 “Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar” schyotida yuritiladi.
36. Ijara hisobi Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (6-sonli BHMS) “Ijara hisobi”ga (roʻyxat raqami 1946, 2009-yil 24-aprel) muvofiq amalga oshiriladi.
37. Sugʻurtalovchiga moliyaviy ijara shartlari asosida kelib tushgan asosiy vositalar 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar” schyotining debeti va 6950 “Moliyaviy majburiyatlar — joriy qismi” hamda 7910 “Toʻlanadigan moliyaviy ijara” schyotining kreditida aks ettiriladi.
38. Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalardan foydalanganlik uchun ijaraga beruvchiga toʻlanadigan joriy toʻlovlar 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyotining debeti va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
39. Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha hisoblangan foizlar summasi quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijarachida — 9610 “Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar” schyotining debeti va 6920 “Hisoblangan foizlar” schyotining kreditida;
b) ijaraga beruvchida — 4830 “Olinadigan foizlar” schyotining debeti va 9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar” schyotining kreditida.
40. Moliyaviy ijara shartnomasining shartlariga muvofiq (yoki ijaraga beruvchi va ijarachining qoʻshimcha kelishuvi asosida) ijaraga olingan asosiy vositalar ijarachi korxonaning mulkiga oʻtishi, hisobda asosiy vositalarni hisobga oluvchi (0100) schyotlarning tegishli schyotlari debeti va 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar” schyotining kreditida tegishli asosiy vositalar turlari boʻyicha yozuvlar amalga oshiriladi. Bir vaqtning oʻzida ushbu obyekt boʻyicha 0299 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyotida hisoblab borilgan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarga (0200) oʻtkaziladi.
Agar moliyaviy ijara shartnomasining tugashi bilan asosiy vosita obyektlari ijaraga beruvchiga qaytarilsa, u holda hisobda 0299 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyotining debeti va 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar” schyotining krediti boʻyicha yozuvlar amalga oshiriladi.
Agar ijaraga olingan asosiy vositalar moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugashiga qadar ijaraga beruvchiga qaytarilsa, u holda hisobda 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar” schyotining krediti va 0299 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” (hisoblangan eskirish summasiga), 6950 “Moliyaviy majburiyatlar — joriy qismi”, 7910 “Toʻlanadigan moliyaviy ijara” (ijara toʻlovlarining qoldiq summasiga) schyotlarining debeti boʻyicha yozuvlar amalga oshiriladi.
0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar” schyoti boʻyicha analitik hisob asosiy vositalarning turlari va alohida inventar obyektlari boʻyicha yuritiladi.
41. Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0300)ning bogʻlanishi
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
4-§. Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400)
42. Mulkchilik huquqi sugʻurtalovchiga tegishli nomoddiy aktivlarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0410 “Patentlar, litsenziyalar va nou-xau”;
0420 “Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari”;
0430 “Dasturiy taʼminot”;
0440 “Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlari”;
0450 “Tashkiliy xarajatlar”;
0460 “Franchayz”;
0470 “Mualliflik huquqlari”;
0480 “Gudvill”;
0490 “Boshqa nomoddiy aktivlar”.
43. Obyektlarni nomoddiy aktivlarga kiritish tartibi va ularning tarkibi qonunchilik asosida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2005-yil 25-martda 35-son bilan tasdiqlangan (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar” (yangi tahrir) Buxgalteriya hisobining milliy standarti (2005-yil 27-iyun, roʻyxat raqami 1485 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 25-26-son, 188-modda) asosida tartibga solinadi.
44. Nomoddiy aktivlar quyidagi obyektlar uchun aniqlanadigan boshlangʻich bahoda nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarda hisobga olinadi:
a) taʼsischilar tomonidan sugʻurtalovchining ustav kapitaliga ulush hisobidan kiritilgani — tomonlarning kelishuvi boʻyicha;
b) toʻlov asosida boshqa korxona va shaxslardan xarid qilingan ushbu obyektlarni xarid qilish va tayyor holatga keltirish boʻyicha amalga oshirilgan — haqiqiy xarajatlar boʻyicha;
v) boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan obyektlar — kirim qilish sanasidagi bozor bahosida yoki qabul qilish-topshirish hujjatlarida koʻrsatilgan qiymat boʻyicha;
g) sugʻurtalovchining oʻzi tomonidan yaratilgan yoki sugʻurtalovchining oʻzida ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida olingan obyektlar — haqiqiy tannarxi boʻyicha.
45. Taʼsischilar tomonidan sugʻurtalovchining ustav kapitaliga ularning ulushlari hisobiga kiritilgan nomoddiy aktivlarni kirim qilish (0400) nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida va 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Boshqa korxona va shaxslardan xarid qilingan nomoddiy aktivlar, nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debeti, 0830 “Nomoddiy aktivlarni xarid qilish” schyotining kreditiga kirim qilinadi.
Boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan nomoddiy aktivlarning kirim qilinishi nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida, 8530 “Tekinga olingan mulk” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Agar nomoddiy aktiv sugʻurtalovchining oʻzi tomonidan yaratilsa va uni yaratish xarajatlarining aniq summasini aniqlash imkoni mavjud boʻlsa, u holda nomoddiy aktiv haqiqiy tannarxi boʻyicha aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlarning haqiqiy tannarxini aniqlash imkoniyati mavjud boʻlmagan holda ushbu xarajatlar ilmiy-tadqiqot ishlari (ITI) yoki ilmiy-tadqiqot va sinov konstruktorlik ishlari (ITSKI) xarajatlari sifatida aks ettiriladi.
46. “Gudvill (firma bahosi)”ning buxgalteriya hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2005-yil 25-martda 35-son bilan tasdiqlangan (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar” (yangi tahrir) Buxgalteriya hisobining milliy standarti (2005-yil 27-iyun, roʻyxat raqami 1485 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 25-26-son, 188-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
47. Nomoddiy aktivlar chiqib ketganda (sotilganda, tekinga berilganda va boshqalarda) ularning boshlangʻich qiymati nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi tegishli schyotlarning (0400) kreditidan 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
48. Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400)ning bogʻlanishi
5-§. Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500)
49. Mulkchilik huquqi sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan nomoddiy aktivlar obyektlari boʻyicha jamlangan amortizatsiya toʻgʻrisida maʼlumotlar quyidagi schyotlarda umumlashtiriladi:
0510 “Patentlar, litsenziyalar va nou-xauning amortizatsiyasi”;
0520 “Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalarining amortizatsiyasi”;
0530 “Dasturiy taʼminotning amortizatsiyasi”;
0540 “Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlarining amortizatsiyasi”;
0550 “Tashkiliy xarajatlarning amortizatsiyasi”;
0560 “Franchayzning amortizatsiyasi”;
0570 “Mualliflik huquqlarining amortizatsiyasi”;
0590 “Boshqa nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi”.
50. Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2005-yil 25-martda 35-son bilan tasdiqlangan (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar” (yangi tahrir) Buxgalteriya hisobining milliy standarti (2005-yil 27-iyun, roʻyxat raqami 1485 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 25-26-son, 188-modda) koʻzda tutilgan usullarga muvofiq, belgilangan meʼyorlar boʻyicha sugʻurtalovchi tomonidan hisoblab chiqilib, oyma-oy tegishliligiga qarab tannarxga yoki davr xarajatlariga olib boriladi.
51. Nomoddiy aktivlarga hisoblangan amortizatsiya summasi xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning debeti va (0500) nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlarning kreditiga olib boriladi.
52. Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishi (sotilishi, tekinga berilishi va boshqalar)da ular boʻyicha hisoblangan eskirish summasi (0500) nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlarning debetidan 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotining kreditiga hisobdan chiqariladi.
Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500) boʻyicha analitik hisob nomoddiy aktivlarning turlari va alohida obyektlari boʻyicha yuritiladi.
53. Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500)ning bogʻlanishi
(53-bandning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
6-§. Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (0600)
54. Boshqa korxonalarning qimmatli qogʻozlariga, mamlakat hududida va xorijda tuzilgan shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari va boshqa korxonalarning ustav kapitallariga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar (qoʻyilmalar)ning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0610 “Qimmatli qogʻozlar”;
0620 “Shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar”;
0630 “Qaram xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar”;
0640 “Chet el kapitali mavjud boʻlgan korxonalarga investitsiyalar”;
0690 “Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar”.
55. Aktivlarni investitsiyalar tarkibiga kiritish va ularning turlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 25-dekabrda 65-son bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (12-sonli BHMS) “Moliyaviy investitsiyalar hisobi” (1999-yil 16-yanvar, roʻyxat raqami 596 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil, 3 va 6-son) va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 14-oktabrda 50-son bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (8-sonli BHMS) “Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotlar va shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi” (1998-yil 28-dekabr, roʻyxat raqami 580 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil, 6-son) bilan tartibga solinadi.
56. 0610 “Qimmatli qogʻozlar” schyotida davlat foizli obligatsiyalari va mahalliy qarzlar, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarga qilingan uzoq muddatli investitsiya (quyilma)larning mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
57. 0620 “Shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar”, 0630 “Qaram xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar”, 0640 “Chet el kapitali mavjud boʻlgan korxonalarga investitsiyalar” schyotlarida tegishli chet el kapitali mavjud boʻlgan shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga qilingan uzoq muddatli investitsiyalarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
58. 0690 “Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar” schyotida kelajakda moliyaviy naf olish maqsadida davlat korxonalari yoki boshqa xayriya, ekologiya jamiyatlariga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar hisobga olinadi.
59. Aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar sotib olish bahosida 0610 “Qimmatli qogʻozlar” schyotining debetida ushbu qoʻyilmalar hisobiga berilgan qiymatliklar hisobga olinadigan schyotlar bilan bogʻlangan holda hisobga olinadi.
60. Agar sugʻurtalovchi tomonidan xarid qilingan obligatsiyalar va shu kabi boshqa qimmatli qogʻozlarning xarid qiymati ularning nominal qiymatidan yuqori boʻlsa, u holda xarid qilingan vaqtdan to qoplash vaqtigacha boʻlgan davrda xarid qiymati va nominal qiymat oʻrtasidagi farq qismi hisobdan chiqariladi. Bunda 9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar” schyotining debeti va 0610 “Qimmatli qogʻozlar” schyotining krediti boʻyicha yozuvlar amalga oshiriladi.
Agar sugʻurtalovchi tomonidan xarid qilingan obligatsiyalar va shu kabi boshqa qimmatli qogʻozlarning xarid qiymati ularning nominal qiymatidan past boʻlsa, u holda xarid qilingan vaqtdan to qoplash vaqtigacha boʻlgan davrda xarid qiymati va nominal qiymati oʻrtasidagi farq qismi qoʻshimcha hisoblanadi. Bunda 0610 “Qimmatli qogʻozlar” schyotining debeti va 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” schyotining krediti boʻyicha yozuvlar amalga oshiriladi.
Yuqorida koʻrsatilgan har ikkala holatda ham qimmatli qogʻozlarni qoplash muddati kelganda 0610 “Qimmatli qogʻozlar” schyotida hisobga olingan baho nominal qiymatga toʻgʻri kelishi lozim.
Qimmatli qogʻozlar boʻyicha foizlar (dividendlar) hisoblanganda 4830 “Olinadigan foizlar” yoki 4840 “Olinadigan dividendlar” schyotining debeti va 9530 “Foizlar koʻrinishidagi daromadlar” yoki 9520 “Dividendlar koʻrinishidagi daromadlar” schyotlarining krediti boʻyicha yozuvlar amalga oshiriladi.
Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar boʻyicha analitik hisob uzoq muddatli investitsiyalarning turlari va ushbu investitsiyalar amalga oshirilgan obyektlar (qimmatli qogʻozlarni sotuvchi-korxonalar, sugʻurtalovchi ishtirokchisi hisoblangan shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari va shu kabilar) boʻyicha yuritiladi. Bunda analitik hisobning tashkil qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi hududi va xorijdagi obyektlarga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
61. Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (0600)ning bogʻlanishi
7-§. Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700)
62. Qurilayotgan (taʼmirlanayotgan) kapital qoʻyilma obyektlarida oʻrnatish uchun moʻljallangan va montajni talab qiluvchi texnologik, energetik va ishlab chiqarish asbob-uskunalarning (shuningdek, laboratoriya, tajriba moslamalari va ustaxonalar uchun moʻljallangan asbob-uskunalar) mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0710 “Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar — mahalliy”
0720 “Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar — xorijiy”.
63. Montajni talab qiluvchi asbob-uskunalarga ularning qismlari yigʻilganidan soʻng va fundamentga yoki tayanchga, polga, qavatlar oʻrtasidagi ustunlarga va boshqa bino va inshootlarning konstruksiyalariga mustahkamlangandan soʻng ishga tushiriladigan koʻtarma asbob-uskunalar shuningdek, shu kabi asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari kiradi. Bunday asbob-uskunalar tarkibiga shuningdek, nazorat-oʻlchov apparatlari yoki oʻrnatiladigan asbob-uskuna tarkibida yigʻish-oʻrnatish uchun moʻljallangan boshqa asboblar kiradi.
64. Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlarda (0700) montajni talab qilmaydigan asbob-uskunalar: transport vositalari, mustaqil turuvchi stanoklar, qurilish mexanizmlari, qishloq xoʻjaligi mashinalari, ishlab chiqarish vositalari, inventarlar, oʻlchov asboblari va boshqalar hisobga olinmaydi. Montajni talab qilmaydigan asbob-uskunalarni xarid qilish xarajatlari ular sugʻurtalovchiga kelib tushishi bilan bevosita 0820 “Asosiy vositalarni xarid qilish” schyotida aks ettiriladi.
65. Asbob-uskunalar oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700)da sugʻurtalovchi omborlariga ushbu qiymatliklarni yetkazib berish va tayyorlash xarajatlari hamda xarid qilish (tayyorlash) baholari qiymatidan tashkil topadigan haqiqiy xarid qilish tannarxi boʻyicha hisobga olinadi.
Sugʻurtalovchining ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari hisobiga kiritilgan asbob-uskunalarni kirim qilish 0710 “Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar — mahalliy”, 0720 “Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar — xorijiy” schyotlarining debeti va 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotining krediti boʻyicha aks ettiriladi.
66. Quruvchi (buyurtmachi) tomonidan qurilish maydoniga keltirilgan montaj va oʻrnatishni talab qiluvchi asbob-uskunalar pudratchi tomonidan balansdan tashqari 005 “Oʻrnatish uchun qabul qilingan uskunalar” schyotiga qabul qilinadi. Ushbu montajga berilgan asbob-uskunalar yoki ularning qismlari qiymatini pudratchi balansdan tashqari 005 “Oʻrnatish uchun qabul qilingan uskunalar” schyotidan hisobdan chiqaradi. Pudratchiga berilgan, biroq doimiy foydalanish joyiga oʻrnatish va montaj qilish hali boshlanmagan asbob-uskunalar qiymati quruvchida hisobdan chiqarilmaydi.
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700) boʻyicha analitik hisob asbob-uskunalarning turlari va saqlanish joylari boʻyicha yuritiladi.
67. Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700)ning bogʻlanishi
8-§. Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800)
68. Sugʻurtalovchining asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga investitsiyalari, shuningdek, mahsuldor va ishchi hayvonlarning asosiy podasini tashkil qilish boʻyicha xarajatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0810 “Tugallanmagan qurilish”;
0820 “Asosiy vositalarni xarid qilish”;
0830 “Nomoddiy aktivlarni xarid qilish”;
0840 “Asosiy podani tashkil qilish”;
0850 “Yerni obodonlashtirishga kapital qoʻyilmalar”;
0860 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarga kapital qoʻyilmalar”;
0890 “Boshqa kapital qoʻyilmalar”.
69. 0810 “Tugallanmagan qurilish” schyotida (qurilish pudrat yoki xoʻjalik usulida amalga oshirilishdan qatʼi nazar) kapital qurilish smetalari, smeta-loyiha hisob-kitoblarida va titul roʻyxatlarida keltirilgan bino va inshootlarni barpo etish, uskunalar, asboblar, inventarlar va boshqa jihozlarni sotib olish boʻyicha xarajatlar hisobga olinadi.
70. 0820 “Asosiy vositalarni xarid qilish” schyotida asosiy vositalarni xarid qilish, oʻrnatish va yigʻish bilan bogʻliq barcha xarajatlar hisobga olinadi.
