8-modda
Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisida · Sana: 14.11.2005 · Amalda
Tomonlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish va takomillashtirish uchun xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda tegishli choralar koʻradilar.
Tomonlarning bu sohadagi hamkorligining asosiy yoʻnalishlari — tovarlar, xizmatlar, kapital bozorini rivojlantirish va ishlatish, soliq, pul-kredit, valyuta, moliya, savdo va bojxona sohalarida kelishilgan siyosat oʻtkazish, investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish.
Tomonlar, oʻzlarining qonun hujjatlari va xalqaro majburiyatlarini hisobga olib, ikki davlat xoʻjalik subyektlariga tadbirkorlik faoliyati, ishlab chiqarishlarni birgalikda rivojlantirish, va shuningdek oʻzaro manfaatli iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish uchun oʻzarolik asosida qulay iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy sharoitlar yaratib beradilar.
Tomonlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarda oʻzlarining tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda xalqaro huquq normalariga muvofiq diskriminatsiyaga asoslanmagan choralarni bir-biriga nisbatan qoʻllashlari mumkin.
