“Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha nol stavkasini qoʻllash natijasida yuzaga kelgan salbiy farqni qoplash toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida” qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (1460-1-son)
19.05.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 19-mayda 1460-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 228-moddasiga muvofiq qaror qilamiz:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2005-yil 15-fevraldagi 27, 50 va 2005-24-sonli “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha nol stavkasini qoʻllash natijasida yuzaga kelgan salbiy farqni qoplash toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida” qarori (roʻyxat raqami 1460, 2005-yil 22-mart) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-aprel,
43-son
Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-aprel,
51-son
Davlat soliq qoʻmitasining raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-aprel,
2008-22-son
