Turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisida
04.09.2006
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasi bilan Qozogʻiston Respublikasining Turizm va sport vazirligi oʻrtasida
Bitim
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasi va Qozogʻiston Respublikasining Turizm va sport vazirligi bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchi,
doʻstlik munosabatlarini va ikki davlat oʻrtasida oʻzaro bir-birini tushunishni mustahkamlashga intilib,
turizm sohasini oʻzaro tenglik va umumiy manfaatdorlikni rivojlantirish maqsadida,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
Tomonlar oʻz mamlakatlarining turistik qobiliyatlarini boshqa davlat Tomonga tanishtirish maqsadida turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytiradilar.
2-modda
Tomonlar oʻzlarining turizm sohasidagi hamkorlikni oʻz davlatlari milliy qonunchiligi hamda ikki davlat ishtirokchisi boʻlgan xalqaro shartnomalar va mazkur Bitim qoidalari asosida rivojlantiradilar.
3-modda
Tomonlar ichki va tashqi turizmning hamma sohalarida tajribalari bilan almashadilar.
Tomonlar turizm sohasiga oid boʻlgan qonunchilik hujjatlari, axborot hamda oʻzlarining turizm sohasidagi bilim va tajribalari bilan almashishni qoʻllab-quvvatlaydilar.
4-modda
Tomonlar turizm sohasiga tegishli boʻlgan oʻquv texnologiyalari va izlanishlarni hamda turizmni rivojlantirish va turizm biznesini tashkil etishga doir tajribani qoʻllab-quvvatlaydilar.
5-modda
Tomonlar ikki mamlakatda mavjud turistik agentliklar orqali yangi hamkorlik yoʻnalishlarini oʻrganib chiqadilar va xalqaro turistik tashkilotlar doirasida tajriba almashish ishlarini olib borishga koʻmaklashadilar.
6-modda
Mazkur Bitim qoidalarini amalga oshirish maqsadida, Tomonlar Hukumatlararo oʻzbek-qozoq qoʻshma komissiyasi doirasida ishchi guruhini tuzadilar.
7-modda
Tomonlar mazkur Bitim qoidalarini bajarish paytida kelib chiqadigan barcha xarajatlarni oʻz davlatlari qonunchiligida belgilangan tartibda, agarda har bir holatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, mustaqil qoplaydilar.
8-modda
Ushbu Bitimga Tomonlarning oʻzaro roziligi bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar mazkur bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan bayonnomalar bilan kiritilishi mumkin.
9-modda
Ushbu Bitimning bajarilishi va talqin etilishi yuzasidan kelib chiqishi mumkin boʻlgan barcha nizolar va kelishmovchiliklar ikki taraflama maslahatlar hamda muzokaralar asosida hal qilinadi.
10-modda
Ushbu Bitim imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Bitim nomaʼlum muddatga tuziladi va u agar Tomonlardan biri Bitim muddati tugashidan olti (6) oy oldin yozma ravishda Bitimni toʻxtatish toʻgʻrisidagi xabarni boshqa Tomonga taqdim etmasa, oʻz kuchida qoladi.
Ushbu Bitimning kuchdan toʻxtatilishi amalga oshirilayotgan tadbirlarga taʼsir etmaydi.
Bitim Ostona shahrida 2006-yil 4-sentabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek, qozoq va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Talqin etishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan paytda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.
(imzolar)
