Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish boʻyicha bitimlarni amalga oshirish ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartishlar kiritish haqida (913-1-son)
03.05.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh, RAQOBAT VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASh DAVLAT QOʻMITASINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 3-mayda 913-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
“Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-maydagi PQ-66-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan 2000-yil 22-fevralda tasdiqlangan “Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish boʻyicha bitimlarni amalga oshirish ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ga (2000-yil 27-mart, roʻyxat raqami 913) ilovaga* muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-aprel,
8-son
