Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (“Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi OʻRQ-111-sonli Qonuni) (89-son)
07.05.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi OʻRQ-111-sonli Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-may,
89-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 89-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Patent bojlari toʻgʻrisidagi nizomni va Patent bojlari stavkalarini tasdiqlash haqida” 2006-yil 20-apreldagi 65-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 4-son, 26-modda) 2-ilovada:
1) 1-boʻlimda:
a) “Bojning vazifasi” ustunidagi 1.3-kichik boʻlimning 1.3.3-bandidan “oldindan beriladigan patentlar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) “Bojning vazifasi” ustunidagi 1.4-kichik boʻlimning 1.4.4-bandidan “oldindan beriladigan patentning” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2) 3-boʻlimda:
a) “Bojning vazifasi” ustunidagi 3.2-kichik boʻlimning 3.2.1-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatidagi tovar belgisini kiritish”;
b) “Bojning vazifasi” ustunida 3.2-kichik boʻlimning 3.2.2-bandiga “hammaga maʼlum tovar belgilariga tegishli maʼlumotlar” soʻzlari qoʻshilsin;
v) “Boj toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatni taqdim etish muddatlari” ustunining 3.2-kichik boʻlimidagi “Ekspertiza qarori” soʻzlaridan keyin “yoki Apellatsiya kengashining Oʻzbekiston Respublikasi hududida hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qarori” soʻzlari qoʻshilsin;
g) “Bojning vazifasi” ustunidagi 3.3-kichik boʻlimning 3.3.3-bandidagi “huquqiga” soʻzi “huquqi toʻgʻrisidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) “Bojning vazifasi” ustunidagi 3.5-kichik boʻlimning 3.5.2-bandidagi “huquqiga” soʻzi “huquqi toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3) 6-boʻlimda:
a) boʻlimning nomidagi “Apellatsiyalarni” soʻzidan keyin “va arizalarni” soʻzlari qoʻshilsin;
b) “Bojning vazifasi” ustunining 6.3-kichik boʻlimiga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning haqiqiyligiga qarshi apellatsiyalar”;
ikkinchi-uchinchi xatboshi tegishli ravishda uchinchi-toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) “Bojning vazifasi” va “Boj toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatni taqdim etish muddatlari” ustunlaridagi va 6.5-kichik boʻlimning nomidagi “apellatsiyalar” soʻzi “arizalar” soʻzi bilan almashtirilsin.
