46-modda. Mehnat jamgʻarmalari va aholiga kredit berish banki
Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida (205-XII-son) · Sana: 15.02.1991 · Amalda
1. Mehnat jamgʻarmalari va aholiga kredit berish banki (Oʻzbekiston Respublikasi Jamgʻarma banki) aholi mablagʻlarini banklarga jalb qilish va ularni joylashtirish operatsiyalarini amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan davlat-tijorat bankidir.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Jamgʻarma bankida aholi omonatlari saqlanishi va oʻz vaqtida qaytarilishini Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Jamgʻarma banki jalb etgan pul mablagʻlari xalq xoʻjaligining kredit resurslariga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga beriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Jamgʻarma banki tomonidan Jamgʻarma banki muassasalari bevosita xizmat koʻrsatadigan aholi va yuridik shaxslarga kredit berishdan foydalaniladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qarz majburiyatlariga joylashtiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Jamgʻarma banki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasdiqlaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan roʻyxatga olinadigan oʻz ustavi asosida faoliyat koʻrsatadi.
