43-modda. Garov
Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida (205-XII-son) · Sana: 15.02.1991 · Amalda
1. Banklar “Garov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq garovga qoʻyilmagan moddiy-tovar boyliklarni, mijoz ishlab chiqaradigan mahsulotni, qimmatli qogʻozlarni, tovar-taqsimot hujjatlarini va boshqa boyliklarni garovga qabul qilishlari mumkin. Hamma garovga olingan boyliklar mijoz hisobidan sugʻurta qilingan boʻlishi kerak.
2. Asosiy vositalarga kiruvchi binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa mol-mulk, basharti, mijoz ularga egalik qilish huquqiga ega boʻlsa, garov sifatida qabul qilinishi mumkin.
3. Garov toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan hollarda bank garovga qoʻyilgan mol-mulkni sudga yoki xoʻjalik sudiga murojaat qilmasdan mustaqil ravishda sotishga haqlidir.
4. Bankka garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotishdan tushgan mablagʻdan bank garov bilan taʼminlangan qarzni toʻlash uchun foydalanadi, bunda bank boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning daʼvolariga nisbatan ustunlikka ega boʻladi.
