33-modda. Bank siri
Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida (205-XII-son) · Sana: 15.02.1991 · Amalda
1. Oʻzbekiston Respublikasidagi banklar oʻz mijozlari va gumashtalarining operatsiyalari, hisob raqamlari hamda omonatlari boʻyicha sirni saqlash kafolatini beradilar. Bankning barcha xizmatchilari bankning, bank mijozlari va gumashtalarining operatsiyalari, hisob raqamlari va omonatlarini sir saqlashlari shart.
2. Huquqiy va xususiy shaxslarning operatsiyalari hamda hisob raqamlariga doir maʼlumotlar huquqiy va xususiy shaxslarning oʻzlariga qonunlarda nazarda tutilgan hollarda tergov organlariga, sudlarga, yoki xoʻjalik sudlariga va auditor tashkilotlariga, soliq solish masalalari yuzasidan moliya va soliq idoralariga berilishi mumkin.
3. Fuqarolarning hisob raqamlari va omonatlari boʻyicha maʼlumotlar mijozlarning oʻzlari yoki ularning vakillaridan tashqari sud va tergov organlariga ham ularning qaramogʻida boʻlgan ishlar boʻyicha mijozlarning hisob raqamlaridagi va omonatlaridagi pul mablagʻlari va boshqa boyliklari xatlanishi, ulardan haq undirilishi yoki mol-mulki musodara qilinishi mumkin boʻlgan hollarda.
4. Hisob raqamlari va omonatlarining egalari vafot etgan taqdirda ularga qarashli hisob raqamlari va omonatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ana shu hisob raqamlari va omonatlarning egalari bank uchun qoldirgan vasiyatnomada koʻrsatilgan shaxslarga, davlat notarial-idoralariga (ularning ixtiyoridagi vafot etgan omonatchining omonati boʻyicha merosxoʻrlik ishiga taalluqli boʻlsa), shuningdek xorijiy mamlakatlarning konsullik muassasalariga beriladi.