71. 0830 “Nomoddiy aktivlarni xarid qilish” schyotida nomoddiy aktivlarni xarid qilish yoki sugʻurtalovchining oʻzida yaratilishi bilan bogʻliq barcha xarajatlar hisobga olinadi.
72. 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotida: asosiy podaga oʻtkaziladigan xoʻjalikdagi yosh ishchi hayvonlarni oʻstirish boʻyicha xarajatlar; asosiy poda uchun xarid qilingan katta yoshdagi ishchi hayvonlarning qiymati, shuningdek, ularni yetkazib berish bilan bogʻliq xarajatlar; boshqa korxonalardan tekinga olingan katta yoshdagi hayvonlarni xoʻjalikka yetkazib berish bilan bogʻliq xarajatlar hisobga olinadi.
Asosiy podaga oʻtkaziladigan yosh hayvonlar haqiqiy tannarx boʻyicha baholanadi. Asosiy podaga oʻtkaziladigan yosh ishchi hayvonlarning barcha turlarining qiymati yil davomida 2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” schyotidan 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotining debetiga yil boshida hisobda turgan balans qiymatiga, yil boshidan to hayvonlarni asosiy podaga oʻtkazish vaqtigacha boʻlgan davrda ortgan vazni yoki oʻsgan vaznining reja tannarxini qoʻshgan holda, hisobdan chiqariladi. Bir vaqtning oʻzida, yosh hayvonlarni asosiy podaga oʻtkazishda 0170 “Ishchi hayvonlar” schyoti debetlanadi va 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyoti kreditlanadi. Yil oxirida hisobot kalkulyatsiyasi tuzilgandan keyin yil davomida oʻtkazilgan yosh hayvonlarning koʻrsatilgan qiymati bilan uning haqiqiy tannarxi oʻrtasidagi farq 2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” schyotidan 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotiga, bir vaqtning oʻzida hayvonning bahosini aniqlab, qoʻshimcha 0170 “Ishchi hayvonlar” schyotlariga hisobdan chiqariladi.
Chetdan xarid qilingan katta yoshdagi ishchi hayvonlarning qiymati 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotining debetiga uni yetkazib berish xarajatlari bilan birgalikda, xarid qilishning haqiqiy tannarxi boʻyicha kirim qilinadi.
Asosiy podani tashkil etishning tugallangan muomalalari boʻyicha xarajatlar 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotidan 0170 “Ishchi hayvonlar” schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
73. 0850 “Yerni obodonlashtirishga kapital qoʻyilmalar” schyotida sugʻurtalovchining yer maydonini obodonlashtirish boʻyicha xarajatlari, shuningdek, kirish yoʻllari, avtomobil va boshqa transport vositalarining toʻxtash maydonlari, devorlar va koʻkalamzorlashtirishning boshqa turlari qiymati hisobga olinadi.
Yer maydonlari, oʻrmon va suv havzalari va koʻp yillik oʻsimliklarga qilingan inventar xususiyatiga ega boʻlgan kapital qoʻyilmalar, asosiy vositalar tarkibiga, kompleks ishlar tugashidan qatʼi nazar, foydalanishga qabul qilingan maydonlarga tegishli xarajatlar summasi boʻyicha kiritiladi.
74. 0860 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarga kapital qoʻyilmalar” schyotida moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha ijaraga olingan mulkni obodonlashtirish hamda uning taʼmirlanishi va modernizatsiyasiga qilinadigan kapital qoʻyilmalar hisobga olinadi.
75. Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida asosiy vositalar obyektlarining boshlangʻich qiymatiga oʻrnatilgan tartibda qoʻshiladigan quruvchining barcha haqiqiy xarajatlari, shuningdek, sugʻurtalovchining asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni xarid qilish, asosiy podani tashkil etish va boshqa kapital qoʻyilmalar bilan bogʻliq xarajatlar aks ettiriladi.
Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar boʻyicha qoldiq, sugʻurtalovchining tugallanmagan qurilishga, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarni xarid qilish, yerni va moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishga qilingan kapital qoʻyilmalar miqdorini, shuningdek, asosiy podani tashkil etish boʻyicha tugallanmagan xarajatlar summasini aks ettiradi.
Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800) boʻyicha analitik hisob kapital qoʻyilmalarning har bir yoʻnalishi boʻyicha yuritiladi. Bunda analitik hisobning tashkil etilishi quyidagi xarajatlar haqida maʼlumot olish imkonini berishi lozim:
a) qurilish va rekonstruksiya ishlari; burgʻulash ishlari; asbob-uskunalarni yigʻish; oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni xarid qilish; montajni talab qilmaydigan asbob-uskunalarni xarid qilish, shuningdek, kapital qoʻyilmalarning smetalarida nazarda tutilgan asboblar va inventarlarni xarid qilish loyiha-qidiruv ishlariga oid va boshqa kapital qoʻyilmalar boʻyicha xarajatlar;
b) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni xarid qilish xarajatlari — asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning turlari va nomlari boʻyicha;
v) yer va moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish xarajatlari — obyektlarning turi va nomi boʻyicha;
g) asosiy podani tashkil etish xarajatlari — hayvonlarning turlari (yirik shoxli hayvonlar, qoʻylar, otlar va boshqalar) boʻyicha.
76. Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800)ning bogʻlanishi
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
9-§. Uzoq muddatli debitor qarzlari va kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (0900)
77. Quyidagi hisob-kitoblarning uzoq muddatli qismi:
a) xaridorlar va buyurtmachilar bilan olingan veksellar boʻyicha;
b) ijarachilar bilan ularning moliyaviy ijara shartnomasi asosida olgan asosiy vositalari boʻyicha;
v) mol yetkazib beruvchilar bilan — ularga tovar-moddiy boyliklar va boshqa aktivlarni yetkazib berish uchun berilgan boʻnaklar boʻyicha;
g) xaridorlar va buyurtmachilar bilan tovarlar, tayyor mahsulot, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun olinadigan schyotlar boʻyicha;
d) alohida boʻlinmalar bilan tovarlar, tayyor mahsulot, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun olinadigan schyotlar boʻyicha;
e) korxonalar va tashkilotlar bilan berilgan qarzlar boʻyicha;
j) moddiy-javobgar shaxslar va sugʻurtalovchining xodimlari bilan moddiy zararni qoplash boʻyicha;
z) boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan sugʻurtalovchiga yuqorida keltirilmagan turli qarzlar boʻyicha;
i) vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi boʻyicha;
k) obligatsiyalar diskontlari boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar;
l) boshqa kechiktirilgan xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0910 “Olingan veksellar”;
0920 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar”;
0930 “Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari”;
0940 “Boshqa uzoq muddatli debitor qarzlar”;
0950 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi”;
0960 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar”;
0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar”.
78. 0910 “Olingan veksellar” schyotida xaridorlar va buyurtmachilardan ular sotib olgan tovar-moddiy zaxiralari va boshqa aktivlar, ular uchun bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha xaridorlar va buyurtmachilar tomonidan toʻlov hujjati sifatida veksel taqdim qilishi natijasida, ulardan olinishi kerak boʻlgan toʻlov summasi hisobga olinadi. Bunda shunday hisob-kitoblar sodir boʻlganda, olinadigan schyotlarning uzoq muddatli qismi 0910 “Olingan veksellar” schyotining debeti va 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar”, 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”, 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotlarining kreditida aks ettiriladi.
79. 0920 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyoti ijaraga beruvchi sugʻurtalovchida mulkning moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha muomalalarni hisobga olishda foydalaniladi.
Asosiy vosita obyektlarini moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha berishda ijaraga beruvchi obyektlarning qiymatini umumiy tartibda hisobdan chiqaradi. Bunda moliyaviy ijaraga berilgan asosiy vosita obyektlarining qiymati ijarachi va ijaraga beruvchi bilan kelishilgan bahoda uzoq muddatli qismi 0920 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyotining debetiga, joriy qismi 4810 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” schyotining debetiga va debitorlik qarzining jami summasi 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti boʻyicha kreditdagi saldo (ijaraga berilgan asosiy vosita obyektlarining ijarachi va ijaraga beruvchi tomonidan kelishilgan bahodagi qiymati bilan bu obyektlarning qoldiq qiymati oʻrtasidagi farq) kechiktirilgan foyda sifatida 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyotiga uzoq muddatli qismi va 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyotiga joriy qismi hisobdan chiqariladi.
Ijaraga berilgan asosiy vosita obyektlarining ijarachi va ijaraga beruvchi kelishgan bahodagi qiymati bilan ushbu obyektlarning qoldiq qiymati oʻrtasidagi farqning tegishli qismi ijara haqi kelib tushganda 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyotidan 9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar” schyotining kreditiga hisobdan chiqariladi.
Hisobot yilining oxirida ijaraga beruvchi joriy yilda kelib tushadigan summalarni 0920 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyotining kreditidan 4810 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” schyotining debetiga oʻtkazadi. Ijara haqining kelib tushishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti va 4810 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Agar asosiy vositalar obyekti ijara muddatining tugashiga qadar ijarachining mulkiga oʻtsa, u holda sotib olish bahosi toʻlangan ijara haqini chegirib tashlagan holda yuqorida koʻrib oʻtilgan ijara haqining kelib tushishini aks ettirish tartibida sotib olish vaqtida aks ettiriladi.
0920 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir ijara shartnomasi boʻyicha yuritiladi.
80. 0930 “Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari” schyotida sugʻurtalovchi xodimlariga kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha hisob-kitoblar, berilgan qarzlar boʻyicha ularning qarzdorligi, xodimlarning sugʻurtalovchiga pul mablagʻlari, tovar-moddiy qiymatliklarining kamomadi va oʻgʻirlanishi, yaroqsizligi natijasida yetkazilgan moddiy zararlarning qoplanishi shuningdek, boshqa turdagi zararlarning qoplanishi va shu kabilar hisobga olinadi.
Kreditga tovar sotib olgan shaxs ishlaydigan sugʻurtalovchi ularga berilgan kreditni savdo sugʻurtalovchilari tomonidan bank krediti hisobidan toʻliq qoplashi mumkin. Bunda bank savdo korxonalarining tegishli hisob-kitob hujjatlarini oʻzining krediti hisobidan toʻlaydi. Ushbu muomala sugʻurtalovchilarda 0930 “Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari” schyotining debeti va 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Xodimlarga berilgan qarzlar summasi 0930 “Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari” schyotining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Kreditga sotilgan tovarlar, berilgan qarzlar, moddiy va boshqa zararlarning qoplanishi boʻyicha qarzlarning uzoq muddatli qismining joriy debitorlik qarzlari qismiga oʻtkazilishida 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha xodimlarning qarzi”, 4720 “Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi”, 4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi”, 4790 “Xodimlarning boshqa qarzlari” schyotlarining debeti, 0930 “Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari” schyotining krediti boʻyicha yozuv amalga oshiriladi.
0930 “Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari” schyoti boʻyicha analitik hisob sugʻurtalovchining har bir xodimi boʻyicha yuritiladi.
81. 0940 “Boshqa uzoq muddatli debitor qarzlar” schyotida xaridorlar va buyurtmachilardan daʼvolar va boshqalar boʻyicha olinadigan schyotlarning uzoq muddatli qismi hisobga olinadi.
Yuqorida keltirilgan schyotlar boʻyicha analitik hisob xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan har bir schyot boʻyicha yuritiladi. Analitik hisobning tashkil qilinishi veksellar, xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar boʻyicha qarzlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni olish imkoniyatini berishi lozim.
82. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori (OʻzR QT, 1999-yil, 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 2-ilovasiga muvofiq joriy hisobot davrida toʻlanadigan soliqning uzoq muddatli qismi 0950 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” schyotida hisobga olinadi. Vaqtinchalik farqlarga oid xarajatlar boʻyicha soliqni hisoblash 0930 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” schyotining debeti va 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” schyotining kreditida aks ettiriladi. Keyinchalik bu xarajatlarning jami foydali xizmat muddati davomida yoki 10 yil mobaynida, bu muddatlarning qaysi biri qisqaroq boʻlishidan kelib chiqqan holda, (vaqt oraligʻidagi farqlar) soliqning tegishli qismi uzoq muddatli qismdan joriy qismga oʻtkaziladi, bu esa 3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” schyotining debeti va 0950 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” schyotining kreditida aks ettiriladi. Tegishli muddatda toʻlanadigan foyda soligʻini hisoblashda ushbu summa hisobga olinadi.
Vaqtinchalik farqlar — bu daromad va xarajatlarning ayrim moddalari soliqqa tortiladigan foydaga kiritiladigan hisobot davri bilan ushbu moddalar hisob foydasiga kiritiladigan hisobot davrining muvofiq kelmasligi natijasida yuzaga keladigan hisobot davridagi soliqqa tortiladigan va hisob foydasi oʻrtasidagi farqdir.
Xarajatlarning tegishli summasiga soliqlar kamaytirilishi yuz beradigan davrlar kelganda soliqlar summasi 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” schyotining debeti va 3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” schyotining kreditida aks ettiriladi. Shunday qilib, 0950 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” schyotining debetidagi qoldiq kelgusi davrlarda budjetga toʻlanadigan umumiy soliq summasining kamaytirish zarur boʻlgan soliq summasining uzoq muddatli qismini koʻrsatadi.
83. 0960 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyotida xarajatlarga qoplash muddati davomida taqsimlanib boriladigan obligatsiya diskont (chegirma)lari boʻyicha sugʻurtalovchining uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlari aks ettiriladi. Ushbu schyot faqat obligatsiyalarni sotuvchi (emitent)lar tomonidan foydalaniladi. Obligatsiyalarning chegirma bilan sotilishi 0960 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti va olingan summaga pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debetida va 7830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Obligatsiyalar boʻyicha foizlarning joriy qismi hisobdan chiqarilganda 0960 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti 3220 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar” schyoti bilan bogʻlangan holda kreditlanadi.
84. 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyotida 0960 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” va 0950 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” schyotlarida koʻrsatilmagan boshqa kechiktirilgan xarajatlar aks ettiriladi. Ushbu xarajatlarni ishlab chiqarish, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat xarajatlariga hisobdan chiqariladigan muddati qonunchilik asosida tartibga solinadi. Bunda boshqa kechiktirilgan xarajatlarning uzoq muddatli qismi 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyotining debetida, joriy qismi esa 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyotining debetida aks ettiriladi.
0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir berilgan boʻnak boʻyicha mol yetkazib beruvchi yoki pudratchi boʻyicha yuritiladi.
85. Uzoq muddatli debitor qarzlari va kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (0900)ning bogʻlanishi
(85-bandning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 18-sentabrdagi 131-sonli (roʻyxat raqami 1813-2, 10.10.2017-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1813-2/0088-son)
II boʻlim. Joriy aktivlar
I kichik boʻlim. Tovar-moddiy zaxiralari
86. Ushbu kichik boʻlimning schyotlari quyidagilarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan:
a) xizmatlar koʻrsatish jarayonida foydalanish uchun moʻljallangan xom ashyo zaxiralari, materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilgʻi, idishlar, ehtiyot qismlar, inventar va xoʻjalik jihozlari, boshqa materiallar;
b) tugallanmagan xizmatlar koʻrsatish.
87. Tovar-moddiy zaxiralari hisobini tashkil qilishda ularning tarkibi, holati, harakati, miqdori, xarid qilinishi, qayta baholash tartibi va hokazolarga eʼtibor qaratish lozim. Hisob maʼlumotlari mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatlarini qidirib topish, moddiy qiymatliklardan tejamli foydalanish, xarajat meʼyorlarini kamaytirish, ularni tegishli holatda saqlash va ularning butligini taʼminlash toʻgʻrisidagi axborotlardan iborat boʻlishi lozim.
88. Ushbu boʻlimda quyidagi schyotlarning hisob tartibi yoritiladi:
1000 — Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar;
1500 — Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga oluvchi schyotlar;
1600 — Materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi schyotlar;
2000 — Sugʻurta ishini yuritish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar;
2200 — Sugʻurta tovonlarini hisobga oluvchi schyotlar;
2300 — Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar;
2400 — Qayta sugʻurta qilishga oid ragʻbatlantirishlar boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar;
2500 — Umumishlabchiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar;
2600 — Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar;
2700 — Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarni hisobga oluvchi schyotlar.
