22-modda. Tijorat banklarining ustavlari
Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida (205-XII-son) · Sana: 15.02.1991 · Amalda
1. Tijorat banklari oʻz ustavlari asosida ish olib boradigan. Davlat tijorat bankining ustavi bankni tuzishga qaror qilgan organ tomonidan tasdiqlanadi. Sherikchilik asosida tuzilgan tijorat bankining ustavi muassislar (qatnashuvchilar) yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadi.
2. Bankning ustavida:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan oʻzaro munosabatlari;
— bankning nomi va u joylashgan yer (aloqa manzilgohi);
— bank amalga oshiradigan operatsiyalarning roʻyxati;
— bank tashkil etadigan fondlarning roʻyxati, ustav fondining miqdori;
— bank huquqiy shaxs ekanligi va u toʻla xoʻjalik hisobi va oʻzini oʻzi moliya bilan taʼminlashi negizida ishlashi toʻgʻrisidagi nizom;
— bankning boshqaruv idoralari, ularning tarkibi va tuzish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
— bankka qarashli muassasalarning roʻyxati, ularning maqomi;
— bank va uning shuʼbalarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi;
— faoliyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni matbuotda eʼlon qilish majburiyati (tartibi) aks ettirilgan boʻlishi lozim.
3. Sherikchilik asosida tuzilgan bankning ustavi shu moddada keltirib oʻtilgan talablardan tashqari, “Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida koʻrsatilgan talablarga javob berishi lozim.
4. Ustavga bank faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq boshqa qoidalar ham kiritilgan boʻlishi mumkin. Ustavga oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlaridagi oʻzgarishlar munosabati bilan kiritiladi.
