Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (87-son)
07.05.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat axborot resurslarini hisobga olishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-may,
87-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 87-son qaroriga ILOVA
Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
2. 1-1-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
3. 1-1-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 1-2-1-3-pozitsiyalar qoʻshilsin:
4. 3-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 3-1—3-6-pozitsiyalar qoʻshilsin:
5. 17-2-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 17-3-17-4-pozitsiyalar qoʻshilsin:
6. 23-pozitsiya oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. 27-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 27-1-27-2-pozitsiyalar qoʻshilsin:
8. 29-pozitsiyaning “Davlat axborot resurslari nomi” ustunidagi “shu jumladan chet ellardagi muzeylar” soʻzlari chiqarib tashlansin.
9. 30-pozitsiyaning “Davlat axborot resurslari nomi” ustunidagi “va sport” soʻzlari chiqarib tashlansin.
10. 31-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 31-1-pozitsiya qoʻshilsin:
11. 32-pozitsiyaning “Davlat axborot resurslari nomi” ustunidagi “umumiy oʻrta va maktabdan tashqari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
12. 32-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 32-1-32-2-pozitsiyalar qoʻshilsin:
13. 36-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 36-1-pozitsiya qoʻshilsin:
14. 38-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 38-1—38-20-pozitsiyalar qoʻshilsin:
15. 43-1-pozitsiyaning “Davlat axborot resurslari nomi” ustunidagi “Telekommunikatsiyalar” soʻzlari “Telekommunikatsiyalarning mahalliy tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. 43-1-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 43-2—43-9-pozitsiyalar qoʻshilsin:
17. 50-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 50-1—50-6-pozitsiyalar qoʻshilsin:
18. 51-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 51-1-pozitsiya qoʻshilsin:
19. Quyidagi mazmundagi 52—115-pozitsiyalar qoʻshilsin:
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 19-son, 159-modda)