89. Qiymatliklarni tovar-moddiy zaxiralari tarkibiga kiritish va ularning hisobini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2006-yil 15-iyunda 52-son bilan tasdiqlangan (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralari” Buxgalteriya hisobining milliy standarti (2006-yil 17-iyul, roʻyxat raqami 1595 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 28-29-son, 282-modda) bilan tartibga solinadi.
1-§. Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000)
90. Sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan xom ashyo, materiallar, yoqilgʻi, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, konstruksiyalar, detallar, idishbob materiallar, inventarlar, xoʻjalik jihozlari va sh.k. qiymatliklarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
1010 “Xom ashyo va materiallar”;
1020 “Butlovchi buyumlar”;
1030 “Yoqilgʻilar”;
1040 “Ehtiyot qismlar”;
1050 “Qurilish materiallari”;
1060 “Idish va idishbob materiallar”;
1070 “Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar”;
1080 “Inventar va xoʻjalik jihozlari”;
1090 “Boshqa materiallar”.
91. Materiallar hisobda ikkita bahoning eng pasti boʻyicha materiallarni hisobga oluvchi schyotlarda — haqiqiy tannarxi (sotib olish bahosi yoki ishlab chiqarish tannarxi) boʻyicha yoki bozor bahosi (sotishning sof qiymati) boʻyicha hisobga olinadi.
92. Zarur hollarda (ishlatiladigan materiallarning nomenklaturasi katta boʻlganda, sugʻurtalovchi ichida materiallarning harakati intensiv boʻlganda, qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishida va boshqalarda) materiallar hisobi hisob bahosi boʻyicha yuritilishi mumkin. Hisob bahosi sifatida reja tannarxi, oʻrtacha sotib olish narxlari, ulgurji va boshqalar qabul qilinadi. Materiallarni hisob bahosi boʻyicha hisobga olishda, har oy, haqiqiy tannarxi koʻrsatilgan bahosining qiymatidan farqlanish summasi va foizlari hisoblab chiqiladi. Farqlar 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” schyotida hisobga olinadi.
93. 1010 “Xom ashyo va materiallar” schyotida quyidagilarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi:
a) ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tarkibiga kiradigan, uning asosini tashkil etadigan yoki uni tayyorlashda (ishlab chiqarishda) zarur tarkibiy qismlar hisoblaniladigan xom ashyo va asosiy materiallar;
b) mahsulot ishlab chiqarishda yoki xoʻjalik ehtiyojlari uchun sarflanadigan, texnik maqsadlar va ishlab chiqarish jarayoniga yordamlashishda ishtirok etadigan yordamchi materiallar;
v) qayta ishlash uchun tayyorlangan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va h. k.;
g) yem-xashak va toʻshamalar. Oʻzida ishlab chiqarilgan yem-xashak va toʻshamalar yil oxirida haqiqiy tannarxiga toʻgʻrilash bilan yil davomida reja tannarxi boʻyicha aks ettiriladi.
94. 1020 “Butlovchi buyumlar” schyotida tayyor butlovchi buyumlar, qurilish detallari va konstruksiyalarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Ilmiy-tadqiqot yoki konstruktorlik mavzusi boʻyicha ilmiy va sinov ishlarini amalga oshirish uchun kerak boʻlgan butlovchi buyumlar, maxsus asbob-uskunalar, asboblar, qurilmalar, moslamalar va hokazolarni chetdan xarid qiluvchi sugʻurtalovchilar, ushbu qiymatliklarni 1020 “Butlovchi buyumlar” schyotida hisobga oladilar.
95. 1030 “Yoqilgʻilar” schyotida neft mahsulotlari, yoqilgʻi-moylash materiallari (YOMM) (neft, benzin, kerosin, dizel yoqilgʻisi, yogʻ va hokazolar), qattiq yoqilgʻi (koʻmir, oʻtin va hokazolar) va gazsimon yoqilgʻi (gaz, gazolin) shuningdek, ishlab chiqarish chiqindilari va qattiq yoqilgʻi sifatida ishlatiladigan ikkilamchi material qiymatliklarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Yoqilgʻi-moylash materiallari (YOMM) uchun talonlardan foydalanilganda ham ularning hisobi 1030 “Yoqilgʻilar” schyotida yuritiladi.
96. 1040 “Ehtiyot qismlar” schyotida mashina, uskuna, transport vositalari va boshqalarni taʼmirlash va eskirgan qismini almashtirish uchun moʻljallangan asosiy faoliyat uchun xarid qilingan yoki tayyorlangan, ehtiyot qismlarning mavjudligi va harakati, hamda zaxiradagi avtomobil shinalari hisobga olinadi. Shu yerda taʼmirlash zavodlarida va texnik servis punktlarida sugʻurtalovchining taʼmirlash boʻlimlarida qilingan (yaratilgan) agregatlar, dvigatellar, uskunalar, toʻliq komplektli mashinalarning almashish fondi harakati ham hisobga olinadi.
97. 1050 “Qurilish materiallari” schyotida qurilish konstruksiyalari va detallari, bino va inshootlarning qismlari, konstruksiya va detallarini qurish va pardoz qilish, qurilish detallarini tayyorlash, qurilish va montaj ishlarida ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ishlatiladigan, shuningdek, boshqa ehtiyojlar uchun chetdan sotib olingan va oʻzida ishlab chiqilgan qurilish materiallarining mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
98. 1060 “Idish va idishbob materiallar” schyotida idishlarning barcha turlari (xoʻjalik inventari sifatida foydalaniladigan idishlardan tashqari) shuningdek, idishlar tayyorlash va taʼmirlash uchun moʻljallangan materiallar va detallar (yashiklarni yigʻish uchun detallar, bochka taxtasi, temir gardish va boshqalar)ning mavjudligi va harakati yuritiladi. Yuklanadigan mahsulotlarning butligi va saqlanishini taʼminlash maqsadida vagonlar, barjalar, samolyotlar, kemalarni qoʻshimcha jihozlash uchun moʻljallangan buyumlar 1010 “Xom ashyo va materiallar” schyotida hisobga olinadi.
99. 1070 “Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar” schyotida chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Bunda materiallarga qayta ishlov berish bilan bogʻliq chetdagi korxonalarga toʻlangan xarajatlar bevosita qayta ishlashdan olingan buyumlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetiga olib boriladi.
100. 1080 “Inventar va xoʻjalik jihozlari” schyotida sugʻurtalovchining aylanma mablagʻlari tarkibiga kiradigan inventarlar, asboblar, xoʻjalik jihozlari va boshqa mehnat vositalarining (kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar) mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
Ushbu schyotda quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan mulk hisobga olinadi:
a) xizmat qilish muddati bir yildan ortiq boʻlmagan;
b) xizmat qilish muddatidan qatʼi nazar, bir birligi (komplekti)ning qiymati (sotib olish vaqtida) Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ellik barobarigacha boʻlgan buyumlar. Rahbar hisobot yilida buyumlarning inventar va xoʻjalik jihozlari tarkibida hisobga olinishi uchun qiymatining past chegarasini belgilash huquqiga ega.
Xizmat qilish muddati va qiymatidan qatʼi nazar, inventar va xoʻjalik jihozlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
a) maxsus asboblar va moslamalar (alohida buyurtmani tayyorlash uchun yoki maʼlum bir turdagi buyumlarni seriyali va ommaviy ishlab chiqarish uchun moʻljallangan maqsadli asboblar va moslamalar);
b) maxsus va sanitar buyumlar, maxsus poyabzal;
v) yotoq jihozlari;
g) kanselyariya jihozlari (kalkulyatorlar, stol jihozlari va h. k.);
d) oshxona va ovqatlanish xonasi jihozlari, shuningdek, ovqatlanish xonasi choyshablari;
e) xarajatlari, ularni qurish, qurilish-montaj ishlari tannarxiga olib boriladigan vaqtinchalik (titulsiz inshootlar) qurilma va moslamalar;
j) foydalanish muddati bir yildan kam boʻlgan almashtiriladigan uskunalar;
z) ov qurollari (koʻkan, qopqon, toʻrlar va h. k.).
Sugʻurtalovchilar mustaqil ravishda inventarlar, asboblar va xoʻjalik jihozlarni hisobga oluvchi schyotlarni ularning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatidagi oʻrni va roliga qarab ochishlari mumkin. Ularning qiymati foydalanishga berilgan vaqtda ishlab chiqarish yoki davr xarajatlariga toʻliq qoʻshiladi. Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlarining saqlanishini taʼminlash maqsadida keyinchalik ularning hisobi balansdan tashqari 014 “Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari” schyotida sex, ombor va alohida foydalanuvchilar boʻyicha yuritiladi.
Inventar va xoʻjalik jihozlari keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holga kelgan hollarda ularni balansdan tashqari schyotdan hisobdan chiqarish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hisobdan chiqarish dalolatnomasiga asosan amalga oshiriladi.
101. 1090 “Boshqa materiallar” schyotida yuqorida keltirilgan schyotlarda nazarda tutilmagan materiallarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Bu yerda ishlab chiqarish chiqindilari (qirqimlar, qirindi va sh. k.); tuzatib boʻlmaydigan yaroqsiz mahsulotlar; asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan moddiy qiymatliklar (metallolom, yaroqsiz xom ashyo, eskirgan shinalar, kameralar, yaroqsiz rezina, ishlatilgan moy, nigrol va h .k.) hisobga olinadi.
102. Materiallarning kelib tushishi 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” va 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” schyotlaridan foydalanilgan holda (agar bu sugʻurtalovchining hisob schyotida belgilangan boʻlsa) yoki ushbu schyotlardan foydalanilmagan holda aks ettirilishi mumkin.
103. Materiallarni ishlab chiqarishga yoki boshqa xoʻjalik maqsadlariga haqiqatda sarflanishi (1000) materiallarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Materiallarni chetga sotish (1000) materiallarni hisobga oluvchi schyotlarning krediti va 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotining debetida aks ettiriladi.
Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000)ning analitik hisobi saqlanish joylari va ularning alohida nomlari (turlari, navlari, hajmlari va boshqalar) boʻyicha yuritiladi.
104. Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000)ning bogʻlanishi
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
2-§. Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga oluvchi schyotlar (1500)
105. Aylanma mablagʻlarga taalluqli boʻlgan moddiy qiymatliklarni tayyorlash va sotib olish toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” schyotida amalga oshiriladi.
106. 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” schyotining debetiga moddiy qiymatliklarning hisob bahosi olib boriladi. Bunda u yoki bu qiymatliklar qayerdan kelib tushganligi va sugʻurtalovchida materiallarni tayyorlash va olib kelish xarajatlarining xususiyatiga koʻra 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” va shu kabi boshqa schyotlar bilan bogʻlangan holda yozuvlar amalga oshiriladi.
1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” schyotining kreditiga xarid qilingan qiymatliklarni xarid qilish (tayyorlash)ning haqiqiy tannarxi boʻyicha hisoblangan qiymati, moddiy qiymatliklarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda olib boriladi.
Moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi va hisob bahosi boʻyicha qiymati orasidagi farq summasi 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” schyotidan 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” schyotiga hisobdan chiqariladi.
Oy oxirida 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” schyotidagi qoldiq tayyorlangan va xarid qilingan, shuningdek, yoʻldagi yoki mol yetkazib beruvchilarning omborlaridan (ushbu qiymatliklarni omborga kirim qilinmasdan) olib kelinmagan materiallarning mavjudligini koʻrsatadi.
107. Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga oluvchi schyotlar (1500)ning bogʻlanishi
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
3-§. Materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi schyotlar (1600)
108. Moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi va hisob bahosi orasidagi farq toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” schyotida amalga oshiriladi.
Moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi va hisob baholari orasidagi farq summasi 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” schyotining debeti yoki kreditiga 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” schyotidan hisobdan chiqariladi.
1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” schyotida yigʻilgan moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi va hisob baholari orasidagi farq summalari ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari va boshqa tegishli xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetiga sarflangan materiallarning hisob bahosiga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi.
1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” schyoti boʻyicha analitik hisob moddiy qiymatliklarning guruhlari boʻyicha yuritiladi.
109. Materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi schyotlar (1600)ning bogʻlanishi
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
4-§. Sugʻurta ishini yuritish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (2000)
110. Sugʻurtalovchining asosiy faoliyati boʻyicha xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni jamlash 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotida amalga oshiriladi.
111. 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotining debeti boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar, shuningdek yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari, asosiy faoliyatni boshqarish va unga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan bilvosita xarajatlar aks ettiriladi. Sugʻurtalovchilarning asosiy faoliyati boʻyicha xarajatlarga quyidagilar kiradi:
sugʻurta shartnomalarini tuzish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish bilan band boʻlgan sugʻurtalovchining xodimlari mehnat haqini toʻlash boʻyicha xarajatlar;
sugʻurta ishini tashkil qilish va texnologiyasiga muvofiq, sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan sugʻurtalovchining xarajatlari;
sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish jarayoniga xizmat koʻrsatish boʻyicha sugʻurta tashkilotini materiallar, moslamalar, inventar, xoʻjalik jihozlari va boshqa vositalar bilan taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar;
sugʻurta tovonlarini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar;
qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha zararlar ulushini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar;
sugʻurta hodisasining oqibatlarini bartaraf qilish va toʻlovlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar;
aktuariy, adjaster, syurveyer va assistans xizmatlari haqini toʻlash boʻyicha xarajatlar;
ogohlantirish chora-tadbirlariga ajratmalar;
qayta sugʻurta qilish operatsiyalari boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalarni toʻlash boʻyicha xarajatlar;
sugʻurta vositachilariga komission mukofotlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar va boshqalar.
Xizmatlar koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotiga materiallar, xodimlarga mehnat haqini toʻlash boʻyicha hisob kitoblarni hisobga oluvchi va boshqa schyotlarning krediti boʻyicha oʻtkaziladi.
Asosiy faoliyatni boshqarish va tashkil etish bilan bogʻliq bilvosita xarajatlar 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotiga 2510 “Umumishlabchiqarish xarajatlari” schyotidan oʻtkaziladi.
2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotining krediti boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi aks ettiriladi. Ushbu summalar 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotidan 9130 “Koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi” schyotining debetiga oʻtkaziladi.
Analitik hisob xarajatlar turlari va xizmatlar turlari boʻyicha yuritiladi. Xarajatlarning yuzaga kelish joylari va boshqa belgilari boʻyicha guruhlanishi, shuningdek, kalkulyatsion hisob alohida schyotlar tizimida amalga oshiriladi. Ushbu schyotlarning tarkibi va foydalanish uslubiyatini har bir sugʻurtalovchi oʻzining ishlab chiqarish faoliyati, tuzilishi, boshqarishni tashkil etish xususiyatlariga qarab belgilaydi. Agar xarajatlarning vujudga kelish joyi va boshqa belgilari boʻyicha guruhlanishi hamda kalkulyatsion hisob alohida schyotlar tizimida hisobga olinmasa, 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotining analitik hisobi ham sugʻurtalovchining alohida boʻlinmalari boʻyicha yuritiladi.
112. Asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar (2000)ning bogʻlanishi
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
5-§. Sugʻurta tovonlarini hisobga oluvchi schyotlar (2200)
113. Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta va qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha hisoblangan sugʻurta tovonlari toʻgʻrisidagi axborotni jamlash quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
2210 “Hisobot davrida toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha sodir boʻlgan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari”;
2220 “Muddatidan oldin tugatilgan shartnomalar boʻyicha sugʻurta tovonlari”;
2230 “Qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta tovonlari”
114. 2210 “Hisobot davrida toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta boʻyicha sodir boʻlgan sugʻurta boʻyicha hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonlari” schyotida hisobot davrida sodir boʻlgan hodisalar boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta tovonlari hisobga olinadi.
115. 2220 “Muddatidan oldin tugatilgan shartnomalar boʻyicha sugʻurta tovonlari” schyotida muddatidan oldin tugatilgan toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha hisoblangan sugʻurta tovonlari hisobga olinadi.
116. 2230 “Qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta tovonlari” schyotida 6050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyoti debeti bilan bogʻlangan holda qayta sugʻurta qildiruvchiga toʻlangan sugʻurta tovonlari summalari aks ettiriladi.
