“Oʻzbekiston Respublikasining umumtaʼlim maktablarini qurish va jihozlash” loyihasini OPEKning Xalqaro rivojlanish jamgʻarmasi va Saudiya Taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-793-son)
13.02.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Maktab taʼlimini rivojlantirish davlat umummilliy dasturini amalga oshirishni taʼminlash, uzluksiz taʼlimning yaxlit tizimini yanada rivojlantirish va sifatini oshirish, umumtaʼlim maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Oʻzbekiston Respublikasining umumtaʼlim maktablarini qurish va jihozlash” loyihasini amalga oshirish uchun:
OPEKning Xalqaro rivojlanish jamgʻarmasi (OPEK jamgʻarmasi) Boshqaruvchilar Kengashi besh yillik imtiyozli davrni ham hisobga olganda 20 yil muddatda toʻlash sharti bilan 5,0 mln. AQSH dollariga teng miqdorda Oʻzbekiston Respublikasiga imtiyozli qarz berilishini maʼqulladi;
Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi (STJ) Direktorlar Kengashi besh yillik imtiyozli davrni ham hisobga olganda 25 yil muddatda toʻlash sharti bilan 60,0 mln. Saudiya riali (ekvivalenti 16 mln. AQSH dollariga teng) miqdorda Oʻzbekiston Respublikasiga imtiyozli qarz berilishini maʼqulladi.
2. Belgilansinki:
mazkur qarzlar Oʻzbekiston Respublikasi bilan OPEK va STJ oʻrtasidagi Qarz bitimlari asosida Oʻzbekiston Respublikasiga beriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish hamda loyihani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;
loyiha uch yil (2008—2011-yillar) davomida amalga oshiriladi;
maktablar loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishdagi ulushi sifatida Budjetdan tashqari maktab taʼlimi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan jihozlanadi;
OPEK Jamgʻarmasi va STJning qarzlari boʻyicha asosiy qarzni uzish, foizlar va komissiyalarni toʻlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
OPEK Jamgʻarmasi va STJning qarz mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida xarid qilinadigan mahsulotlar, ishlar (xizmatlar) haqi mazkur valyuta mablagʻlarini ichki bozorda ayirboshlash orqali milliy valyuta “soʻm”da toʻlanadi.
3. OPEK Jamgʻarmasi va STJning qarzlarini toʻlash jadvallari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi bilan OPEK Jamgʻarmasi va STJ oʻrtasidagi Qarz bitimlarini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolashga vakil etib tayinlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan OPEK Jamgʻarmasi va STJ oʻrtasidagi Qarz bitimlari boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa taqdim etsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-maydagi 104-sonli qaroriga muvofiq tuzilgan “Oʻzbekiston Respublikasi umumtaʼlim maktablarini qurish va jihozlash” loyihasini amalga oshirish guruhiga loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish va boshqarish vazifalarini yuklash boʻyicha tashkiliy masalalarni qarz bitimlari shartlariga muvofiq qoʻshimcha zarur mutaxassislarni yollagan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan shtat jadvalini va har yilgi budjetlarni albatta kelishib olgan holda hal etsin;
ikki oy muddatda loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etishni taʼminlasin;
bir oy muddatda loyihani amalga oshirish doirasida tovarlar, ishlar (xizmatlar)ni xarid qilish boʻyicha tender komissiyasi tarkibini tasdiqlasin;
OPEK Jamgʻarmasi va STJ kreditlari mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi, shuningdek, loyihani amalga oshirish samaradorligi ustidan qatʼiy nazoratni amalga oshirsin.
