2-modda
Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisida · Sana: 14.11.2005 · Amalda
Biror davlat yoki bir guruh davlatlar tomonidan Tomonlardan biriga qarshi tajovuzkorlik harakati sodir etilsa, bunga ikkala Tomonga qarshi sodir etilgan tajovuzkorlik harakati deb qaraladi.
Tomonlardan biriga qarshi tajovuzkorlik harakati sodir etilsa, boshqa Tomon Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining 51-moddasiga muvofiq kollektiv tarzda oʻzini oʻzi mudofaa qilish huquqidan foydalanish sifatida unga zarur yordam beradi, shu jumladan harbiy yordam, va shuningdek oʻz ixtiyorida bor boshqa vositalar bilan qoʻllab-quvvatlaydi.
Ushbu modda asosida koʻrilgan choralar toʻgʻrisida Tomonlar zudlik bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashini xabardor qiladilar. Ushbu choralarni koʻrayotganda Tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining qoidalariga rioya qiladilar.
