Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklarga lombard krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (501-3-son)
03.05.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 3-mayda 501-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1998-yil 22-avgustdagi 14/8-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklarga lombard krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (1998-yil 16-oktabrda roʻyxat raqami 501) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 12-aprel,
9/8-son
