19-modda. Tugatish jamgʻarmasi
Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida (312-II-son) · Sana: 07.12.2001 · Amalda
Bitim boʻyicha ishlar tugallanganidan keyin barcha inshootlar, qurilmalar va boshqa mol-mulkni tugatish yoki konservatsiyalash boʻyicha, shuningdek bitim boʻyicha ishlar bajarilgan hududni chiqindilardan tozalash boʻyicha ishlarni amalga oshirish maqsadida investor tugatish jamgʻarmasini tuzadi.
Tugatish jamgʻarmasi bankdagi hisobvaraqdan iborat boʻladi. Investorga foydalanishga berib qoʻyilgan har bir yer qaʼri uchastkasi boʻyicha tugatish jamgʻarmasining mablagʻlari mol-mulkni tugatish, konservatsiyalash va qoldirish vositalarining hisoblab chiqarilgan qiymatini eʼtiborga olgan holda, bitimga muvofiq boshqaruv qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan miqdorda va tartibda, shuningdek tugatish jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarishdan investor oladigan daromadlar hisobiga shakllantiriladi.
