10-modda. Bank fondlari
Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida (205-XII-son) · Sana: 15.02.1991 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan va oʻz majburiyatlarining garovi boʻlib xizmat qiladigan ustav fondini tashkil etadi. Ustav fondi miqdorini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ustav fondini chet el valyutasida ham tuzishi mumkin
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki olgan foyda hisobidan boshqa turli maqsadlar uchun moʻljallangan fondlar tashkil etiladi, ularni bank oʻz ustaviga muvofiq ravishda boshqaradi, ulardan foydalanadi va tasarruf etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga yillik hisobot va foydani taqsimlashga doir oʻz takliflarini taqdim etadi.
