Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (1802-son)
03.05.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 3-mayda 1802-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2007-yil 14-martdagi PF-3860-son Farmonining 5-bandiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 11-son, 96-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning kelgusidagi choralari toʻgʻrisida”gi 2008-yil 27-martdagi PQ-823-son qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar Roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning kuchga kirish kunidan boshlab quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2007-yil 30-martdagi 2-5/21, 34, EG-01/10-1702, 01-02/8-10-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar Roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror (2007-yil 31-mart, roʻyxat raqami 1669 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 14-son, 149-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 29-fevraldagi 40, 16, EG-01/19-862, 01-02/8-18-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar Roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qaror (2008-yil 4-mart, roʻyxat raqami 1669-1 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 10-11-son, 65-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi 2008-yil 24-martdagi 42, 25, NN-01/10-1620, 01-02/8-26-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar Roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qaror (2008-yil 26-mart, roʻyxat raqami 1669-2 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 12-13-son, 82-modda).
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 2-may,
52-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 2-may,
46-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 2-may,
EG-01/19-2784-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 2-may,
01-02/8-38-son
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 2-maydagi 52, 46, EG-01/19-2784, 01-02/8-38-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar roʻyxati*
* Import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovi boʻyicha imtiyozlar yangi texnologik uskunalarga qoʻllaniladi hamda butlovchi va ehtiyot qismlarga, agarda ular kontraktga (shartnomaga) muvofiq texnologik jihozlar bilan birga ajralmas qismi sifatida yetkazib berilgan taqdirda tatbiq qilinadi.
Yangi texnologik uskuna deganda — erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimida bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida, uni ishlab chiqarilgan yili 3 yildan koʻp boʻlmagan texnologik uskuna tushuniladi.
** Faqat “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining oʻz ishlab chiqarish ehtiyoji uchun (begonalashtirmaslik sharti bilan) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan miqdorda.
*** Import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovi boʻyicha imtiyozlar shuningdek, bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida ishlab chiqarilgan yili 3 yildan ortiq boʻlgan toʻqimachilik sohasi korxonalarini tashkil etish, modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalari uchun korxonalar tomonidan toʻgʻridan toʻgʻri investitsiya hisobiga korxona ustav fondiga ulush sifatida keltiriladigan texnologik uskunalarga qoʻllaniladi.
Imtiyozlarni qoʻllash uchun quyidagilar asos boʻladi:
“Oʻzbekyengilsanoat” DAK va “Oʻzengsanloyiha” MChJning keltirilayotgan uskunaning zamonaviy texnologiyalar talablariga va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlashi toʻgʻrisidagi ekspert xulosasi;
import qilinayotgan uskunalar oʻrnatiladigan korxonaning, ushbu uskunalarni korxona ustav fondiga ulush sifatida kiritilishini koʻrsatadigan taʼsis hujjatlari.
Koʻrsatib oʻtilgan xulosalar (hujjatlar) uskunalarni erkin muomalaga chiqarish rejimida bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida BYuD bilan birga taqdim etilishi zarur.
