33-modda. Soliq solish obyekti va soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida (225-XII-son) · Sana: 15.02.1991 · Amalda
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati korxonalar mulkiga soliq solish obyekti hisoblanadi.
Soliq solinadigan baza:
soliq toʻlovchining balansida butunlay yoki qisman turadigan uy-joy, kommunal va ijtimoiy-madaniy soha obyektlarining;
tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash va yongʻinga qarshi maqsadlarda foydalaniladigan obyektlarning;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va seleksiyasi uchun, baliq boqish, ovlash va qayta ishlash uchun foydalaniladigan mol-mulkning;
oziq-ovqat uzatkichlar, yoʻllar (shu jumladan avtomobil yoʻllari), aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek ularga tutash yerlarning, ushbu obyektlarni foydalanishga yaroqli holda saqlab turish maqsadlarida ishga tushiriladigan inshootlarning;
korxonalar avtotransport vositalarining;
aloqa yoʻldoshlarining;
respublika Hukumatining qarorlariga binoan toʻxtatib qoʻyilgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining balans qiymatiga kamaytiriladi.
Banklar, sugʻurta tashkilotlari, birjalar, shuningdek xalq xoʻjaligining baʼzi tarmoqlariga soliq solish xususiyatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
