8-modda.
OITS bilan kasallanishning oldini olish toʻgʻrisida (298-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa ittifoqdosh respublikalarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusini yuqtirganlari (OITS bilan kasallanganlari) taqdirda tibbiy va ijtimoiy yordam olish huquqiga egadirlar.
Ularning davolash joyiga bepul borishi va u yerdan bepul qaytishi taʼminlanadi, shuningdek ularga ambulatoriya sharoitida davolanish uchun bepul dorilar beriladi. Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalar bilan kasalxonalarda birga boʻlish huquqiga ega boʻlib, davolanish muddatida ishdan ozod etiladilar va bu vaqt uchun ularga ish joyidan mehnat qilish qobiliyatini vaqtincha yoʻqotganlik nafaqasi toʻlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusini yuqtirgan yoki OITS bilan kasallangan shaxslar uchun boshqa imtiyozlar ham belgilanishi mumkin.
Faqat virus tashuvchilar boʻlganliklari yoki OITS bilan kasallanganliklariga asoslanib, shaxslarning (Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi tasdiqlagan ixtisoslar roʻyxatidan tashqari) ishdan boʻshatilishiga yoki ularni ishga qabul qilishdan bosh tortishga, davolash va oʻquv muassasalariga qabul qilishdan bosh tortishga, bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalariga qabul qilishdan bosh tortishga, shuningdek ularning boshqa huquqlarini kamsitishga va qonuniy manfaatlarini cheklashga, shuningdek kasallik yuqtirgan kishining qarindosh-urugʻlari va yor-birodarlarining uy-joylari va boshqa huquq hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
