“36-modda. Tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foiz stavkalari
“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (629-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Tijorat banklari operatsiyalari boʻyicha foiz stavkalari ularning oʻzlari tomonidan mustaqil belgilanadi, ammo bu stavkalar davlat pul-kredit siyosatining bosh yoʻnalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan holda har yili Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan eng yuqori stavkalardan ortiq boʻlmasligi kerak”.
25. 39-moddada:
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Banklar hisob-kitoblarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan shakllarda amalga oshiradilar”.
26. 41-moddada:
“xalq deputatlari Soveti ijroiya qoʻmitasiga” degan soʻzlar “mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
27. 42-moddada:
soʻnggi xatboshidagi “xalq deputatlari Soveti ijroiya qoʻmitasi” degan soʻzlar “mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
28. 44-moddada:
2-banddagi ikkinchi gap quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“pul muomalasi mustahkamligini taʼminlash va pul qadrsizlanib narx oshishining oldini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki omonatlar va qimmatbaho qogʻozlar boʻyicha cheklashlarni joriy etishi mumkin”.
29. 46-moddada:
1-banddagi “tijorat bankidir” degan soʻzlar “davlat-tijorat bankidir” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Oʻzbekiston Respublikasi Jamgʻarma banki jalb etgan pul mablagʻlari xalq xoʻjaligining kredit resurslariga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga beriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Jamgʻarma banki tomonidan Jamgʻarma banki muassasalari bevosita xizmat koʻrsatadigan aholi va yuridik shaxslarga kredit berishdan foydalaniladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qarz majburiyatlariga joylashtiriladi”;
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Jamgʻarma banki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasdiqlaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan roʻyxatga olinadigan oʻz ustavi asosida faoliyat koʻrsatadi”.