6. Loyihani amalga oshirish davrida:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi umumtaʼlim maktablarini qurish uchun olib kelinadigan hamda OPEK Jamgʻarmasi va STJ qarz mablagʻlari hisobidan xarid qilinadigan uskunalar, anjom, xom ashyo va materiallar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);
OPEK Jamgʻarmasi va STJ qarz mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida xarid qilinadigan tovarlar, ishlar (xizmatlar) qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi Xalq taʼlimi vazirligining talabnomalariga koʻra, belgilangan tartibda:
loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar undirib olinmasdan rasmiylashtirishni;
loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin hamda ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 13-fevral,
PQ-793-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 13-fevraldagi PQ-793-son qaroriga 1-ILOVA
OPEK jamgʻarmasining qarzini uzish va “Oʻzbekiston Respublikasining umumtaʼlim maktablarini qurish va jihozlash” loyihasi boʻyicha foizlar va komissiyalarni toʻlash
JADVALI
Qarz summasi 5 000 000 AQSH dollari Qarzni soʻndirish muddati 20 yil Imtiyozli davr 5 yil Foiz stavkasi yillik 1,25% Xizmatlar boʻyicha komissiya yillik 1,0% (AQSH dollari) Toʻlov sanasi Asosiy qarz boʻyicha toʻlov summasi Foizlar boʻyicha toʻlov summasi* Xizmatlar uchun komissiya* Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summa 2008-yil 2-yarim yillik. 62,50 50,00 112,50 2009-yil 1-yarim yillik 4 812,50 3 850,00 8 662,50 2009-yil 2-yarim yillik 18 000,00 14 400,00 32 400,00 2010-yil 1-yarim yillik 31 187,50 24 950,00 56 137,50 2010-yil 2-yarim yillik 31 250,00 25 000,00 56 250,00 2011-yil 1-yarim yillik 31 250,00 25 000,00 56 250,00 2011-yil 2-yarim yillik 31 250,00 25 000,00 56 250,00 2012-yil 1-yarim yillik 31 250,00 25 000,00 56 250,00 2012-yil 2-yarim yillik 31 250,00 25 000,00 56 250,00 2013-yil 1-yarim yillik 31 250,00 25 000,00 56 250,00 2013-yil 2-yarim yillik 166 666,67 31 250,00 25 000,00 222 916,67 2014-yil 1-yarim yillik 166 666,67 30 208,33 24 166,67 221 041,67 2014-yil 2-yarim yillik 166 666,67 29 166,67 23 333,33 219 166,67 2015-yil 1-yarim yillik 166 666,67 28 125,00 22 500,00 217 291,67 2015-yil 2-yarim yillik 166 666,67 27 083,33 21 666,67 215 416,67 2016-yil 1-yarim yillik 166 666,67 26 041,67 20 833,33 213 541,67 2016-yil 2-yarim yillik 166 666,67 25 000,00 20 000,00 211 666,67 2017-yil 1-yarim yillik 166 666,67 23 958,33 19 166,67 209 791,67 2017-yil 2-yarim yillik 166 666,67 22 916,67 18 333,33 207 916,67 2018-yil 1-yarim yillik 166 666,67 21 875,00 17 500,00 206 041,67 2018-yil 2-yarim yillik 166 666,67 20 833,33 16 666,67 204 166,67 2019-yil 1-yarim yillik 166 666,67 19 791,67 15 833,33 202 291,67 2019-yil 2-yarim yillik 166 666,67 18 750,00 15 000,00 200 416,67 2020-yil 1-yarim yillik 166 666,67 17 708,33 14 166,67 198 541,67 2020-yil 2-yarim yillik 166 666,67 16 666,67 13 333,33 196 666,67 2021-yil 1-yarim yillik 166 666,67 15 625,00 12 500,00 194 791,67 2021-yil 2-yarim yillik 166 666,67 14 583,33 11 666,67 192 916,67 2022-yil 1-yarim yillik 166 666,67 13 541,67 10 833,33 191 041,67 2022-yil 2-yarim yillik 166 666,67 12 500,00 10 000,00 189 166,67 2023-yil 1-yarim yillik 166 666,67 11 458,33 9 166,67 187 291,67 2023-yil 2-yarim yillik 166 666,67 10 416,67 8 333,33 185 416,67 2024-yil 1-yarim yillik 166 666,67 9 375,00 7 500,00 183 541,67 2024-yil 2-yarim yillik 166 666,67 8 333,33 6 666,67 181 666,67 2025-yil 1-yarim yillik 166 666,67 7 291,67 5 833,33 179 791,67 2025-yil 2-yarim yillik 166 666,67 6 250,00 5 000,00 177 916,67 2026-yil 1-yarim yillik 166 666,67 5 208,33 4 166,67 176 041,67 2026-yil 2-yarim yillik 166 666,67 4 166,67 3 333,33 174 166,67 2027-yil 1-yarim yillik 166 666,67 3 125,00 2 500,00 172 291,67 2027-yil 2-yarim yillik 166 666,67 2 083,33 1 666,67 170 416,67 2028-yil 1-yarim yillik 166 666,67 1 041,67 833,33 168 541,67 Jami 5 000 000,00 725 937,50 580 750,00 6 306 687,50