117. Sugʻurta tovonini hisoblashda 2210—2220 schyotlari 6030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyoti bilan bogʻlangan holda debetlanadi.
118. Hisobot davrining oxirida 2210—2230 schyotlarning debet tomonidagi qoldigʻi 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotining debetiga oʻtkaziladi.
119. Sugʻurta tovonlari hisobga oluvchi schyotlar (2200)ning bogʻlanishi
6-§. Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar (2300)
120. Sugʻurtalovchining asosiy faoliyatiga yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi hisoblangan ishlab chiqarish xarajatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyotida amalga oshiriladi.
121. Ushbu schyot quyidagilarni taʼminlaydigan, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish uchun qoʻllaniladi:
a) energiyaning turli xillari (elektr energiyasi, bugʻ va boshqalar) bilan xizmat koʻrsatish;
b) transport xizmatini koʻrsatish;
v) asosiy vositalarni taʼmirlash;
g) sugʻurta sohasida mutaxassislarning malakasini oshirish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish va boshqalar.
Bundan tashqari ushbu schyotlarda sugʻurtalovchi balansida turuvchi ilmiy tekshirish va tajriba konstruktorlik boʻlinmalarining xarajatlari aks ettirilishi mumkin.
122. 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyotining debeti boʻyicha xizmat koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan toʻgʻri xarajatlar, shuningdek, yordamchi ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan egri xarajatlar va yaroqsiz mahsulot hisobiga yoʻqotishlar aks ettiriladi.
Mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq toʻgʻri xarajatlar 2310 “Asosiy ishlab chiqarish” schyotiga, ishlab chiqarish zaxiralari, mehnat haqi toʻlash boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar, asosiy vositalarga eskirish va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditidan hisobdan chiqariladi.
Yordamchi ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan egri xarajatlar 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyotiga 2510 “Umumishlabchiqarish xarajatlari” schyotidan hisobdan chiqariladi. Yordamchi ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar ayrim hollarda bevosita 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyotida hisobga olinishi mumkin.
2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyotining kreditida tugallangan mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat koʻrsatish haqiqiy tannarxining summalari aks ettiriladi. Ushbu summalar 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyotining kreditidan 2510 “Umumishlabchiqarish xarajatlari”, 9130 “Koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi”, 9420 “Maʼmuriy xarajatlar” schyotlariga va boshqa schyotlar bilan bogʻlangan holda hisobdan chiqariladi.
2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyoti boʻyicha analitik hisob xarajat elementlari va moddalari boʻyicha va mahsulot turlari boʻyicha yuritiladi.
123. Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar (2300)ning bogʻlanishi
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
7-§. Qayta sugʻurta qilishga oid ragʻbatlantirishlar boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2400)
124. Qayta sugʻurta qilishga oid ragʻbatlantirishlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 2410 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission va brokerlik ragʻbatlantirishlar, tentyemalar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar” schyotida amalga oshiriladi.
125. 2410 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission va brokerlik ragʻbatlantirishlar, tentyemalar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar” schyoti debeti boʻyicha 6080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyoti bilan bogʻlangan holda qayta sugʻurta qilish operatsiyalari boʻyicha hisoblangan komission va brokerlik ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar aks ettiriladi. Hisobot davrining oxirida ragʻbatlantirishlarning summasi 2410 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission va brokerlik ragʻbatlantirishlar, tentyemalar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar” schyotning krediti boʻyicha 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” debetiga oʻtkaziladi.
126. Qayta sugʻurta qilishga oid ragʻbatlantirishlar boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (2400)ning bogʻlanishi
8-§. Umumishlabchiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (2500)
127. Sugʻurtalovchining umumishlabchiqarish xarajatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 2510 “Umumishlabchiqarish xarajatlari” schyotida amalga oshiriladi.
128. Ushbu schyotda umumishlabchiqarish xarakteriga ega boʻlgan xarajatlar aks ettiriladi, jumladan:
a) mashina va uskunalarni saqlash va ulardan foydalanish boʻyicha;
b) ishlab chiqarishga taalluqli boʻlgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiya ajratmalari boʻyicha;
v) ishlab chiqarishga taalluqli boʻlgan asosiy vositalarni taʼmirlash xarajatlari;
g) ishlab chiqarishdagi mol-mulkning sugʻurta xarajatlari;
d) ishlab chiqarish binolarini isitish, yoritish va saqlash xarajatlari;
e) ishlab chiqarishda foydalaniladigan ishlab chiqarish binolari, mashina va uskunalar, boshqa ijaraga olingan vositalar uchun ijara toʻlovlari;
j) ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatishda band boʻlgan ishlab chiqarish xodimlarining mehnat haqi;
z) ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan boshqa xarajatlar.
129. Umumishlabchiqarish xarajatlari umumishlabchiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarning debetida ishlab chiqarish zaxiralari, xodimlar bilan mehnat haqi boʻyicha hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Umumishlabchiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarda hisobga olingan xarajatlar 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari”, 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyotlarining debetiga hisobdan chiqariladi.
Umumishlabchiqarish xarajatlarini alohida hisob obyektlari orasida taqsimlash tartibi sugʻurtalovchining hisob siyosati orqali aniqlanadi.
Umumishlabchiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (2500) boʻyicha analitik hisob sugʻurtalovchining alohida boʻlinmalari va xarajatlar moddalari boʻyicha yuritiladi.
130. Umumishlabchiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (2500)ning bogʻlanishi
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
9-§. Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarni hisobga oluvchi schyotlar (2700)
131. Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlar bilan bogʻliq xarajatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” schyotida amalga oshiriladi.
Sugʻurtalovchining xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklari sifatida sugʻurtalovchining maqsadi boʻlgan faoliyat bilan bogʻliq boʻlmagan ishlab chiqarish va xoʻjaliklar tushuniladi. Jumladan, ushbu schyotda sugʻurtalovchining balansida boʻlgan sogʻliqni saqlash obyektlari, bolalar bogʻchalari, uy-joy-kommunal xoʻjaligi obyektlari, sport va madaniyat, tikuvchilik va boshqa maishiy xizmat koʻrsatish ustaxonalari, oshxona va bufetlar, ishchi hayvonlarni saqlovchi xoʻjaliklarini saqlash xarajatlari aks ettiriladi.
132. 2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” schyotining debetida xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar aks ettiriladi. Xarajatlar 2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” schyotning debetiga tovar-moddiy zaxiralari, mehnat haqi toʻlash boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditidan hisobdan chiqariladi.
2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” schyotining kreditida xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi aks ettiriladi. Ushbu summalar 2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” schyotining debeti boʻyicha tovar moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi schyotlar va boshqa schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” schyoti boʻyicha oy oxiridagi qoldiq tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatini koʻrsatadi.
2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” schyotlari boʻyicha analitik hisob har bir xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik va xarajat elementlari, moddalari boʻyicha va mahsulot turlari boʻyicha yuritiladi.
133. Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarni hisobga oluvchi schyotlar (2700)ning bogʻlanishi
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
III kichik boʻlim. Kelgusi davr xarajatlari va kechiktirilgan xarajatlar — joriy qismi
1-§. Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (3100)
134. Ushbu hisobot davrida amalga oshirilgan, ammo joriy qismi boʻyicha kelgusi hisobot davrlariga taalluqli boʻlgan xarajatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
3110 “Oldindan toʻlangan ijara haqi”;
3120 “Oldindan toʻlangan xizmatlar haqi”;
3190 “Boshqa kelgusi davr xarajatlari”.
135. Bu schyotlarda quyidagilar bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar aks ettirilishi mumkin:
a) matbuotning davriy nashrlariga yillik obunaning jami summasini oldindan toʻlash;
b) mulkning yillik sugʻurtasini toʻlash;
v) kelgusi davrlar uchun ijara toʻlov badallari va kelgusida tannarxga kiritilishi mumkin boʻlgan boshqa xarajatlar.
136. Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (3100)da hisobga olingan xarajatlar, xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetiga hisobdan chiqariladi. Kelgusi davr xarajatlarini joriy xarajatlarga hisobdan chiqarish oʻrnatilgan muddat davomida yoki ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi yoki miqdoriga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
137. 3110 “Oldindan toʻlangan ijara haqi” schyotida ushbu hisobot davrida toʻlangan, ammo kelgusi hisobot davriga tegishli ijara haqi hisobga olinadi, masalan, sugʻurtalovchi yil boshida bir yil uchun oldindan ijara haqini toʻladi.
138. 3120 “Oldindan toʻlangan xizmatlar haqi” schyotida ushbu hisobot davrida oldindan haqi toʻlangan, ammo kelgusi hisobot davrlariga taalluqli boʻlgan xizmatlar hisobga olinadi. Ushbu schyotda obuna boʻyicha xarajatlar va boshqalarni aks ettirish mumkin.
139. 3190 “Boshqa kelgusi davr xarajatlari” schyotida 3110 “Oldindan toʻlangan ijara haqi” va 3120 “Oldindan toʻlangan xizmat haqi” schyotlarida hisobga olinmagan boshqa oldindan toʻlangan xarajatlar hisobga olinadi.
Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (3100) boʻyicha analitik hisob schyotlar, xarajat moddalari va obyektlari (yoʻnalishlari) boʻyicha yuritiladi.
140. Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (3100)ning bogʻlanishi
2-§. Kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (3200)
141. Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi va kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi boʻyicha axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi”;
3220 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar”;
3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar”.
142. 3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” schyotida vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻining joriy qismi hisobga olinadi.
Vaqtinchalik farqlarga tegishli soliqlarning hisoblanishi umumiy summada 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” schyotining kreditida va joriy qismi 3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” schyotining debetida aks ettiriladi.
Kechiktirilgan soliqlarning tegishli qismini uzoq muddatli qismdan joriy qismga oʻtkazish 3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” schyotining debeti va 0950 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Soliqni kechiktirilgan xarajatlarning tegishli summasiga kamaytirish yuz beradigan davri kelganda soliq summasi 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” schyotining debetida va 3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” schyotining kreditida aks ettiriladi. Shunday qilib, 3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” schyotining debetidagi qoldiq joriy hisobot davrida budjetga toʻlanadigan umumiy soliq summasini kamaytirilishi lozim boʻlgan soliq summasining joriy qismini koʻrsatadi.
143. 3220 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar” schyoti qoplanish muddati davomida xarajatlarga taqsimlanib boriladigan obligatsiya diskont (chegirma)lar boʻyicha sugʻurtalovchining uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlarining joriy qismini aks ettiradi. Ushbu schyot faqat obligatsiyalarni sotuvchi (emitent)lar tomonidan qoʻllaniladi. Obligatsiyalarni chegirma bilan sotish 3220 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar” yoki 0950 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyotlari diskont (chegirma)lar summasi va olingan summaga pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar debetida va 6830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” yoki 7830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Obligatsiyalar boʻyicha joriy diskont (chegirma)lar hisoblanganda 9610 “Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar” schyoti debetlanadi va 3220 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar” schyoti kreditlanadi.
144. Boshqa kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismiga, uzoq muddatli qismi 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyotida hisobga olinadigan va kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarda (3100) hisobga olish nazarda tutilmagan xarajatlar kiradi.
3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyotining debetida boshqa kechiktirilgan xarajatlar 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schyoti bilan bogʻlangan holda hisobga olinadi. Bu xarajatlarni joriy xarajatlarga oʻtkazish davrining vaqti kelganida ular 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyotining kreditidan ushbu xarajatlarni hisobga oluvchi tegishli schyotlarning debetiga oʻtkaziladi.
3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi”, 3220 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar”, 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schyotlari boʻyicha analitik hisob kechiktirilgan xarajatlarning har bir turi, har bir davri va hisobdan chiqarish muddatlari boʻyicha yuritiladi.
145. Kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (3200)ning bogʻlanishi
IV kichik boʻlim. Olinadigan schyotlar — joriy qismi
146. Ushbu kichik boʻlimning schyotlari quyidagilar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan:
a) xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar;
b) olingan veksellar;
v) sugʻurta qildiruvchilar, sugʻurta agentlari, brokerlaridan olinadigan schyotlar;
g) qayta sugʻurta qilishga berilgan va olingan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar;
d) sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo mukofotlari va zararlari;
e) hayot sugʻurta boʻyicha ssudalar;
j) alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar;
z) turli yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan boʻnaklar;
i) xodimlar, taʼsischilar va turli debitorlarning qarzlari.
147. Chet el valyutasida olinadigan schyotlar ushbu boʻlimning schyotlarida soʻmda chet el valyutasini pulli hisob-kitob hujjatlaridan koʻchirma olingan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha qayta hisoblash yoʻli bilan hisobga olinadi. Debitorlik qarzlarini har oyda hisobot oyining oxirgi sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha qayta baholash natijasidagi kurs farqlari (kurs farqi ijobiy boʻlganda) 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” yoki (kurs farqi salbiy boʻlganda) 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotiga olib boriladi.
148. Ushbu kichik boʻlimda quyidagi schyotlarda hisobga olish tartibi yoritiladi:
4000 — Olinadigan schyotlar;
4100 — Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar;
4200 — Xodimlarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar;
4300 — Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar;
4400 — Budjetga boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar;
4500 — Maqsadli davlat jamgʻarmalariga va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar;
4600 — Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar;
4700 — Xodimlarning boshqa operatsiyalar boʻyicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar;
4800 — Turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar;
4900 — Ishonchsiz qarzlar boʻyicha rezervni hisobga oluvchi schyotlar.
1-§. Olinadigan schyotlar (4000)
149. Xaridorlar va buyurtmachilar bilan shu jumladan, sugʻurta qildiruvchilar, sugʻurta agentlari va brokerlari, qayta sugʻurtalovchilar, qayta sugʻurta qildiruvchilar va boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan koʻrsatilgan xizmatlar uchun debitorlik qarzlari boʻyicha hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”;
4020 “Olingan veksellar”;
4030 “Sugʻurta qildiruvchilardan olinadigan schyotlar”;
4040 “Sugʻurta agentlari va brokerlaridan olinadigan schyotlar”;
4050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar”;
4051 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha olinadigan schyotlar”;
4060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar”;
4070 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha berilgan ssudalar boʻyicha olinadigan schyotlar”;
4080 “Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo zarari”;
4090 “Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo mukofotlari”.
150. 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyotida sotilgan mahsulot (tovar)lar, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun xaridorlar va buyurtmachilarga taqdim etilgan hisob-kitob hujjatlari boʻyicha debitorlik qarzlari hisobga olinadi. Shuningdek, ushbu schyotda sugʻurtalovchining oʻzi tomonidan sugʻurta vositachisi, syurveyer va adjaster xizmatlarining koʻrsatilishi boʻyicha debitorlik qarzdorliklar hisobga olinadi.
151. 4020 “Olingan veksellar” schyotida olingan veksellar bilan taʼminlangan xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar boʻyicha debitorlik qarzi hisobga olinadi.
