Teatr-konsert tadbirlarini oʻtkazishda fonogrammadan foydalanish toʻgʻrisida maʼlumotni taqdim etish qoidalarini tasdiqlash haqidagi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1188-1-son)
19.05.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN CHIQARISH, RAQOBAT VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASH DAVLAT QOʻMITASI RAISINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 19-mayda 1188-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” va “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunlariga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-maydagi PQ-66-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining “Teatr-konsert tadbirlarini oʻtkazishda fonogrammadan foydalanish toʻgʻrisida maʼlumotni taqdim etish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi 2002-yil 29-oktabrdagi 322-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1188, 2002-yil 16-noyabr, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil 22-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULASHOV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-aprel,
11-son
