Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 27-martdagi PQ-823-son qarori) (90-son)
07.05.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 27-martdagi PQ-823-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga* muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga* muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
3. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasining yangilangan Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (2007-yilgi versiya)ga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-may,
90-son
