5-modda. Bank sistemasining tarkibiy qismlari
Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida (205-XII-son) · Sana: 15.02.1991 · Amalda
1. Oʻzbekiston Respublikasining bank sistemasiga quyidagilar kiradi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va unga tobe boʻlgan muassasalar;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki;
v) respublika aksiyali-tijorat sanoat qurilish banki;
g) respublika aksiyali-tijorat agrosanoat banki;
d) Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat jamgʻarmalari va aholiga kreditlar berish davlat-tijorat banki;
e) pay, aksiya asosida, shuningdek chet el kapitali ishtirokida tuzilgan tijorat banklari, ularning filiallari va vakolatxonalari;
j) kooperativ va xususiy banklar.
Tijorat, kooperativ va xususiy banklar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa banklar oʻzaro munosabatlarini shartnoma asosida quradilar”;
2. Har bir bankning vazifalari banklar tomonidan ishlab chiqiladigan va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki roʻyxatidan oʻtkaziladigan oʻz ustavlari bilan belgilanadi.
3. Tijorat banklarining faoliyati respublika Markaziy banki tomonidan ular uchun iqtisodiy normativlar belgilab berilishi va ularning faoliyati ustidan nazorat qilinishi yoʻli bilan boshqariladi. Oʻzbekiston Respublikasi banklariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan boshqa davlatlarda kredit muassasalari, bank shuʼbalari ochish huquqi beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el banklarining shuʼbalari va vakolatxonalari, shuningdek chet el kapitali ishtirokidagi banklar ochishga ruxsat berish huquqiga egadir.
4. Banklar oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish maqsadida uyushmalar, assotsiatsiyalar, xolding kompaniyalar va oʻzga xil tashkilotlar tuzishlari mumkin.