Muddatida toʻlanmagan veksellar boʻyicha daʼvo bildirilganda, veksellar qiymati 4020 “Olingan veksellar” schyotining kreditidan 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
152. 4030 “Sugʻurta qildiruvchilardan olinadigan schyotlar” schyotida sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta qildiruvchilarning debitorlik qarzlari summasi aks ettiriladi. Debitor qarzdorlik vujudga kelganda ushbu schyot 6280 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyoti bilan bogʻlangan holda debetlanadi. Haqiqatda toʻlanishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti va 4030 “Sugʻurta qildiruvchilardan olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
153. 4040 “Sugʻurta agentlari va brokerlaridan olinadigan schyotlar” schyotida sugʻurta qildiruvchilar tomonidan sugʻurta agentlariga yoki brokerlariga toʻlangan, sugʻurtalovchiga kelib tushishi lozim boʻlgan sugʻurta mukofotlarining summalari aks ettiriladi. Sugʻurta agenti yoki brokeridan sugʻurta mukofotining kelib tushganligi toʻgʻrisida xabar kelganda 4040 “Sugʻurta agentlari va brokerlaridan olinadigan schyotlar” schyotining debeti 6280 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda hisoblangan mukofot summasi aks ettiriladi. Sugʻurta mukofotlarining haqiqatda sugʻurta agenti yoki brokeri tomonidan toʻlanishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti 4040 “Sugʻurta agentlari va brokerlaridan olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Agar agentlik kelishuvida qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda, sugʻurta agentlari yoki brokerlariga komission mukofotlarning ushlab qolinishi nazarda tutilgan boʻlsa, ushlab qolingan komission mukofotlar summasiga, 6040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti 4040 “Sugʻurta agentlari va brokerlaridan olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
154. 4050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotida qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlarining summalari aks ettiriladi. Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofoti hisoblanganda, mukofot summasi 4050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debeti 6270 “Qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, aks ettiriladi. Bundan soʻng haqiqatda olingan sugʻurta mukofoti summasi, pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti 4050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
155. 4051 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotida qayta sugʻurta qilish boʻyicha hisoblangan komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar summalari aks ettiriladi. Hisoblangan komission ragʻbatlantirishlar summasiga, 4051 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debeti 9080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tanyemalar va yigʻimlar boʻyicha daromadlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Haqiqatda olingan komission ragʻbatlantirishlar summasi, pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti 4051 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, aks ettiriladi. Agar qayta sugʻurta qilish shartnomasida qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission va brokerlik ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlarning ushlab qolinishi nazarda tutilgan boʻlsa, ushlab qolingan komission ragʻbatlantirishlar summasiga, 6080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti 4051 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
156. 4060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotida qayta sugʻurta qilish boʻyicha hisoblangan summalar aks ettiriladi. Qayta sugʻurtalovchidan olinadigan hisoblangan sugʻurta tovonining summasiga, 4060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debeti 9070 “Qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha zararlar ulushining qoplanishi boʻyicha daromadlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Tovonning toʻlanishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti 4060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Agar qayta sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq qayta sugʻurtalovchining qarzi depo mukofotlar hisobiga qoplansa, depo mukofotlar summasiga, 6070 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar” debeti 4060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
157. 4070 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha berilgan ssudalar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotida hayot sugʻurtasi turlari boʻyicha sugʻurta polisini taʼminotga olgan holda sugʻurta qildiruvchilarga berilgan ssudalar aks ettiriladi. Sudda berilgan vaqtda ssuda summasi, 4070 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha berilgan ssudalar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debeti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda, aks ettiriladi. Ssuda qoplanmagan holatda va sugʻurta qildiruvchining qarzi sugʻurta tovoni summasidan ushlab qolinganda 6030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti 4070 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha berilgan ssudalar boʻyicha olinadigan schyotlar” krediti bilan bogʻlangan holda yozuv amalga oshiriladi. Sugʻurta qildiruvchi tomonidan qarzning qoplanishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti 4070 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha berilgan ssudalar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda yozuvni amalga oshirish orqali rasmiylashtiriladi.
158. 4080 “Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo zarari” schyotida qayta sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq qayta sugʻurta qildiruvchi tomonidan qayta sugʻurta qilish berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha unga hisoblangan, qayta sugʻurtalovchi tomonidan vaqtincha ushlab turilgan sugʻurta tovonlarining summasi aks ettiriladi. Ushbu schyot qayta sugʻurta qilish shartnomasida qayta sugʻurta qildiruvchi boʻlgan sugʻurtalovchi tomondan foydalaniladi. Depo sugʻurta tovoni 4060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti 4080 “Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo zarari” schyotining debeti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Qayta sugʻurta qilish shartnomasida koʻrsatilgan muddatning tugashi bilan (qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta tovonlarini olish muddati kelganda) 4080 “Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo zarari” schyotining krediti 4060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debeti bilan bogʻlangan holda teskari provodka beriladi.
159. 4090 “Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo mukofotlari” schyotida qayta sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq qayta sugʻurta qildiruvchi tomonidan qayta sugʻurta qilish qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha unga hisoblangan, qayta sugʻurta qildiruvchi tomonidan vaqtincha ushlab turilgan sugʻurta mukofotlarining summasi aks ettiriladi. Ushbu schyot qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha qayta sugʻurtalovchi boʻlgan sugʻurtalovchi tomonidan foydalaniladi. Agar qayta sugʻurta qilish shartnomasida sugʻurta mukofotlarini qayta sugʻurta qilishga berilayotgan tavakkalchiliklarning jami boʻyicha sugʻurta mukofotlarini maʼlum davr oraligʻida oʻtkazish nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu davr tugagunga qadar qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha hisoblangan sugʻurta mukofoti komission ragʻbatlantirishlar chegirilgan holatda deponentlangan (depo mukofot) hisoblanadi. Depo mukofotlar 4050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti 4090 “Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo mukofotlari” schyotining debeti bilan bogʻlangan holda hisobga olinadi. Qayta sugʻurta qilish shartnomasida koʻrsatilgan muddatning tugashi bilan (qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta mukofotlarini olish muddati kelganda) 4090 “Sugʻurtalovchining boshqa sugʻurtalovchilardagi depo mukofotlari” schyotining krediti 4050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debeti bilan bogʻlangan holda teskari provodka beriladi.
160. 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”, 4020 “Olingan veksellar” schyotlari asosiy (operatsion) faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9000), asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar (9200) va asosiy faoliyatning boshqa daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar (9300) bilan bogʻlangan holda xaridor (buyurtmachi)larga taqdim etilgan hisob-kitob hujjatlaridagi summaga debetlanadi.
4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”, 4020 “Olingan veksellar” schyotlari pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan kelib tushgan toʻlovlar summasiga, olingan boʻnaklarni hisobga olish va boshqalar bilan bogʻlangan holda kreditlanadi.
161. Olinadigan schyotlar boʻyicha analitik hisob har bir xaridor (buyurtmachi), sugʻurta qildiruvchi, sugʻurta vositachisi, qayta sugʻurtalovchi va sugʻurta qildiruvchi boʻyicha yuritiladi.
162. Olinadigan schyotlar (4000)ning bogʻlanishi.
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
2-§. Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlarni hisobga oluvchi schyotlar (4100)
163. Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari bilan koʻrsatilgan xizmatlar uchun debitorlik qarzlari boʻyicha hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
4110 “Alohida boʻlinmalardan olinadigan schyotlar”;
4120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar”.
164. 4110 “Alohida boʻlinmalardan olinadigan schyotlar” schyotida sugʻurtalovchining umumiy balansiga (ichki xoʻjalik yoki ichki balans hisob-kitoblar) qoʻshiladigan alohida boʻlinmalar (filiallar, vakolatxonalar)ning debitorlik qarzlari hisobga olinadi. Bu schyotda ajratilgan mulklar, moddiy qiymatliklarni oʻzaro hamkorlikda chiqarish, boʻlinmalarning xodimlariga ish haqi toʻlash va boshqa joriy operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun asosiy hujjatlar boʻlib, taʼsis shartnoma, chora-tadbirlar shartnomasi, taʼsischilarning ushbu boʻlinmalarni tashkil qilish toʻgʻrisidagi qarori, taʼsischilarning mulkni berish toʻgʻrisidagi qarori va boshqalar hisoblanadi.
Koʻrsatilgan boʻlinmalarga ajratilgan mulk sugʻurtalovchi tomonidan asosiy vositalar (0100), nomoddiy aktivlar (0400), oʻrnatiladigan asbob-uskunalar (0700), materiallar (1000) va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlardan 4110 “Alohida boʻlinmalardan olinadigan schyotlar” schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
165. 4120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar” schyotida shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarining (balanslararo yoki xoʻjalik ichidagi hisob-kitoblar) debitorlik qarzlari hisobga olinadi. Ushbu schyotda tovar, mahsulot, ish, xizmatlarni sotish va boshqa joriy operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
4110 “Alohida boʻlinmalardan olinadigan schyotlar” va 4120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlardan olinadigan schyotlar” schyotlari boʻyicha analitik hisob har bir alohida boʻlinma, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari boʻyicha yuritiladi.
166. Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlarni hisobga oluvchi schyotlar (4100)ning bogʻlanishi
(paragraf Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
3-§. Xodimlarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (4200)
167. Sugʻurtalovchi xodimlariga mehnat haqi boʻyicha, operatsion va maʼmuriy-xoʻjalik xarajatlari uchun hisobdorlik asosida, shuningdek, xizmat safarlari uchun berilgan boʻnaklar boʻyicha hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
4210 “Mehnat haqi boʻyicha berilgan boʻnaklar”;
4220 “Xizmat safarlariga berilgan boʻnaklar”;
4230 “Umumxoʻjalik xarajatlari uchun berilgan boʻnaklar”;
4290 “Xodimlarga berilgan boshqa boʻnaklar”.
168. Hisobdorlikka berilgan summaga, xodimlarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (4200) pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan, jumladan 5010 “Milliy valyutadagi pul mablagʻlari”, 5020 “Chet el valyutasidagi pul mablagʻlari” schyotlari bilan bogʻlangan holda debetlanadi. Xodimlarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (4200) xarajatlar va sotib olingan qiymatliklar hisobga olinadigan schyotlar bilan, yoki amalga oshirilgan xarajatlarning turiga qarab boshqa schyotlar bilan bogʻlangan holda kreditlanadi.
Toʻliq ishlatilmagan boʻnaklar (masalan, xizmat safarlari uchun) sugʻurtalovchi kassasiga qaytarilishi hamda xodimlarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (4200)ning kreditida va 5010 “Milliy valyutadagi pul mablagʻlari”, 5020 “Chet el valyutasidagi pul mablagʻlari” schyotlarining debetida aks ettirilishi lozim.
169. 4210 “Mehnat haqi boʻyicha berilgan boʻnaklar” schyotida sugʻurtalovchi xodimlariga mehnat haqi boʻyicha berilgan boʻnaklarning barcha turlari yuzasidan hisob-kitoblar hisobga olinadi. Boʻnaklarning kelgusidagi mehnat haqi hisobiga berilishi xodimlarning sababi koʻrsatilgan arizasiga asosan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ushbu schyotda quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan aks ettiriladigan, yaʼni 6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlar” schyotining debeti va 4210 “Mehnat haqi boʻyicha berilgan boʻnaklar” schyotining kreditida mehnat haqi boʻyicha har oylik boʻnaklar hisobga olinadi.
170. 4220 “Xizmat safarlariga berilgan boʻnaklar” schyotida sugʻurtalovchi xodimlariga xizmat safarlari uchun berilgan boʻnaklar hisobga olinadi. Xorijga xizmat safariga yuborilayotgan xodimga Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2730, 2015-yil 19-noyabr) muvofiq chet el valyutasida boʻnak beriladi. Ushbu valyutadagi boʻnak berilgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi boʻyicha soʻmga aylantiriladi va soʻmda hisobga olinadi. Xizmat safarlari uchun berilgan va sarflangan chet el valyutasining hisobi alohida yuritiladi.
Xizmat safarlari uchun boʻnaklar xizmat safari toʻgʻrisidagi buyruq, chiptalar qiymati, kunlik yashash xarajatlari va boshqalar koʻrsatilgan holda boʻnak summasini hisoblash asosida beriladi.
171. 4230 “Umumxoʻjalik xarajatlari uchun berilgan boʻnaklar” schyotida umumxoʻjalik ehtiyojlari uchun turli xildagi kichik inventar va jihozlarni naqd pulga sotib olish uchun berilgan boʻnaklar aks ettiriladi. Tovar-moddiy qiymatliklarni baholash va kirim qilish tegishli tasdiqlovchi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi.
172. 4290 “Xodimga berilgan boshqa boʻnaklar” schyotida 4210 — 4230 schyotlarida aks ettirilmagan sugʻurtalovchi xodimlariga berilgan boshqa boʻnaklar hisobga olinadi.
Xodimlarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (4200) boʻyicha analitik hisob har bir berilgan boʻnak boʻyicha yuritiladi.
173. Xodimlarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (4200)ning bogʻlanishi
4-§. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (4300)
174. Tovar-moddiy zaxiralari va boshqa aktivlarni yetkazib berish shuningdek, ish bajarish va xizmat koʻrsatish uchun berilgan boʻnaklar boʻyicha hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
4310 “TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar”;
4320 “Uzoq muddatli aktivlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar”;
4330 “Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun berilgan boʻnaklar”;
4340 “Boshqa berilgan boʻnaklar”.
175. Berilgan boʻnaklar summasi, shuningdek, qisman tayyor holdagi tovarlar, ish va xizmatlar uchun toʻlangan summalar 4310 “TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar”, 4320 “Uzoq muddatli aktivlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar”, 4330 “Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun berilgan boʻnaklar”, 4340 “Boshqa berilgan boʻnaklar” schyotlarining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga boʻnaklar mol yetkazib beruvchilar va sugʻurtalovchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma yoki kontrakt asosida beriladi. Ayrim hollarda, qisman bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi dalolatnoma boʻlishi mumkin. Bunda toʻlov topshiriqnomalarida qisman toʻlov miqdori yoki oldindan toʻlov foizi koʻrsatiladi.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (4300) boʻyicha analitik hisob har bir debitor boʻyicha yuritiladi.
176. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (4300)ning bogʻlanishi
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
5-§. Budjetga boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4400)
177. Sugʻurtalovchi tomonidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlangan boʻnaklar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 4410 “Budjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha)” schyotida amalga oshiriladi.
178. 4410 “Budjetga soliqlar va boshqa yigʻimlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha)” schyotida boʻnak sifatida toʻlangan soliq summalari, shu jumladan xarid qilingan tovar-material zaxiralari boʻyicha hisob-kitob hujjatlarida koʻrsatilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobga olinadi. Soliqlar summasini hisobdan chiqarish 4410 “Budjetga soliqlar va boshqa yigʻimlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha)” schyotining kreditida 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Budjetga boʻnak toʻlovlari oʻtkazilganda budjetga boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4400)ning debeti va pul mablagʻlarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditida yozuvlar amalga oshiriladi. Budjetga toʻlovlar boʻyicha yakuniy hisob-kitoblar 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” schyotining debeti va budjetga boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4400)ning krediti boʻyicha yozuvlar amalga oshiriladi.
179. Budjetga boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4400)ning bogʻlanishi
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
6-§. Maqsadli davlat jamgʻarmalariga va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4500)
180. Sugʻurtalovchi tomonidan maqsadli davlat jamgʻarmalari va sugʻurtalar boʻyicha majburiy toʻlovlari boʻyicha toʻlangan boʻnaklar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
4510 “Sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlari”;
4520 “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga boʻnak toʻlovlari”.
181. 4510 “Sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlari” schyotida sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurtalar boʻyicha toʻlangan boʻnak toʻlovlari hisobga olinadi.
182. 4520 “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga boʻnak toʻlovlari” schyotida sugʻurtalovchi tomonidan budjetdan tashqari Pensiya, Yoʻl va boshqa maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlangan boʻnak toʻlovlari hisobga olinadi.
Boʻnak toʻlovlarini oʻtkazishda maqsadli davlat jamgʻarmalari va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4500)ning debeti, pul mablagʻlarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditida yozuvlar amalga oshiriladi. Majburiy toʻlovlar boʻyicha yakuniy hisob-kitoblarda 6510 “Sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlari”, 6520 “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga boʻnak toʻlovlar” schyotlarining debeti va maqsadli davlat jamgʻarmalari va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4500)ning kreditida yozuvlar amalga oshiriladi.
183. Maqsadli davlat jamgʻarmalari va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4500)ning bogʻlanishi
7-§. Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar (4600)
184. Sugʻurtalovchi taʼsischilari (aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlari, oʻrtoqlik jamiyatlarining ishtirokchilari va sh. k.)ning sugʻurtalovchi ustav kapitaliga ulushlar boʻyicha qarzlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotida amalga oshiriladi.
185. Sugʻurtalovchini tashkil qilishda taʼsischilar yoki aksiyaga obuna boʻlgan shaxslarning qarz summasi 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotining debeti ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar (8300) bilan bogʻlangan holda hisobga olinadi.
Taʼsischilarning ulush summalari pul mablagʻlari koʻrinishida haqiqatda kelib tushganda 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda yozuv amalga oshiriladi. Moddiy va boshqa qiymatliklar (pul mablagʻlaridan tashqari) koʻrinishidagi ulushlar 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyotining kreditida asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, materiallar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi.
Sugʻurtalovchiga mulk sifatida aksiyalarga toʻlov uchun natura shaklida berilgan mol-mulk taʼsischilar kelishuvi asosida aniqlangan bahoda kirim qilinadi.