* Foizlarning toʻlov va xizmatlar uchun komissiyalar summalari Qarz bitimi loyihasi olingandan soʻng, shuningdek, mablagʻlarni oʻzlashtirishning haqiqiy qiymati va sanasiga koʻra aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 13-fevraldagi PQ-793-son qaroriga 2-ILOVA
Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasining qarzini uzish va “Oʻzbekiston Respublikasining umumtaʼlim maktablarini qurish va jihozlash” loyihasi boʻyicha foizlar va komissiyalarni toʻlash
JADVALI
Qarz summasi 60 000 000 Saudiya riali (16,0 mln. AQSH dollari ekvivalentida) Qarzni soʻndirish muddati 25 yil Imtiyozli davr 5 yil Foiz stavkasi yillik 2,0% Saudiya riali Toʻlov sanasi Asosiy qarz boʻyicha toʻlov summasi Foizlar boʻyicha toʻlov summasi* Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summa 2008-yil 2-yarim yillik 5 000,00 5 000,00 2009-yil 1-yarim yillik 120 000,00 120 000,00 2009-yil 2-yarim yillik 355 000,00 355 000,00 2010-yil 1-yarim yillik 590 000,00 590 000,00 2010-yil 2-yarim yillik 600 000,00 600 000,00 2011-yil 1-yarim yillik 600 000,00 600 000,00 2011-yil 2-yarim yillik 600 000,00 600 000,00 2012-yil 1-yarim yillik 600 000,00 600 000,00 2012-yil 2-yarim yillik 600 000,00 600 000,00 2013-yil 1-yarim yillik 600 000,00 600 000,00 2013-yil 2-yarim yillik 1 500 000,00 600 000,00 2 100 000,00 2014-yil 1-yarim yillik 1 500 000,00 585 000,00 2 085 000,00 2014-yil 2-yarim yillik 1 500 000,00 570 000,00 2 070 000,00 2015-yil 1-yarim yillik 1 500 000,00 555 000,00 2 055 000,00 2015-yil 2-yarim yillik 1 500 000,00 540 000,00 2 040 000,00 2016-yil 1-yarim yillik 1 500 000,00 525 000,00 2 025 000,00 2016-yil 2-yarim yillik 1 500 000,00 510 000,00 2 010 000,00 2017-yil 1-yarim yillik 1 500 000,00 495 000,00 1 995 000,00 2017-yil 2-yarim yillik 1 500 000,00 480 000,00 1 980 000 00 2018-yil 1-yarim yillik 1 500 000,00 465 000,00 1 965 000,00 2018-yil 2-yarim yillik 1 500 000,00 450 000,00 1 950 000,00 2019-yil 1-yarim yillik 1 500 000,00 435 000,00 1 935 000,00 2019-yil 2-yarim yillik 1 500 000,00 420 000,00 1 920 000,00 2020-yil 1-yarim yillik 1 500 000,00 405 000,00 1 905 000 00 2020-yil 2-yarim yillik 1 500 000,00 390 000,00 1 890 000,00 2021-yil 1-yarim yillik 1 500 000,00 375 000,00 1 875 000,00 2021-yil 2-yarim yillik 1 500 000,00 360 000,00 1 860 000,00 2022-yil 1-yarim yillik 1 500 000,00 345 000,00 1 845 000,00 2022-yil 2-yarim yillik 1 500 000,00 330 000,00 1 830 000 00 2023-yil 1-yarim yillik 1 500 000,00 315 000,00 1 815 000,00 2023-yil 2-yarim yillik 1 500 000,00 300 000,00 1 800 000 00 2024-yil 1-yarim yillik 1 500 000,00 285 000,00 1 785 000,00 2024-yil 2-yarim yillik 1 500 000,00 270 000,00 1 770 000 00 2025-yil 1-yarim yillik 1 500 000,00 255 000,00 1 755 000,00 2025-yil 2-yarim yillik 1 500 000,00 240 000,00 1 740 000,00 2026-yil 1-yarim yillik 1 500 000,00 225 000 00 1 725 000,00 2026-yil 2-yarim yillik 1 500 000,00 210 000,00 1 710 000,00 2027-yil 1-yarim yillik 1 500 000,00 195 000,00 1 695 000,00 2027-yil 2-yarim yillik 1 500 000,00 180 000,00 1 680 000,00 2028-yil 1-yarim yillik 1 500 000,00 165 000,00 1 665 000,00 2028-yil 2-yarim yillik 1 500 000,00 150 000,00 1 650 000,00 2029-yil 1-yarim yillik 1 500 000,00 135 000,00 1 635 000,00 2029-yil 2-yarim yillik 1 500 000,00 120 000,00 1 620 000,00 2030-yil 1-yarim yillik 1 500 000,00 105 000,00 1 605 000,00 2030-yil 2-yarim yillik 1 500 000,00 90 000,00 1 590 000,00 2031-yil 1-yarim yillik 1 500 000,00 75 000,00 1 575 000,00 2031-yil 2-yarim yillik 1 500 000,00 60 000,00 1 560 000,00 2032-yil 1-yarim yillik 1 500 000,00 45 000,00 1 545 000,00 2032-yil 2-yarim yillik 1 500 000,00 30 000,00 1 530 000,00 2033-yil 1-yarim yillik 1 500 000,00 15 000 00 1515 000,00 Jami 60 000 000,00 16 970 000,00 76 970 000,00
* Foizlarning toʻlov summasi Qarz bitimi loyihasi olingandan soʻng, shuningdek, mablagʻlarni oʻzlashtirishning haqiqiy qiymati va sanasiga koʻra aniqlanadi.
