3-modda
Turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisida (11-son) · Sana: 03.10.2006 · Amalda
Tomonlar oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari quyidagi jarayonlar orqali amalga oshiriladi:
1. Sayyohlarga xizmat koʻrsatishga qaratilgan oʻzaro hamkorlikdagi tadbirlar;
2. Qoʻshma investitsion loyihalarning tatbiq etilishi;
3. Oʻzaro mutaxassislar almashinuvi;
4. Turistik yarmarka va koʻrgazmalar tashkil etilishi;
5. Ikki mamlakatning birida (Tomonlar kelishuviga koʻra) qoʻshma majlislar va muzokaralar oʻtkazilishi.