4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” schyoti boʻyicha analitik hisob (koʻrsatuvchiga aksiyalaridan tashqari) har bir taʼsischi boʻyicha alohida yuritiladi.
186. Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar (4600)ning bogʻlanishi
8-§. Xodimlarning boshqa operatsiyalar boʻyicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar (4700)
187. Sugʻurtalovchi xodimlari bilan mehnat haqi boʻyicha, hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblardan tashqari barcha turdagi hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
4710 “Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha xodimlarning qarzi”;
4720 “Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi”;
4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi”;
4790 “Xodimlarning boshqa qarzlari”.
188. 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha xodimlarning qarzi” schyotida sugʻurtalovchi xodimlariga kreditga berilgan tovarlar boʻyicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Kreditga tovar sotib olgan shaxslar ishlaydigan sugʻurtalovchilar tovarlar qiymati summasini savdo tashkilotlariga bank krediti hisobiga qoplashi mumkin. Bank tomonidan tegishli hisob-kitob hujjatlari toʻlanganda 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha xodimlarning qarzi” schyoti 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” va 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari” schyotlari bilan bogʻlangan holda debetlanadi. Sugʻurtalovchi xodimlaridan navbatdagi toʻlovlarning ushlab qolishda 6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishilar” schyoti 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha xodimlarning qarzi” schyoti bilan bogʻlangan holda debetlanadi, soʻng esa ushlab qolingan summa bank kreditini toʻlash uchun 5110 “Hisob-kitob schyoti” schyotining kreditidan 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” va 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyotlarining debetiga oʻtkaziladi.
Oʻzining xodimlari tomonidan kreditga sotib olgan tovarlar boʻyicha qarzlarini qoplashda bank kreditlaridan foydalanmaydigan sugʻurtalovchilar, ushbu xodimlar bergan topshiriq-majburiyatlariga asosan ularning mehnat haqi summasidan navbatdagi toʻlovlarni ushlab qolinganda 6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlar” schyoti turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) bilan bogʻlangan holda (savdo korxonalarining litsevoy schyotlari boʻyicha) debetlanadi. Ushlab qolingan summaning savdo korxonalariga oʻtkazish berilishiga qarab, turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda debetlanadi.
189. 4720 “Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi” schyotida sugʻurtalovchi xodimlariga berilgan qarzlar boʻyicha hisob-kitoblar aks ettiriladi (masalan, yakka tartibda uy-joy qurishga va boshqalarga).
4720 “Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi” schyotining debetida xodimlarga berilgan qarz summasi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Agar mablagʻlar sugʻurtalovchiga berilgan kredit hisobidan bevosita bank tomonidan (bu mablagʻlarni oldindan sugʻurtalovchining hisob-kitob schyotiga oʻtkazmasdan) xodimlarga berilsa, bunda 4720 “Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi” schyotining debetida 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” va 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari” schyotlari bilan bogʻlangan holda yozuvlar amalga oshiriladi.
Qarzdor xodimlardan kelib tushgan toʻlovlar summasiga 4720 “Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi” schyoti (qabul qilingan toʻlovlar tartibidan kelib chiqqan holda) 5010 “Milliy valyutadagi pul mablagʻlari”, 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlar” schyotlari bilan bogʻlangan holda kreditlanadi.
Bank kreditlarini qoplash 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari”, 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyotlarining debetida va bankka tegishli boʻlgan summa oʻtkazilgan pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
190. 4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” schyotida sugʻurtalovchi xodimi tomonidan pul mablagʻlari va tovar-moddiy qiymatliklarning kamomadi va talon-toroj qilinishi, yaroqsizlik natijasida yetkazgan moddiy zararni qoplash boʻyicha hisob-kitoblar, shuningdek, boshqa turdagi zararlarni qoplash boʻyicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” schyotining debetida aybdor shaxslardan undirib olinadigan summalar tovar-moddiy zaxiralar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” schyotining kreditida, toʻlangan toʻlovlar summasiga pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar va moddiy zararni qoplash uchun mehnat haqidan ushlab qolinadigan summaga 6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlar” schyoti bilan bogʻlangan holda yozuvlar amalga oshiriladi.
191. 4790 “Xodimlarning boshqa qarzlari” schyotida 4710 — 4730 schyotlarida aks ettirilmagan sugʻurtalovchi xodimlari bilan hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Boshqa operatsiyalar boʻyicha xodimlarning qarzini hisobga oluvchi schyotlar (4700) boʻyicha analitik hisob sugʻurtalovchining har bir xodimi boʻyicha yuritiladi.
192. Xodimlarning boshqa operatsiyalar boʻyicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar (4700)ning bogʻlanishi
9-§. Turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar (4800)
193. Yuqorida tushuntirish berilgan olinadigan schyotlarda koʻrsatilmagan turli operatsiyalar, jumladan, olinadigan foizlar, dividendlar, royalti, moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar, daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar va boshqalar boʻyicha debitorlar bilan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
4810 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar”;
4820 “Operativ ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar”;
4830 “Olinadigan foizlar”;
4840 “Olinadigan dividendlar”;
4850 “Olinadigan royalti”;
4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar”;
4890 “Boshqa debitorlar qarzlari”.
194. 4810 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” schyotida shartnomaga muvofiq moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan ijara toʻlovlarining joriy qismi hisobga olinadi. Ijara toʻlovlari joriy qismining kelib tushishi 4810 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” schyotining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
195. 4820 “Operativ ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyotida shartnomaga muvofiq ijara boʻyicha olinadigan ijara toʻlovlari hisobga olinadi. Ijara toʻlovlari hisoblanganda 4820 “Operativ ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyoti 9350 “Operativ ijaradan daromadlar” schyoti bilan bogʻlangan holda debetlanadi. Ijara toʻlovlarining kelib tushishi 4820 “Operativ ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” schyotining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
196. 4830 “Olinadigan foizlar” schyotida foizlarni hisoblash va ularning olinishi hisobga olinadi. Muddati oʻtgan foizlar alohida hisobga olinadi va ular boʻyicha shartnomaga muvofiq penya hisoblanadi. Ushbu schyotda, shuningdek, sugʻurta polisi kafolati ostida berilgan ssudlar boʻyicha hisoblangan foizlar ham hisobga olinadi. Ssudalar boʻyicha foizlarning hisoblanishi 4830 “Olinadigan foizlar” schyotining debeti 9530 “Foizlar koʻrinishidagi daromadlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuvni amalga oshirish orqali rasmiylashtiriladi. Ssudalar boʻyicha hisoblangan foizlarni sugʻurta tovoni hisobidan ushlab qolishda 6030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti 4830 “Olinadigan foizlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda yozuv amalga oshiriladi.
197. 4840 “Olinadigan dividendlar” schyotida qimmatli qogʻozlar boʻyicha dividendlarni hisoblash boʻyicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
198. 4850 “Olinadigan royalti” schyotida royaltini hisoblash va ularning olinishi hisobga olinadi.
199. 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debetida daʼvolar boʻyicha hisob-kitoblar, jumladan:
a) Sugʻurta tovonini qoplash boʻyicha sugʻurta hodisasining yuz berganligida aybdor boʻlgan uchinchi shaxslarga;
b) mol yetkazib beruvchilarga, pudratchilarga va transport tashkilotlariga ularning schyotlari tekshirilganda shartnomada kelishilgan va preyskurantda nazarda tutilgan baho va tariflarning bir-biriga muvofiq kelmasligi, shuningdek, arifmetik xatolar aniqlanganda — mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga taqdim etilgan schyotlardagi baholarning oshib ketishi yoki arifmetik xatolar tovar-moddiy qiymatliklar yoki xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda yozuvlar amalga oshirilgandan soʻng aniqlanganda mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar yoki ishlab chiqarish zaxiralari, tovarlar va tegishli xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda;
v) mol yetkazib beruvchilarga, transport va boshqa tashkilotlarga yukning kamomadi boʻyicha mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar bilan bogʻlangan holda;
g) sugʻurtalovchining schyotlaridan notoʻgʻri hisobdan chiqarilgan (oʻtkazilgan) summalar boʻyicha bank muassasalariga, pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda;
d) shartnoma majburiyatlariga rioya etmaganligi uchun mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqalardan, toʻlovchilar tomonidan tan olingan yoki iqtisodiy sud tomonidan belgilangan miqdorda olinadigan jarimalar, penyalar, neustoykalar boʻyicha (toʻlovchilar tomonidan tan olinmagan, bildirilgan daʼvolar summasi hisobda aks ettirilmaydi), 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi;
e) mol yetkazib beruvchilar yoki pudratchilarga ularning aybi bilan yuzaga kelgan, yaroqsiz mahsulotlar va boʻsh turib qolishlar boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda.
200. 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyoti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda kelib tushgan toʻlovlar summasiga kreditlanadi. Keyinchalik aniqlangan va olinishi kerak boʻlmagan summalar, qoidaga muvofiq, hisobga olishga qabul qilingan shu schyotlarga 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti boʻyicha olib boriladi.
4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyoti boʻyicha analitik hisob daʼvolar boʻyicha alohida yuritiladi.
201. 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” schyotida yuqoridagi schyotlarda koʻrsatilmagan hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Analitik hisob har bir debitor boʻyicha alohida yuritiladi.
202. Turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar (4800)ning bogʻlanishi
T/r Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni Schyotlarning bogʻlanishi Debet Kredit 1. Moliyaviy ijara boʻyicha toʻlovlarning joriy qismi 4810 0920 2. Operativ ijara boʻyicha olinadigan summalarni hisoblash 4820 9350 3. Ijara boʻyicha qarzlarni qoplash uchun ijarachilardan summalar kelib tushdi 5010 — 5530 4810, 4820 4. Olingan veksellar boʻyicha foizlar hisoblandi 4830 9530 5. Mijozlardan kelib tushadiganlar aks ettirildi: a) foizlar 4830 9530 b) dividendlar 4840 9520 v) royalti 4850 9510 6. Sugʻurtalovchining bankdagi schyotiga foizlar va dividendlar kelib tushdi 5110 — 5530 4830, 4840 7. Ssudalar boʻyicha hisoblangan foizlarning toʻlanishi Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar 4830 8. Toʻlanayotgan sugʻurta tovonlari hisobidan ssudalar boʻyicha foizlarning ushlab qolinishi 6030 4830 9. Boshqa tashkilotlardan royaltining kelib tushishi 5110 — 5530 4850 10. Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar schyotida aniqlangan baho va tariflarning bir-biriga muvofiq kelmasligi, xatolar boʻyicha mol yetkazuvchilarga daʼvo bildirildi 4860 0710 — 0720 11. Kapital qurilish uchun ilgari toʻlangan, hajmning oshib ketishi, baholarning nomutanosibligi va schyotlardagi xatolar boʻyicha pudratchilarga daʼvo bildirildi 4860 0810 — 0890 12. Baholarning nomutanosibligi va arifmetik xatolar boʻyicha tovar-moddiy zaxiralarining kamomadi boʻyicha mol yetkazib beruvchilarga daʼvo bildirildi 4860 1010 — 1090 13. Kamomadlar, schyotlardagi xatolar, sifat boʻyicha daʼvo bildirildi (1510 schyotdan foydalanilganda) 4860 1510 14. Sugʻurtalovchi schyotlaridan notoʻgʻri olingan summalar boʻyicha bankka daʼvo bildirildi 4860 5110 — 5530 15. Kelib tushgan moddiy qiymatliklarni kirim qilishda mol yetkazib beruvchilarga daʼvolar bildirildi 4860 6010 16. Boshqa korxonalar tomonidan shartnoma majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun tan olingan jarima, penya va neustoykalar, shuningdek, sugʻurta shartnomalari boʻyicha regress daʼvolar summasi 4860 9330 17. Qoniqtirilmagan daʼvo summasi xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarga olib borildi Xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar 4860 18. Alohida boʻlinmalar tomonidan turli tashkilotlarga xizmat koʻrsatildi 4890 6110 19. Boshqa korxonalar va shaxslar hisobidan xodimlarga tegishli boʻlgan summalar 4890 6710 20. Regress talablar boʻyicha daʼvolarning toʻlanishi Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar 4860
10-§. Ishonchsiz qarzlar boʻyicha rezervni hisobga oluvchi schyotlar (4900)
203. Ishonchsiz qarzlar boʻyicha rezervlarning holati va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 4910 “Ishonchsiz qarzlar boʻyicha rezerv” schyotida amalga oshiriladi.
204. Sugʻurtalovchining yuridik va jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblari boʻyicha ishonchsiz qarzlari summasiga rezerv tashkil qilinadi va 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotiga olib boriladi.
Belgilangan muddatda qoplanmagan va tegishli kafolatlar bilan taʼminlanmagan sugʻurtalovchining debitorlik qarzi ishonchsiz qarz sifatida tan olinadi.
Ishonchsiz qarzlar boʻyicha rezerv hisobot yili oxirida sugʻurtalovchining debitorlik qarzlarining inventarizatsiyasi natijalari asosida tashkil etiladi.
Rezerv hajmi har bir ishonchsiz qarz boʻyicha alohida, qarzdorning moliyaviy ahvoli (toʻlov qobiliyati) va qarz summasini toʻliq yoki qisman toʻlash ehtimolini baholash asosida aniqlanadi.
Agar shubhali qarz boʻyicha rezerv tashkil etilgan yildan keyingi yilning oxirigacha ushbu rezervning maʼlum bir qismi ishlatilmasa, u holda ishlatilmagan summa tegishli yilning foydasiga qoʻshiladi va foyda soligʻini hisoblashda soliq bazasiga qoʻshilmaydi.
Ilgari sugʻurtalovchi tomonidan ishonchsiz qarz sifatida tan olingan qarzlarni balansdan chiqarish 4910 “Ishonchsiz qarzlar boʻyicha rezerv” schyotining debetida tegishli debitorlar bilan hisob-kitoblar (olinadigan schyotlar)ni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Ishlatilmagan ishonchsiz qarzlar boʻyicha rezerv summasining foydaga qoʻshilishi 4910 “Ishonchsiz qarzlar boʻyicha rezerv” schyotining debetida va 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
4910 “Ishonchsiz qarzlar boʻyicha rezerv” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir ishonchsiz qarz va rezerv tashkil qilingan muddat boʻyicha yuritiladi.
205. Ishonchsiz qarzlar boʻyicha rezervni hisobga oluvchi schyotlar (4900)ning bogʻlanishi
(paragraf Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
V kichik boʻlim. Pul mablagʻlari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar
206. Ushbu boʻlimning schyotlari sugʻurtalovchiga tegishli boʻlgan kassadagi mavjud milliy va chet el valyutasidagi, Oʻzbekiston Respublikasi hududi va xorijdagi banklar schyotlardagi pul mablagʻlari, pul ekvivalentlari, qimmatli qogʻozlarga qilingan qisqa muddatli qoʻyilmalar, shuningdek, kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar va boshqa joriy aktivlarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
207. Ushbu boʻlimdagi schyotlarda chet el valyutasidagi pul mablagʻlari va ularga tegishli operatsiyalar milliy valyutada — soʻmda, chet el valyutasini pulli hisob-kitob hujjatlaridan koʻchirma olingan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha qayta hisoblash orqali hisobga olinadi.
208. Pul mablagʻlari qoldigʻini hisobot oyining oxirgi sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha har oydagi qayta baholash natijasidagi kurs farqlari (ijobiy kurs farqi) 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” yoki (salbiy kurs farqi) 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotiga olib boriladi.
209. Ushbu boʻlimda quyidagi schyotlardagi hisob tartibi yoritiladi:
5000 — Kassadagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
5100 — Hisob-kitob schyotidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
5200 — Chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
5500 — Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar;
5600 — Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar;
5700 — Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)larini hisobga oluvchi schyotlar;
5800 — Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar;
5900 — Kamomadlar va qiymatliklarning buzulishidan yoʻqotishlar va boshqa joriy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar.
1-§. Kassadagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5000)
210. Sugʻurtalovchi kassasidagi pul mablagʻlarining naqdligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
5010 “Milliy valyutadagi pul mablagʻlari”;
5020 “Chet el valyutasidagi pul mablagʻlari”
Kassadagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning (5000) debeti boʻyicha sugʻurtalovchi kassasiga kelib tushgan pul mablagʻlari aks ettiriladi. Krediti boʻyicha sugʻurtalovchi kassasidan toʻlanadigan pul mablagʻlari va limitdan ortiqcha pulni bankka topshirish aks ettiriladi.
211. Kassadagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5000)ning bogʻlanishi
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
2-§. Hisob-kitob schyotidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5100)
212. Sugʻurtalovchining bankdagi hisob-kitob schyotidagi pul mablagʻlarining mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 5110 “Hisob-kitob schyoti”da amalga oshiriladi.
213. 5110 “Hisob-kitob schyoti”ning debeti boʻyicha sugʻurtalovchining hisob-kitob schyotiga pul mablagʻlarining kelib tushishi aks ettiriladi. 5110 “Hisob-kitob schyoti”ning kreditida sugʻurtalovchining hisob-kitob schyotidan pul mablagʻlarining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bank koʻchirmasini tekshirish natijasida sugʻurtalovchining hisob-kitob schyoti debeti yoki kreditiga xatolik bilan olib borilgan summalar 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar” yoki 6960 “Daʼvolar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida hisob-kitob schyoti boʻyicha operatsiyalar bank koʻchirmalari va ularga ilova qilinadigan pulli va hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi.
Hisob-kitob schyotidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5100) boʻyicha analitik hisob milliy valyutadagi pul mablagʻlarini saqlash uchun banklarda ochilgan har bir schyot boʻyicha yuritiladi.
214. Hisob-kitob schyotidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5100)ning bogʻlanishi
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
3-§. Chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5200)
215. Oʻzbekiston Respublikasi va chet mamlakatlar hududidagi banklar schyotlaridagi chet el valyutasidagi pul mablagʻlarining mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”;
5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari”;
216. 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari” va 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari” schyotlarining debetida valyuta schyotlariga pul mablagʻlarining kelib tushishi, kreditida esa pul mablagʻlarining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bank koʻchirmasini tekshirish natijasida aniqlangan sugʻurtalovchining valyuta schyotining debeti yoki kreditiga xatolik bilan oʻtkazilgan summalar 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar” yoki 6960 “Daʼvolar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotlari bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida valyuta schyoti boʻyicha operatsiyalar bank koʻchirmalari va ularga ilova qilinadigan pulli va hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi.
Chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar boʻyicha analitik hisob, chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini saqlash uchun banklarda ochilgan har bir schyot boʻyicha yuritiladi.
217. Chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5200)ning bogʻlanishi
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
4-§. Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5500)
218. Oʻzbekiston Respublikasi hududi va chet mamlakatlardagi akkreditivlar, chek daftarchalari, boshqa toʻlov hujjatlaridagi (veksellardan tashqari) pul mablagʻlarining mavjudligi va harakati toʻgʻrisida, shuningdek, maqsadli moliyalashtirish (tushumlar) pul mablagʻlarining alohida saqlanadigan qismining harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
5510 “Akkreditivlar”;
5520 “Chek daftarchalari”;
5530 “Boshqa maxsus schyotlar”.
219. 5510 “Akkreditivlar” schyotida akkreditivdagi pul mablagʻlari hisobga olinadi. Akkreditivga pul mablagʻlarini oʻtkazish 5510 “Akkreditivlar” schyotining debetida va 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari” va boshqa schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
5510 “Akkreditivlar” schyoti boʻyicha akkreditivga hisobga olingan pul mablagʻlari ularning ishlatilishi boʻyicha (bank koʻchirmalariga asosan), 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar”ning debetiga hisobdan chiqariladi. Akkreditivdagi ishlatilmagan mablagʻlar, bank tomonidan ular qaysi schyotdan oʻtkazilgan boʻlsa, shu schyotlarga qayta tiklanganda 5510 “Akkreditivlar” schyotining krediti, 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari” va boshqa schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
5510 “Akkreditivlar” schyoti boʻyicha analitik hisob sugʻurtalovchi tomonidan qoʻyilgan har bir akkreditiv boʻyicha alohida yuritiladi.
220. 5520 “Chek daftarchalari” schyotida chek daftarchalaridagi pul mablagʻlarining harakati hisobga olinadi. Chek daftarchalarini berishda pul mablagʻlarini deponentlash 5520 “Chek daftarchalari” schyotining debeti va 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari”, 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” va boshqa schyotlarning kreditida aks ettiriladi. Sugʻurtalovchi tomonidan berilgan cheklarning toʻlovi doirasidagi summa 5520 “Chek daftarchalari” schyotining kreditidan xarajat va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda hisobdan chiqariladi. Chek bilan berilgan, lekin bank tomonidan toʻlanmagan (toʻlovga taqdim etilmagan) summa 5520 “Chek daftarchalari” schyotida qoladi va ushbu 5520 “Chek daftarchalari” schyotining qoldigʻi bank koʻchirmalari bilan mos kelishi lozim. Bankka qaytarilgan cheklarning (foydalanilmay qolgan) summasi 5520 “Chek daftarchalari” schyotining kreditida 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta schyotlari” va boshqa schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Kreditor korxonalar bilan hisob-kitob qilish uchun sugʻurtalovchi xodimlariga hisobdorlikka berilgan chek daftarchalaridagi mablagʻlarning harakati ustidan nazorat tezkor ravishda yuritiladi.
5520 “Chek daftarchalari” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir olingan chek daftarchalari boʻyicha yuritiladi.
221. 5530 “Boshqa maxsus schyotlar”da bankda maxsus saqlanadigan maqsadli moliyalashtiriladigan (tushumlar) mablagʻlar, shu jumladan ijtimoiy muassasalar, obyektlar (bolalar bogʻchasi va boshqalar)ni saqlash uchun ota-onalardan, oʻzga foydalanuvchilar va boshqa manbalardan kelib tushgan pul mablagʻlari; sugʻurtalovchining talabiga koʻra alohida schyotda yigʻiladigan va sarflanadigan kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish mablagʻlari; davlat idoralarining subsidiyalari va shu kabilarning harakati hisobga olinadi.
Sugʻurtalovchining alohida boʻlinmalarga bankda joriy xarajatlarni (mehnat haqi, alohida xoʻjalik xarajatlari, xizmat safarlari va shu kabilar) amalga oshirish uchun ochilgan joriy schyotlarda ushbu koʻrsatilgan mablagʻlarning harakati alohida schyotda aks ettiriladi.
5530 “Boshqa maxsus schyotlar” boʻyicha analitik hisobni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi hududi va chet eldagi boshqa maxsus schyotlardagi pul mablagʻlarining mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
222. Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5500)ning bogʻlanishi
5-§. Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar (5600)
223. Sugʻurtalovchi kassasidagi pul ekvivalentlarining (pochta markalari va boshqalar) mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 5610 “Pul ekvivalentlari (turlari boʻyicha)” schyotida amalga oshiriladi.
5610 “Pul ekvivalentlari (turlari boʻyicha)” schyotida markalar, pattalar va boshqa pul ekvivalentlari nominal qiymati boʻyicha hisobga olinadi. Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotning debetida pul ekvivalentlarini sotib olish pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda, kreditida esa pul ekvivalentlarining sarflanishi xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar (5600) boʻyicha analitik hisob ularning turlari boʻyicha yuritiladi.
224. Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar (5600)ning bogʻlanishi
6-§. Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)larini hisobga oluvchi schyotlar (5700)
225. Yoʻldagi pul mablagʻlari (naqd pulga va pul oʻtkazish orqali mahsulot sotishdan olingan daromad) toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 5710 “Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)lari” schyotida amalga oshiriladi.
226. 5710 “Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)lari” schyotida saqlash joyidan chiqib ketgan, ammo moʻljallangan joyiga yetib bormagan pul mablagʻlari (inkassatorga berilgan sotishdan olingan tushumlar, pul oʻtkazmalari) hisobga olinadi.
Ushbu schyot tranzit schyot hisoblanadi va pul mablagʻlarining harakati ustidan uzluksiz nazoratni oʻrnatish uchun bogʻlovchi vazifasini bajaradi.
5710 “Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)lari” schyotining debetida pulni inkassatorlarga topshirish kassadagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Pul mablagʻlari kirim qilingandan keyin 5710 “Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)lari” schyoti kreditlanib, pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)larini hisobga oluvchi schyot (5700)ning analitik hisobi ularning turlari boʻyicha yuritiladi.
227. Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)larini hisobga oluvchi schyotlar (5700)ning bogʻlanishi
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
7-§. Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (5800)
228. Sugʻurtalovchining boshqa korxonalar qimmatli qogʻozlariga qilingan qisqa muddatli (bir yil muddatdan koʻp boʻlmagan) investitsiyalari (qoʻyilmalar) davlat qarzlarining foizli obligatsiyalari, boshqa korxonalarga berilgan qarzlar va boshqalarning naqdligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
5810 “Qimmatli qogʻozlar”;
5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar”;
5890 “Boshqa joriy investitsiyalar”.
229. 5810 “Qimmatli qogʻozlar” schyotida aksiyalarga, davlat qarzlarining foizli obligatsiyalariga va boshqa qimmatli qogʻozlariga qoʻyilgan qisqa muddatli investitsiyalarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
Obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlar 5810 “Qimmatli qogʻozlar” schyotiga sotib olish qiymatida kirim qilinadi.
Sugʻurtalovchida aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlarning sotib olinishi 5810 “Qimmatli qogʻozlar” schyotining debetida va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar va agar qimmatli qogʻozlar uchun toʻlov moddiy yoki boshqa qiymatliklar (pul mablagʻlaridan tashqari) orqali amalga oshirilsa, moddiy va boshqa qiymatliklarning sotilishini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida hisobga olinadi.
Agar sotib olingan obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlarning sotib olish bahosi ularning nominal qiymatidan farq qilsa, u holda sotib olish va nominal qiymati oʻrtasidagi farqni shunday hisobdan chiqarish yoki qoʻshimcha hisoblanishi kerakki, 5810 “Qimmatli qogʻozlar” schyotida hisobga olingan qimmatli qogʻozlarning bahosi ularni qoplash davrida nominal qiymatiga muvofiq boʻlishi lozim. Sotib olish va nominal qiymati oʻrtasidagi farq qoplanadigan vaqtgacha boʻlgan davrda 5810 “Qimmatli qogʻozlar” schyotining debeti (qoʻshimcha hisoblash)da yoki krediti (hisobdan chiqarish) da, 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” yoki 9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar” schyotlari bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
5810 “Qimmatli qogʻozlar” schyotida hisobga olingan obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlarning qoplanishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti va 5810 “Qimmatli qogʻozlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
230. 5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” schyotida sugʻurtalovchining boshqa korxonalarga qisqa muddatga bergan pulli va boshqa qarzlarining harakati hisobga olinadi.
Berilgan qarzlar 5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” schyotining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Qarzlarning qaytarilishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti va 5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” schyotining kreditida aks ettiriladi.
231. 5890 “Boshqa joriy investitsiyalar” schyotida sugʻurtalovchilarning bank va boshqa omonatlarga soʻmda va chet el valyutasidagi qoʻyilmalarining harakati hisobga olinadi.
Omonatlarga pul mablagʻlarining oʻtkazilishi sugʻurtalovchilarda 5890 “Boshqa joriy investitsiyalar” schyotining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Hisobda bank tomonidan omonatlar summasi qaytarilganda sugʻurtalovchida teskari yozuv amalga oshiriladi.
Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (5800) boʻyicha analitik hisob qisqa muddatli investitsiyalarning turlari va ushbu qoʻyilmalar amalga oshirilgan obyektlar (qimmatli qogʻozlarni sotuvchi-korxonalar, omonatlar va hokazolar) boʻyicha yuritiladi.
232. Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (5800)ning bogʻlanishi
8-§. Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar va boshqa joriy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (5900)
233. Qiymatliklarni tayyorlash, saqlash, sotish va inventarizatsiya qilish jarayonlarida aniqlangan kamomad, talon-toroj va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotish summalari, shuningdek, ushbu boʻlimning yuqorida keltirilgan schyotlarida hisobga olinmagan, biroq sugʻurtalovchi mulki hisoblangan boshqa joriy aktivlarning mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar”;
5920 “Boshqa joriy aktivlar”.
234. Tovar-moddiy zaxiralari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning kamomadi va buzilishi 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyotining debeti va tovar-moddiy zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar va asosiy vositalar va boshqa aktivlarning sotilishi hamda turli chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
235. 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyotining kreditida quyidagi:
a) qiymatliklarning tabiiy yoʻqotish meʼyorlaridan ortiq kamomadlari, qiymatliklarning buzilishi, yoʻqolishi va oʻgʻirlanishining aniq aybdorlari aniqlanganda — 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar”, 4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” schyotlarining debeti;
b) qiymatliklarning tabiiy yoʻqotish meʼyorlaridan ortiq buzilishi va oʻgʻirlanishidan yoʻqotishlar, aniq aybdor shaxsi aniqlanmaganda va daʼvo tasdiqlanmaganligi natijasida sudning eʼtirozi — 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” debetiga hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyoti boʻyicha analitik hisob ularning turlari boʻyicha yuritiladi.
236. 5920 “Boshqa joriy aktivlar” schyotining debetida ushbu boʻlimning yuqorida keltirilgan schyotlarida hisobga olinishi moʻljallanmagan joriy aktivlar aks ettiriladi. 5920 “Boshqa joriy aktivlar” schyotining kreditida boshqa joriy aktivlarning sarflanishi aks ettiriladi.
5920 “Boshqa joriy aktivlar” schyoti boʻyicha analitik hisob ularning turlari boʻyicha yuritiladi.
237. Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar va boshqa joriy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (5900)ning bogʻlanishi
III boʻlim. Majburiyatlar
VI kichik boʻlim. Joriy majburiyatlar
238. Ushbu kichik boʻlimning schyotlari sugʻurtalovchining yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi joriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʻljallangan.
239. Chet el valyutasidagi majburiyatlar ushbu boʻlimdagi schyotlarda pulli hisob-kitob hujjatlaridan koʻchirma olingan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha chet el valyutasini qayta hisoblash yoʻli bilan, soʻmda hisobga olinadi. Kreditorlik qarzlarini hisobot oyining oxirgi sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha qayta baholaganda vujudga kelgan kurs farqlari 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” (ijobiy kurs farqi boʻlganda) yoki 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” (salbiy kurs farqi boʻlganda) schyotiga olib boriladi.
240. Ushbu boʻlimda quyidagi schyotlar boʻyicha hisob yuritish tartibi yoritiladi:
6000 — Toʻlanadigan schyotlar;
6100 — Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar;
6200 — Kechiktirilgan majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar;
6300 — Olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar;
6400 — Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar;
6500 — Sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar;
6600 — Taʼsischilarga boʻlgan qarzni hisobga oluvchi schyotlar;
6700 — Mehnat haqi boʻyicha xodimlar bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar
6800 — Qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar;
6900 — Turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar.
1-§. Toʻlanadigan schyotlar (6000)
241. Tovar-moddiy qiymatliklar, bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar, shuningdek, tashish boʻyicha olingan xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga boʻlgan joriy majburiyatlar, sugʻurta operatsiyalari boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar”;
6011 “Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar”;
6020 “Berilgan veksellar”;
6030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar”;
6040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan schyotlar”;
6050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar”;
6060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar”;
6070 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar”;
6080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar”;
6090 “Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslarga toʻlanadigan schyotlar”.
242. 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyoti haqiqatda kelib tushgan TMZ va boshqa aktivlar, qabul qilingan ish va xizmatlarning qiymatiga ushbu qiymatliklarni yoki tegishli xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda kreditlanadi.
Agar omborga kelib tushgan moddiy qiymatliklarning sifati, miqdori, shuningdek, bahosi shartnomada kelishilgan shartlarga mos kelmasa, 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyoti 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyoti bilan bogʻlangan holda tegishli summaga kreditlanadi.
6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir mol yetkazib beruvchi va pudratchi boʻyicha alohida yuritiladi.
243. 6011 “Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining krediti boʻyicha ogohlantirish chora-tadbirlari boʻyicha pudratchilarning bajargan ishlari boʻyicha majburiyatlar hisobga olinadi. Sugʻurtalovchi tomonidan ogohlantirish chora-tadbirlari boʻyicha ishlar qabul qilib olinganda, ogohlantirish chora-tadbirlarining amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida bajarilgan ishlar summasiga, 8040 “Ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasi” schyotining debeti 6011 “Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Avval ogohlantirish chora-tadbirlari uchun berilgan boʻnak mablagʻlari hisobidan ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha vujudga kelgan kreditorlik qarzdorlikni qoplash, 6011 “Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti va 4330 “Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun berilgan boʻnaklar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, provodka berish orqali amalga oshiriladi. Ogohlantirish chora-tadbirlari uchun qoʻshimcha toʻlov summasiga, 6011 “Ogohlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
244. 6020 “Berilgan veksellar” schyotining kreditida sotib olingan TMZ va boshqa aktivlar, qabul qilingan ish va xizmatlar uchun veksellar bilan taʼminlangan joriy majburiyatlar hisobga olinadi va ularni qoplash davrigacha hisobda turadi. Veksellar boʻyicha majburiyatlar qoplanishiga qarab ular pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning kreditidan 6020 “Berilgan veksellar” va 6920 “Hisoblangan foizlar” schyotlarining debetiga hisobdan chiqariladi.
6020 “Berilgan veksellar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir berilgan veksel boʻyicha yuritiladi.
245. 6030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotida sugʻurtalovchining sugʻurta qildiruvchilarga sugʻurta tovonini toʻlash boʻyicha majburiyatlari aks ettiriladi. Sugʻurta tovoni hisoblanganda 6030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyoti muvofiq ravishda 9431, 9432, 2210, 2220 schyotlar bilan kreditlanadi. Sugʻurta tovonining toʻlanishi 6030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda provodka bilan rasmiylashtiriladi.
Sugʻurtalovchilar hayot sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta zaxiralarining vaqtincha boʻsh mablagʻlaridan sugʻurta polisi kafolati ostida sugʻurta qildiruvchilarga ssudalar berishi mumkin. Sugʻurta qildiruvchi tomonidan ssudani oʻz vaqtida qaytarmagan holatda, sugʻurta qildiruvchining ssudalar boʻyicha qarzdorligini sugʻurta tovoni summasidan ushlab qolish 6030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotning debeti 4070 “Hayot sugʻurtasi boʻyicha berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuvni amalga oshirish orqali rasmiylashtiriladi. Ssudalar boʻyicha hisoblangan foizlarning sugʻurta tovoni hisobidan ushlab qolinishi 6030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotning debeti 4830 “Olinadigan foizlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuvni amalga oshirgan holda rasmiylashtiriladi.
246. 6040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan schyotlar” schyotida sugʻurta agentlari va brokerlariga hisoblangan komission mukofotlar summasi aks ettiriladi. Komission mukofotlarning hisoblanishi 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyoti debeti 6040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuvni amalga oshirish orqali rasmiylashtiriladi. Komission mukofotlarning toʻlanishi 6040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda, yozuvni amalga oshirish orqali rasmiylashtiriladi. Agar agentlik kelishuvida qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda, sugʻurta agentlari yoki brokerlariga komission mukofotlarning ushlab qolinishi nazarda tutilgan boʻlsa, ushlab qolingan komission mukofotlar summasiga, 6040 “Sugʻurta agentlari va brokerlariga toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti 4040 “Sugʻurta agentlari va brokerlaridan olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi.
247. 6050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotida qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan shartnomalar boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari aks ettiriladi. Qayta sugʻurta qildiruvchiga toʻlanadigan sugʻurta tovonining hisoblanishi 2230 “Qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta tovonlari” schyotining debeti 6050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuvni amalga oshirish orqali rasmiylashtiriladi. Tovon ulushi toʻlanganda 6050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha olingan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyoti debeti boʻyicha pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlanadi.
248. 6060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotida sugʻurtalovchining qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalari boʻyicha majburiyatlari aks ettiriladi. Qayta sugʻurta mukofoti hisoblanganda ushbu summaga, 9040 “Qayta sugʻurta qilish va retrotsessiyaga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlangan sugʻurta mukofotlari” schyotining debeti 6060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, yozuv amalga oshiriladi. Sugʻurta mukofotining qayta sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq toʻlanishi 6060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyoti debeti boʻyicha pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda provodka bilan rasmiylashtiriladi.
249. 6070 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar” schyotida qayta sugʻurta qilishga berilgan shartnomalar boʻyicha depo mukofotlar aks ettiriladi. Agar qayta sugʻurta qilish shartnomasida sugʻurta mukofotlarini qayta sugʻurta qilishga berilayotgan tavakkalchiliklarning jami boʻyicha sugʻurta mukofotlarini maʼlum davr oraligʻida oʻtkazish nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu davr tugagunga qadar qayta sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha hisoblangan sugʻurta mukofoti komission ragʻbatlantirishlar chegirilgan holatda deponentlangan (depo mukofot) hisoblanadi. Depo mukofotlarining hisoblanishi 6060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti boʻyicha 6070 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi. Qayta sugʻurta qilish shartnomasida koʻrsatilgan muddatning tugashi bilan (qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha sugʻurta mukofotlarini toʻlash muddati kelganda) 6070 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha depo mukofotlar” schyotining debeti 6060 “Qayta sugʻurta qilishga berilgan tavakkalchiliklar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda teskari provodka beriladi.
250. 6080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotida qayta sugʻurta qildiruvchiga toʻlanadigan qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar aks ettiriladi. Komission ragʻbatlantirishlarning hisoblanishi, 6080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotining krediti 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotining debeti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi. Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tanyemalar va yigʻimlarning toʻlanishi 6080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyoti debeti boʻyicha pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi.
Odatda, qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission va brokerlik ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar qayta sugʻurta qilish shartnomasida aks ettiriladi va qayta sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurta mukofotlarini qayta sugʻurta qilishga oʻtkazishda ushlab qolinishi mumkin. Agar qayta sugʻurta qilish shartnomasida qayta sugʻurta qilish boʻyicha komission ragʻbatlantirishlar summasi qonunchilikda belgilangan tartibda ushlab qolinishi nazarda tutilgan boʻlsa, ushbu summa, 6080 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirish, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti 4051 “Qayta sugʻurta qilishga oid komission ragʻbatlantirishlar, tantyemalar va yigʻimlar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, aks ettiriladi.
251. 6090 “Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslarga toʻlanadigan schyotlar” schyotida aktuariylar (aktuar tashkilotlar), adjasterlar (adjaster tashkilotlar), syurveyerlar (syurveyerlik tashkilotlari), assistanslar (assistans xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tashkilotlar)ga toʻlanadigan summalar aks ettiriladi. Majburiyatlarning hisoblanishi 2010 “Sugʻurta ishini yuritish xarajatlari” schyotining debeti 6090 “Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi. Yuqoridagi subyektlar xizmat haqlarining toʻlanishi 6090 “Aktuariylar, adjasterlar, syurveyerlar va assistanslarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining debeti bilan pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan bogʻlangan holda, provodka bilan rasmiylashtiriladi.
252. Toʻlanadigan schyotlar (6000)ning bogʻlanishi
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
2-§. Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar (6100)
253. Sugʻurtalovchining alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan joriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
6110 “Alohida boʻlinmalarga toʻlanadigan schyotlar”;
6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar”.
254. 6110 “Alohida boʻlinmalarga toʻlanadigan schyotlar” schyotida sugʻurtalovchining umumiy balansiga qoʻshiladigan filiallar va vakolatxonalarning joriy majburiyatlari (ichki xoʻjalik yoki ichki balans hisob-kitoblari) hisobga olinadi.
6110 “Alohida boʻlinmalarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining kreditida turli xildagi muomalalar boʻyicha alohida boʻlinmalar oldidagi joriy majburiyatlar tovar-moddiy qiymatliklar, pul mablagʻlari, xarajat va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
255. 6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar” schyotida shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga joriy majburiyatlar (balanslararo hisob-kitoblar yoki ichki idoraviy hisob-kitoblar) hisobga olinadi.
6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarga toʻlanadigan schyotlar” schyotining kreditida turli xildagi muomalalar boʻyicha shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari oldidagi joriy majburiyatlar tovar moddiy qiymatliklar, pul mablagʻlari, xarajatlar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
6110 “Alohida boʻlinmalarga toʻlanadigan schyotlar” va 6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar” schyotlari boʻyicha analitik hisob har bir alohida boʻlinma, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyati boʻyicha alohida yuritiladi.
256. Alohida boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar (6100)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
(paragraf Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
3-§. Kechiktirilgan majburiyatlar va sugʻurta mukofotlarini hisobga oluvchi schyotlar (6200)
257. Vaqtinchalik farqlar natijasida vujudga keladigan kechiktirilgan joriy majburiyatlar, toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta va qayta sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta mukofotlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
6210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar”;
6220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar”;
6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar”;
6240 “Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha kechiktirilgan majburiyatlar”;
6250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi boʻyicha majburiyatlar”;
6270 “Qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari”;
6280 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari”;
6290 “Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar”.
258. 6210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyotida qoplanish davri davomida daromadga taqsimlanadigan obligatsiyalarning diskont (chegirma)lari boʻyicha sugʻurtalovchining kechiktirilgan uzoq muddatli daromadlarining joriy qismi aks ettiriladi. Ushbu schyot faqat obligatsiyalarni sotib oluvchi tomonidan qoʻllaniladi. Obligatsiyalar diskont bilan sotib olinganda, diskont summasi 6210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti kreditida, toʻlangan summa esa pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida va qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar yoki uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida aks ettiriladi. Obligatsiyalar diskont (chegirma)larining joriy qismini daromadlarga oʻtkazishda 9530 “Foizlar koʻrinishidagi daromadlar” schyoti kreditlanadi va 6210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti debetlanadi.
6210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir obligatsiyaning turi va qoplash muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
259. 6220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti qoplanish davri davomida daromadga taqsimlanadigan obligatsiyalar mukofoti (ustamasi) boʻyicha sugʻurtalovchining uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarining joriy qismini aks ettiradi. Ushbu schyot faqat obligatsiya sotuvchilarda qoʻllaniladi. Obligatsiyalar mukofot bilan sotilganda, mukofot (ustama) summasi 6220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti, obligatsiyaning nominal qiymati esa 6830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” (qisqa muddatli) yoki 7830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” (uzoq muddatli) schyotining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Obligatsiyalarning mukofot (ustama)lari joriy qismini daromadlarga oʻtkazishda 9530 “Foizlar koʻrinishidagi daromadlar” schyoti kreditlanadi va 6220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti debetlanadi.
6220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir obligatsiyaning turi va qoplash muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
260. 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyotida hisobot davrida boʻnak sifatida olingan (hisoblangan), ammo kelgusi davrlarga tegishli boʻlgan daromadlar aks ettiriladi. Kechiktirilgan daromadlar ijara toʻlovlari, chiptalarning sotilishi; jurnallarga obuna toʻlovi va boshqa koʻrinishlarda boʻlishi mumkin. Hali yetkazib berilmagan tayyor mahsulotlar, tovarlar, bajarilmagan ishlar va koʻrsatilmagan xizmatlar uchun pul mablagʻlari kelib tushganda 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda kreditlanadi. Kelgusi hisobot davriga tegishli daromadlar tayyor mahsulotlar, tovarlar sotilganda, ishlar bajarilganda va xizmatlar koʻrsatilganda daromad sifatida tan olinadi va 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyotining debetidan 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” va 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotlarining kreditiga hisobdan chiqariladi.
6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir daromad turi boʻyicha alohida yuritiladi.
261. 6240 “Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha kechiktirilgan majburiyatlar” schyotida masʼul Hukumat idoralarining qarori boʻyicha qonunchilikka muvofiq toʻlanishi kechiktirilishiga ruxsat etilgan soliqlar boʻyicha budjet oldidagi qarzlar va majburiy toʻlovlarning joriy qismi aks ettiriladi. 6240 “Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha kechiktirilgan majburiyatlar” schyotining kreditida kechiktirilgan joriy toʻlovlar summasi budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6400), sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6500) bilan bogʻlangan holda hisobga olinadi.
6240 “Soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha kechiktirilgan majburiyatlar” schyoti boʻyicha analitik hisob har bir kechiktirilgan soliq va toʻlovlar turi boʻyicha alohida yuritiladi.
262. 6250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi boʻyicha majburiyatlar” schyotida vaqtinchalik farqlar natijasida yuzaga kelgan kechiktirilgan foyda soligʻi summasi aks ettiriladi.
Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻiga doir majburiyatlarning tegishli joriy qismi 7250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlar” schyotidan 6250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi boʻyicha majburiyatlar” schyotiga oʻtkaziladi. Keyinchalik vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi vujudga kelishiga qarab 6250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi boʻyicha majburiyatlar” schyoti 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” schyoti bilan bogʻlanadi.
263. 6270 “Qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyotida qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan shartnomalar boʻyicha olingan sugʻurta mukofotlari aks ettiriladi. Qayta sugʻurta qilishga qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofoti hisoblanganda, mukofot summasi 4050 “Qayta sugʻurta qilish boʻyicha qabul qilingan tavakkalchiliklar boʻyicha olinadigan schyotlar” schyotining debeti 6270 “Qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Hisobot davri oxirida 6270 “Qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyotining kredit tomonidagi qoldigʻi debet boʻyicha 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining kreditiga oʻtkaziladi.
264. 6280 “Toʻgʻridan toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyotida sugʻurta shartnomalari boʻyicha olingan sugʻurta mukofotlari hisobga olinadi. Sugʻurta mukofotlarining toʻlanishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti 6280 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda, rasmiylashtiriladi. Bundan tashqari, ushbu schyot quyidagi schyotlar bilan ham bogʻlanishi mumkin:
sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar (6030);
toʻlanadigan dividendlarni hisobga oluvchi schyotlar (6610);
xodimlar bilan mehnat haqi boʻyicha hisob-kitoblarni hisobga oluvchi schyotlar (6710).
Ushbu schyotning 6030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyoti bilan bogʻlanishi, sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta qildiruvchiga toʻlanayotgan sugʻurta tovoni summasidan tiklovchi sugʻurta mukofotini yoki toʻlanmagan sugʻurta mukofotini ushlab qolishda amalga oshiriladi. Bunda 6030 “Sugʻurta qildiruvchilarga toʻlanadigan schyotlar” schyotning debeti 6280 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyotining krediti bilan bogʻlangan holda yozuv amalga oshiriladi.
Hisobot davrining oxirida ushbu schyotning kredit tomonidagi qoldigʻi debeti boʻyicha 9030 “Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan daromadlar” schyotining kreditiga oʻtkaziladi. 6280 “Toʻgʻridan-toʻgʻri sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari” schyoti boʻyicha analitik hisob har sugʻurta shartnomasi boʻyicha yuritiladi.
265. 6290 “Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar” schyotida sugʻurtalovchining 6210 — 6250 schyotlarda koʻrsatilmagan boshqa kechiktirilgan majburiyatlari aks ettiriladi.
266. Kechiktirilgan majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar (6200)ning boshqa schyotlar bilan bogʻlanishi
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 36-sonli (roʻyxat raqami 1813-1, 23.04.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 219-modda)
4-§. Olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi schyotlar (6300)
267. Buyurtmachilarga qisman tayyor holdagi TMZni yetkazib berishga yoki ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish, shuningdek, aksiyaga obunachilardan olingan boʻnaklar boʻyicha joriy majburiyatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
6310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar”;
6320 “Aksiyaga obunachilardan olingan boʻnaklar”;
6330 “Sugʻurta qildiruvchilardan olingan boʻnak sugʻurta mukofotlari”;
6390 “Boshqa olingan boʻnaklar”.
268. Sugʻurtalovchi xaridor va buyurtmachilarga xizmat koʻrsatish uchun ulardan boʻnak toʻlovini (oldindan toʻlashni) talab qilishi mumkin. Bunday holatda boʻnak TMZlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha shartnomaning bajarilishi, hamda xaridor va buyurtmachilardan kelgusidagi toʻlovlarning kelib tushishiga kafolat sifatida xizmat qiladi.
Bunday boʻnaklar pul mablagʻini olgan sugʻurtalovchi uchun mahsulot va tovarlarni yetkazib berish hamda ishlarni bajarish yoki xizmatlarni koʻrsatishni amalga oshirilishiga qadar majburiyat boʻlib hisoblanadi.
https://neolex.uz/uz/laws/law-1357629
